16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:48
Fan va taʼlim 👁 438

1-SONLI MAKTABDA XORIJIY TILLAR FAN OYLIGI YaKUNIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

1-SONLI MAKTABDA XORIJIY TILLAR FAN OYLIGI YaKUNIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

Noyabr oyining oxirgi haftasida umumtaʼlim maktablarida oʻtkazilgan xorijiy tillar fan oyligi doirasidagi tadbirlar umumlashtirilib, ushbu tadbirlarning oʻquvchi-yoshlar bilim va iqtidorlarini rivojlantirishdagi ahamiyati xorijiy tillar uslubbirlashmasi aʼzolari tomonidan alohida eʼtirof etildi.

Bu borada Amudaryo tumani xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 1-sonli umumtaʼlim maktabining xorijiy tillar uslubbirlashmasi aʼzolari ham sezilarli yutuqlarga erishdilar. Xususan, fan oyligi davomida maktabning faol oʻqituvchilari Muhabbat Xudoyberganova, Zevar Atajanova, Fariza Rajabova, Muhammadjon Madaminovlar oʻzaro hamkorlik asosida ish yuritishib, noyabr oyining har bir haftasida mavzulashtirilgan ochiq darslar, sinflararo va har bir sinfda guruhlararo qiziqarli savol-javob kechalari, zakovat oʻyinlari, topishmoqlar, tez aytishlar, sheʼriy bahslashuvlar tashkil etishib, oʻquvchilarning xorijiy tillarni oʻrganishga boʻlgan ishtiyoq va iqtidorlarini ragʻbatlantirib bordilar.

Bu tadbirlarda oʻquvchilar bir-birlari bilan ingliz tilida muloqotlar olib bordilar, inglizcha sheʼrlar aytib, ashula va raqslar ijro etdilar. Ingliz adabiyoti namoyondalarining asarlari qahramonlari haqida hikoya qilishib, jonajon Oʻzbekistonimiz haqidagi gʻurur va iftixor tuygʻularini ingliz tilida ifodalab berdilar.

Fan oyligining soʻnggi haftasi yanada qiziqarli taassurotlarga boy boʻldi. Oʻquvchilar yangi oʻquv yilining 1-choragida ingliz tilidan olgan bilim va koʻnikmalarini sahna koʻrinishlari, ingliz tilida oʻzlari yozgan insho va bayonlar orqali namoyish etdilar.

Shuningdek, fan oyligi davomida 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan alohida tadbir oʻtkazilib, oʻquvchilar Oʻzbekiston bayrogʻi qabul qilinish tarixi va bayroq ranglarining ramziy maʼnolari haqida ingliz tilida oʻz fikrlarini bayon qilishib, sana munosabati bilan sheʼrlar aytdilar va mustaqillikni madh etuvchi ashulalarni ingliz tilida ijro etdilar.

Fan oyligining yakuniy tadbirida 7-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Happy english” mavzusida bellashuv oʻtkazildi. Unda oʻquvchilar 2022-2023 oʻquv yilida joriy etilgan yangi ingliz tili darsligi orqali oʻquv yilining 1-choragida olgan bilimlari, yangi namunadagi darslikning afzallik tomonlari haqida fikr yuritishib, oʻzlarining xorijiy tillarni oʻrganish jarayonida erishayotgan yutuqlari xususida inglizcha muloqot tashkil etishdi. Shu orqali oʻquvchi oʻquvchining bilimini sinovdan oʻtkazib, biri-biridan oʻrganish va biri-biriga oʻrgatish, yaʼni oʻrgan va oʻrgan tamoyilini amalda namoyish etdilar.

Fan oyligining umumlashtirilgan yakuniy tadbiri oʻquvchilarning birinchi choraklik davrida egallagan bilim va salohiyatlarini shaffoflik asosida baholash imkonini berdi va bu xorijiy tillar oʻqituvchilari uchun bir-birlarining tajribalarini oʻrganish hamda amaliyotda qoʻllash imkonini yaratdi.

Xorijiy tillar fan oyligining yakuniga bagʻishlangan tadbir yakunida oylik doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etgan oʻquvchilar maktab maʼmuriyati tomonidan faxriy yoriqlar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019