16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:55
Qishloq xoʻjaligi 👁 333

Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi tasarrufidagi 16 ming 545 gektar yer maydonlaridan samarali foydalanilmoqda

Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi tasarrufidagi 16 ming 545 gektar yer maydonlaridan samarali foydalanilmoqda

Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligining umumiy yer maydoni 16 ming 545 gektar boʻlib, shundan oʻrmon bilan qoplangan maydonlar 5 ming 167 gektar, tutashmagan oʻrmonzorlar 855 gektar, oʻrmon koʻchatxonalari 20,5 gektar, taqir yerlar 6,8 gektar, xaydaladigan yerlar 24,5 gektar, yaylovlar 689,9 gektar, suvli yerlar 2,4 gektar, yoʻllar 10 gektar, qumliklar 1 ming 894 gektar, boshqa yerlar esa 8 ming 729 gektardan ziyodni tashkil qiladi.

Joriy yilda xoʻjalikda madaniy oʻrmon barpo qilish, urugʻchilik, koʻchatchilik boʻyicha urugʻ tayyorlash yillik rejasi 3 ming 900 kg. Qilib belgilangan boʻlib, hozirgi kungacha jami 7 ming 660 kg. urugʻlar tayyorlandi. Shundan 7000 kg. saksovul urugʻlari terilib, orol dengizining qurigan tubida va tuman qumli hududlarida urugʻdan oʻrmon barpo etish uchun sepildi. Qayragʻoch, tut, yasen, klyon, sharq tuyasi, shaftoli, oʻrik urugʻlari tayyorlanib, koʻchatxonalarga ekildi.

Bu yil koʻchatdan, urugʻdan 175 gektar madaniy oʻrmon barpo qilish belgilangan boʻlib, hozirgi kunga 70 gektardagi qumli hududlarga saksovul urugʻlari, bundan tashqari 4 gektarga yasen, klyon, katalpa va oqterak koʻchatlari ekildi. Orol dengizining qurigan tubida 2000 gektar maydonda oʻrmon barpo etish uchun urugʻ sepildi.

Shuningdek 11,35 gektar maydonda 1 mln. 50 ming dona nihol va koʻchatlar ekildi. Bulardan tashqari xoʻjalikda dorivor va ozuqabop oʻsimliklar urugʻlarini tayyorlash va ekishga ham eʼtibor qaratilmoqda. Shu kungacha 28 gektar maydonga dorivor oʻsimliklar ekildi.

 Qoʻshimcha tarmoqlarni rivojlantirish boʻyicha asalalari uyalari soni 185 taga yetkazildi va 750 kg. asal olindi. Parrandalar bosh soni xususiy subʼektlar bilan birga 1 ming 512 taga, qoramollar soni esa 95 boshga yetkazildi.

Xoʻjalikda yerlardan samarali foydalanish maqsadida 2022-yilda 15 gektar maydonda qishloq xoʻjaligi ekinlari ekildi. Bular ozuqabop ekinlar, bugʻdoy, sholi va boshqa ekinlar boʻlib hosili yigʻib olindi.

Tumanimizning "Oq oltin" va "Amir Temur" nomli ovullar hududiga 2022-yilda jami yangidan 20 gektar maydonga tut koʻchatlari ekildi. Ushbu ekilgan ihotazorlar sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilab, garmseldan himoya qiladi va hosildorligini koʻtarishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari ichki turizmni rivojlantirish maqsadida oʻrmon fondi hududida “Sohil boʻyi” dam olish maskani tashkil etildi. Bu yerda aholining oilaviy dam olishlari uchun oʻtovlar, choʻmilish havzasi, qayiq va choʻmilish anjomlari, qumli maydon mavjud.

Oʻrmonlar umumxalq boyligi. Ular davlat muhofazasida boʻlib, oʻrmonlarni asrash, kelajak avlodlarga yanada boyitilgan holda yetkazish barchamizning vazifamizdir. Biroq hududga oʻzboshimchalik bilan kirish, ov qilish, daraxtlarni topish, chorva mollarini boqish kabi holatlar ham baʼzida uchrab turadi. Bular boʻyicha joriy yilning oʻtgan davrida 12 ta holatda qonunbuzilish holatlari aniqlanib, tegishli maʼmuriy organlar tomonidan choralar koʻrildi.

Buningdek holatlar takrorlanmasligi uchun xoʻjalik bilan chegaradosh hududlarda tushuntirish-targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda. Chunki, bugungidek ekologik ogʻir vaziyatdan bizni faqat ona tibatga boʻlgan oqilona munosabatimizgina qutqara oladi.

Erkinboy Toʻrayev, “Qipchoq” davlat oʻrmon xoʻjaligi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019