16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:11
Adabiyot 👁 331

Jayxun ilhomlari

Jayxun  ilhomlari

QALBI YoNIQ QORAQALPOQ FARZANDI

(Musa Yerniyazov xotirasiga bagʻishlayman)

Yaxshilarning men yaxshisin aytayin,

Hammaga teng boshchi eding kamtarin.

Oʻylading sen doimo elning gʻamin,

Qalbi yoniq qoraqalpoq farzandi.

 

Yigit eding arslonday tugʻilgan,

Xalq ishiga belin mahkam boylagan.

Sen kelding xabar ham keldi-ku suvdan,

Qalbi yoniq qoraqalpoq farzandi.

 

El ogʻziga elak tutib boʻlmaydi,

Hammaning ham koʻngli birday toʻlmaydi.

Halol mehnat hech vaqt yerda qolmaydi,

Qalbi yoniq qoraqalpoq farzandi.

 

Elim degan er yigitning birisan,

El buyursa, doim tayyor eding sen.

Fidoyilik namunasi oʻzingsan,

Qalbi yoniq qoraqalpoq farzandi.

 

Ishga qoʻshib ikki ulkan zavodni,

Oʻrta Osiyoda mashhur, qudratli.

Elaro qozonding eʼzoz, hurmatni,

Qalbi yoniq qoraqalpoq farzandi.

 

Rejasin bajarib paxta, bugʻdoyning,

Qoraqalpoq xalqi shaʼnin koʻtarding.

Bandasi ekansan suygan Xudoning,

Qalbi yoniq qoraqalpoq farzandi.

 

“Qahramon” unvoni berilgan onda,

Ishonch bildirdi Prezident senga.

Imkonsiz umrni qaytarmoq izga,

Qalbi yoniq qoraqalpoq farzandi.

 

Behisht boʻlsin Ogʻa, oʻrningiz yotgan,

Panohiga olgan boʻlsin Yaratgan.

Saqlaymiz nomingiz chiqarmay yoddan,

Qalbi yoniq qoraqalpoq farzandi.

Angsatbay QARAJANOV, huquqshunos.

Qoraqalpoq  tilidan

Oygul RAJABOVA tarjimasi.

 

Oʻsha yangi yil

Bir-birin quvlashib yillar ham oʻtdi,

Xotira bogʻiga moʻralar koʻngil.

Esingdami dildor, qaysi yil edi.

Bizni uchrashtirgan oʻsha Yangi yil.

 

Dillarga zavq berib bahori, yozi,

Qalbimga nur boʻlib kirdi bitta gul.

Yurakka oʻt yoqib ishvasi, nozi,

Majnun qilib ketgan, oʻsha Yangi yil.

 

Sirli nigohlaring, koʻzlaring qoʻmsab,

Devona oshiqning yuragi savil.

His-tuygʻu ummoni bagʻrimni oʻrtab,

Telba qilib ketgan, oʻsha Yangi yil.

 

Xotira sandigʻin titkilab sekin,

Avaylab eslayman, oʻtsa ham qirq yil.

Shoʻrlik yuragimga hech oʻchmas, metin,

Tamgʻa bosib ketgan, oʻsha Yangi yil.

Odil ShOMURODOV.

 

SAYLANMASI SAYRAGAN DILDAN

(Ustozim Saʼdulla Xoʻjaniyozovning “Koʻrganlarim, eshitganlarim” otliq kattagina kitobidan ilhomlanib aytgan baytlarim)

Saylanmasi sayragan dildan,

Oʻtar hali tillarga tildan.

Koʻrganlari eshitganlari,

Sayqallab soʻz pishitganlari.

 

Bulbul kabi menimcha, aniq,

Sohir soʻzi oʻziday yoniq.

Saʼdulla aka deb ul ustozni,

Jonday tutgan qalam-qogʻozni.

 

Ixlos oshib qilaman hurmat,

Vasfin aylab borida fursat.

Qalbim toshib qilaman eʼzoz,

Qalbim qaynab beraman ixlos.

 

Evaziga ibrat olaman,

Shogird shoir boʻlib qolaman.

Er yigit-u qiz kitobxonlar,

Elidagi biz – kitobxonlar.

 

Oʻrganamiz oʻrgatmoq uchun,

Koʻrgizay deb kitoblar kuchin.

