16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:45
Siyosat 👁 481

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev Amudaryo tumanida boʻldi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev Amudaryo tumanida boʻldi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev Amudaryo tumanini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish hamda aholi turmush sharoitini yanada yaxshilash yoʻnalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida 15-noyabr kuni tumanda boʻldi.

Dastlab Joʻqorgʻi Kenges Raisi tumandagi bunyodkorlik ishlarini koʻzdan kechirib, qurilish surʼati belgilangan rejadan orqada qolayotga obʼektlar – 27-sonli maktab va 30-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Shundan keyin tuman hokimligi binosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev Amudaryo tumani faollari, muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosidagi vazirliklar, boshqarmalar va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazdi.

Yigʻilishda tuman aholisi kundalik hayotida uchrayotgan muammolarga yechim topish, aholining farovon turmush kechirishini taʼminlash yoʻlida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va bu yoʻnalishda baʼzi sohalarda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar haqida soʻz yuritildi.

Tanqidiy ruhda oʻtkazilgan yigʻilishda koʻpchilik byudjet tashkilotlarida davlat byudjetidan ajratilgan mablagʻlarni tasarruf etish jarayonida moliyaviy xato-kamchiliklar uchrayotgani, mablagʻlarni maqsadsiz ishlatilish holatlari roʻy berayotganligi alohida taʼkidlandi. Oʻrganishlar davomida Amudaryo tumanida ham shu kabi noxush holatlar aniqlangan. Bu kabi qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida takrorlanishining oldini olish boʻyicha mutasaddilarga hamda iqtisodiy soha masʼullariga tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda ham qator kamchiliklar mavjudligi, asosan hudud aholisini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, kommunal xizmatlar sifati, turar joy bilan taʼminlash, ichki yoʻllarni taʼmirlash masalalarida koʻplab murojaatlar kelib tushayotgani taʼkidlandi.

Bundan tashqari, taʼlim, yoshlar bilan ishlashish, transport xizmatini koʻrsatish, davlat dasturlari ijrosini taʼminlash, mahsulotlarini eksport qilish kabi sohalarda qoʻshimcha imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlanib, ularni ishga solgan holda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish suratini yanada yaxshilash lozimligi aytib oʻtildi.

Aytish joizki, mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni, ayniqsa ayol-qizlarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, boquvchisini yoʻqotgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni uy-joy bilan taʼminlash borasida ham qator amaliy ishlar qilinmoqda.

Shu kuni Amudaryo tumani Boyovul mahallasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan Malika Ahmedovaga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev tomonidan Prezidentimizning sovgʻasi – 2 xonali uy sovgʻa qilinishi ham bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy isboti boʻldi.

Bundan tashqari, oilaning doimiy daromad manbaini yaratish maqsadida ikki nafar farzandning onasi Malika Ahmedova tumanidagi 43-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotiga ishga joylashtirildi.

Yigʻilish yakunida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi tomonidan joriy yil yakunigacha tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush farovonligini yanada yaxshilash maqsadlari uchun jami 20 milliard 855,3 million soʻm mablagʻ ajratilishi taʼkidlandi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Axborot xizmati.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019