16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:46
Fan va taʼlim 👁 435

MAKTAB TARGʻIBOTChISINING YuTUQLARI

MAKTAB TARGʻIBOTChISINING YuTUQLARI

Mamlakatimizda yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning iqtidorlarini yuzaga chiqarish hamda oʻqib-izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan turli mavzulardagi grant-loyihalari doirasidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mazkur fond tomonidan eʼlon qilingan “Yoshlarning maʼnaviy-ruhiy va intellektual salohiyatini oshirish” mavzusidagi tanlovda Amudaryo televideniyesi “Jaholatga qarshi - maʼrifat” yoʻnalishi boʻyicha “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” loyihasi bilan ishtirok etib, tanlov gʻolibi boʻlgan edi. Ayni paytda televideniye ijodiy jamoasi tomonidan hududlardagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar yaxshi yoʻlga qoʻyilgan maktablar va ushbu maktablarning maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha targʻibotchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar keng yoritib borilmoqda.

1-sonli umumtaʼlim maktabida 741 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya olishadi. 76 nafar oʻqituvchilarning barchasi oʻz sohasining bilimdonlari hisoblanadi.

Maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi Zulfiya Olloyorova esa maktabda oʻtkaziladigan barcha maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning tashkilotchisi. Maktab direktori Dilrabo Sherboyeva har haftaning boshida faol oʻqituvchilar hamda Zulfiya Olloyorova ishtirokida maktab oʻquvchilarining qiziqish va intilishlari, maktabda tashkil etilgan toʻgaraklar faoliyati, shuningdek, ijodga moyil, sportchi, sanʼatsevar yoshlar bilan ishlashish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi rejalar yuzasidan fikrlashib oladi.

Ayniqsa, oʻquvchi-yoshlarning oʻzlari qiziqqan fanlar boʻyicha iqtidorlarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Shu bois, 2022-2023 oʻquv yilida fanlar olimpiadasining tuman bosqichida 9-sinf oʻquvchisi Shodiyona Qurbonboyeva, 11-sinf oʻquvchisi Sevinchoy Oʻrinboyevalar qoraqalpoq tili fanidan 1-oʻrinni egalladilar va fanlar olipiadasining Respublika bosqichiga yoʻllanma oldilar. Maktabning yana bir aʼlochi oʻquvchisi Hilola Bozorboyeva kimyo fanidan faxrli 1-oʻrin sohibasi boʻldi va fanlar olimpiadasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, maktab oʻquvchilari orasida besh muhim tashabbus doirasida oʻtkazilayotgan turli yoʻnalishlardagi sport musobaqalarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi chempionatlari va Oʻzbekiston miqyosidagi musobaqalar gʻoliblari ham talaygina.

Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi Zulfiya Olloyorova ijodkor yoshlar bilan ishlashishda oʻziga xos tajribaga ega targʻibotchilardan. Uning mazkur lavozimda faoliyat yuritayotganiga endi ikki yil boʻldi. Lekin oʻtgan qisqa vaqt ichida maktab oʻquvchilarining qiziqish va intilishlarini ragʻbatlantirish, ularni ezgu orzular sari ruhlantirish maqsadida taniqli shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etib, ijodkor yoshlarning sheʼr va hikoyalari turli toʻplamlarda, gazeta va jurnallarida chop etilishiga erishdi.

Xususan, 2022-yilda “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi nashriyoti tomonidan chop etilgan “Ummondan terilgan marjonlar” deb nomlangan toʻplamdan 1-sonli maktab ijodkor oʻquvchilarining ham sheʼrlari joy olgan. Bundan tashqari, “Taraqqiyot koʻzgusi”, “Mening oilam”, “Qarligʻash”, “Jetkenjek”, “Gʻuncha”, “Gulxan” kabi gazeta va jurnallarda maktab hayotidan lavhalar, ijodkor oʻquvchilarning ijod namunalari yoritilib borilmoqda.

Ayniqsa, taniqli shoira Zulfiya Moʻminova, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Xonimjon Rajabovalar ishtirokidagi “Dildan suhbat” tadbiri oʻquvchilarda unutilmas taassurot qoldirdi. “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati qoshidagi “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti raisi, Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi aʼzosi Oʻrozali Reyimov bilan hamkorlikda “Ummondan terilgan marjonlar” toʻplamining taqdimotiga bagʻishlangan tadbir va “Isteʼdodim - iqbolim” deb nomlangan tanlov oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda muhim omil boʻldi. Chunki kitob taqdimoti va ijodkor yoshlar isteʼdodini kamol toptirishga qaratilgan “Isteʼdodim - iqbolim” tanlovi orqali koʻplab havaskor shoir va shoiralar kashf etildi, gʻoliblarning ragʻbatlantirilgani esa ular qalbiga koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi.

Maktabda bu kabi tadbirlarning mavzusi ham qamrovi ham keng. Besh muhim tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar esa oʻquvchi-yoshlarning nafaqat boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, balki qobiliyat va iqtidorlarini namoyon etishlari uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha targʻibot ishlarini namunali tashkil etgani uchun 2021-yilda Zulfiya Olloyorova Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼnaviyat va maʼrifat markazining maxsus sertifikati sohibasi boʻldi. Bundan tashqari, u “Ziyolilar minbari” kanali tomonidan oʻtkazilgan “Ustoz maqomi togʻlardan ulugʻ” Respublika koʻrik-tanlovida 1-Darajadi diplom bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Zulfiya Olloyorova “Mahoratli pedagog” jurnali tomonidan tashkillashtirilgan “Sohibqiron buyuk bobomiz” tanlovining “Eng yaxshi videorolik” yoʻnalishi gʻolibi, Yosh isteʼdodlarni kamolga yetkazish, vatanga muhabbat, milliy istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi samarali faoliyati hamda Respublika yosh ijodkorlari anʼanaviy zomin seminarining hududiy bosqichini yuksak saviyada oʻtkazishdagi xizmatlari uchun “Ehtirom” yorligʻi sohibasi boʻldi. Bundan tashqari, Zulfiya Olloyorova Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi Vazirligi tomonidan oʻtkazilgan “Ustozlarning qadri – oʻquvchilar qalbida boʻladi” tanlovida mutlaq gʻolib deb topilib, Oliy darajali Diplom bilan taqdirlandi. Qoʻqon Davlat Pedagogika instituti tomonidan ingliz tilida chop etiladigan “Journal of new century innovations” jurnalida chop etilgan “Ommaviy madaniyat” bizga nima bermoqda?” maqolasi bilan ishtirok etib maxsus sertifiqatga ega boʻldi.

Ayni kunlarda maktabda Zulfiya Olloyorova oʻquvchi-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida Zahiriddin Muhammad Bobur va Alisher Navoiy hayoti hamda ijodiy faoliyatlariga bagʻishlab oʻtkazilgan “Dillarda Vatan madhi” tanlovi gʻoliblari bilan birgalikda yaqinlashib kelayotgan bahor bayramlariga qizgʻin hozirlik koʻrmoqda. Oʻquvchilar Navoiy, Bobur gʻazallarini, Zulfiya sheʼrlarini yodlab, ularning mazmun-mohiyatini puxta oʻrganishmoqda. Zero, adabiyotga, sheʼriyatga – maʼnaviyatga oshnalik inson qalbini poklaydi va yuksaltiradi. 1-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi, shoira Zulfiya Olloyorova maktab oʻquvchilarining qalblarida ana shunday sohir tuygʻular uygʻotish yoʻlida faoliyat yuritishdan aslo charchamaydi. Chunki har bir yutuqda, ezgu ishda uning ham munosib hissasi bor.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019