Yana qaytay oʻz ustozimga,

Jarang qoʻshib bor ovozimga.

 

Kibri yoʻgʻ-u, kamtarligi bor,

Har dardliga hamdardligi bor.

Bezorligi bor pastkashlardan,

Andishasiz hazilkashlardan.

 

Yozganlari samimiy, sodda,

Neki boʻlgan boʻlsa hayotda.

Oʻqib koʻrgan bilar beshubha,

Boʻlganligin tuzuk bir tuhfa.

 

Kitobdagi hikoyalar ham,

Nafosatli, nazmdan emas kam.

Xullas, oʻqing, koʻngil joy boʻlgay,

Oʻqib koʻrgan maʼnan boy boʻlgay.

Jumaboy HIDOYaTOV.

 

Amudaryomsan

Jayhun boʻylarida gullab-yashnagan,

Amuni jilovlab, koʻprik tashlagan.

Toʻkin dasturxonda dehqon mehri jam,

Mening ona yurtim, Amudaryomsan.

 

Bobolar quvvatin bergan bu makon,

Yuzing yorugʻ boʻlsin, elim har qachon.

Mustaqil bu Vatan tinch turgay, omon,

Mening ona yurtim, Amudaryomsan.

 

Oqqosh, beshak, gurvak qovun senda bor,

Olma, anjir, uzum bogʻlar senda bor.

Ipagu surp ham bari senda bor,

Mening ona yurtim, Amudaryomsan.

 

Yurtboshim koʻrsatgan yoʻldan boraver,

Yuksak marralarga qadam qoʻyaver.

Mangu omon boʻlgin, mangu gullayver,

Mening ona yurtim, Amudaryomsan.

Rahimboy Prmilov.

 

Ishq fasli

 

Bugun koʻkdan xoʻrsinib,

Qaytayapti yerga qor.

Garchi erib ketsa-da,

Qalbida bir sevinch bor.

 

Yerga qoʻyganda mehr,

Mayli erib ketsa ham.

Toʻyolsa visoliga,

Rozi edi shunda ham.

 

Toʻrt faslda bir bora,

Oshiqlar koʻrishardi.

Qor eriydi na chora,

Yer ham koʻzin yoshlardi.

 

Yer bir "Majnun" misoli,

Kutar edi "Layli"sin.

Koʻnglin bosardi gʻubor,

Oʻylasa soʻng erishin.

"Layli" muhabbat uchun,

Rozi edi erishga.

Bir lahzalik visolga,

Barchasiga koʻnishga.

 

Shundan buyon har yili,

Laylisini kutar yer.

Qor erib ketayotib,

Yerga qarab, bir soʻz der:

 

– Hijronga hech oʻksima,

Sevgi dardga oʻxshaydi.

Olis boʻlsak ikkimiz,

U qalblarda yashaydi.

 

Qahraton deb oʻksimang,

Qishning qalbi pok asli.

Siz, oʻylamang bahor deb,

Aslida Qish ishq fasli.

Goʻzal Karimova,

41-maktab oʻquvchisi.

 

Vatan

Ona Vatan, hur Vatan,

Mehri daryoyim Vatan.

Oʻzbekiston bagʻrida,

Amudaryo gul-chaman.

Oʻzbek, qozoq va turkman,

Qoraqalpoq jon-u tan.

Bir yuz-u qirq millatga,

Oʻzbekiston hur Vatan.

Dilrabo Murodova,

24-maktab oʻquvchisi.

 

Fasllar

Qish oʻtib, bahor kelar,

Navroʻz gullari bilan.

Izida yoz gurkirar,

Toʻkin bogʻlari bilan.

Kuz kelar horib-tolib,

Xirmonlarni yelkalab.

Soʻngra uch oy qish gʻolib,

Muzlar yoʻl-u yoʻlaklar.

Farruh Amanboyev, 24-maktab oʻquvchisi.

 

Yangi yil

Qishning birinchi oyi,

Ayni qor yogʻar chogʻi.

Eski yildan kechamiz,

Yangi yilni kutamiz.

Yangi yilning shukuhi,

Hamma yerlarni kezar,

Jajji-jajji bolalar,

Koʻchaga bezak berar.

Hamma yoqda oppoq qor,

Qishdan daraklar berar.

Yana biroz vaqtdan soʻng,

Yangi yil kirib kelar.

Sohiba Sharipova,

41-maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019