16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:12
Adabiyot 👁 325

Jayxun Ilhomlari

Jayxun Ilhomlari

Oila – muqaddas

Oilada kam-koʻstlik boʻlarkan, lekin,

Bir kun janjal boʻlsa, qirq kun begona.

Quyoshi charogʻon yurtimda, biling,

Oila – muqaddas, Vatan – yagona!

 

Kichkina mamlakat qonuni, muhri,

Podshohi, navkari – ota va ona.

Dillardan ketmagay muhabbat mehri,

Oila – muqaddas, Vatan – yagona!

 

Ahil oilaga olis samodan,

Havas-la boqarkan oʻzga sayyora.

Orzular lochini oʻtsa ham oydan,

Oila – muqaddas, Vatan – yagona!

 

Shu aziz tuprogʻim yuzida, ana,

Marvarid shodasi qilar tarona.

O, bunday obod yurt qayda bor yana,

Oila – muqaddas, Vatan – yagona!

 

Kelajak egasi – oʻgʻil-qizlarim,

Oliy dargohlarda bugun talaba.

Farzandlar kamolin koʻrajak yurtim,

Oila – muqaddas, Vatan – yagona!

Odil ShOMURODOV.

 

Hamma narsa oʻtkinchi

bu dunyoda

Yaxshilik qil, qoʻldan kelsa odamga,

Davlat kelsa, aylanmagin yomonga.

Yoʻldosh boʻlma, aqli yoʻq bir nodonga,

Hamma narsa oʻtkinchi bu dunyoda.

 

Saqlagin sen yaxshilikni har onda,

Oqil boʻlsang rizo ota-onang-da.

Kir boʻlmasin aslo koʻngil xonang-da,

Hamma narsa oʻtkinchi bu dunyoda.

 

Bir kun ketar qazo yetsa odam-da,

Oʻylamaydi, buni koʻplar chamamda.

Tuzaladi, yurakdagi yarang-da,

Hamma narsa oʻtkinchi bu dunyoda.

 

Yaxshi niyat qilsang yaxshi saharda,

Birov haqin solma aslo qozonga.

Yaxshi odam qoʻl urmaydi haromga,

Hamma narsa oʻtkinchi bu dunyoda.

 

Otga minsang, qolma birdan oʻzgarib,

Toyib ketma vaʼdalarni zoʻr berib.

Yaxshi-yomon farqlanadi kun kelib,

Hamma narsa oʻtkinchi bu dunyoda.

 

Inson adashadi, qoqilar oyoq,

Biroq yolgʻon aytish baridan uyat.

Bir-birovdan aslo emasdir ziyod,

Hamma narsa oʻtkinchi bu dunyoda.

Angsatbay QARAJANOV, huquqshunos.

Qoraqalpoq tilidan Oygul Rajabova tarjimasi.

 

Umid

Men tingladim qalbim aytgan buyrugʻin,

Men oʻyladim baxtni mitti bu boshda.

Dunyo bozoridan biroz olib tin,

Hayotim kuyladim oʻn sakkiz yoshda.

 

Qishloqni tark etib, orzular tomon,

Bir qadam tashladim, qarab oldinga.

Dilimda jarohat bitmadi hamon,

Baxtli lahzalarim hali oldinda.

 

Ketyapman ergashib ziyo yoʻlidan,

Zulmatni oʻgʻirdi quyoshli samo.

Ming yillar shamolning tutib qoʻlidan,

Falakda boʻlaman uchib men – havo.

 

Izladim, madorim yetgancha mehr,

Topdim, oʻzga yaqin, aziz odamdan.

Allohni osmonday sevaman axir,

Nur tushar yoʻlimga kichkina shamdan.

 

Baxtli lahzalarim hali oldinda...

Sunnatulla Ahmadjon.

Vatanni eʼzozlang!

Eʼzozlaylik oʻtgan har kunni,

Tinchlikda oʻtgan damni.

Va qadrlab aziz odamni,

Ardoqlaylik ona Vatanni.

        

Mahallalar obod, sarishta,

Necha millat yashaydi inoq.

Har kun oʻtar tinch-osoyishta,

Oʻzbekiston osmoni porloq.

 

Tuprogʻini eʼzozlasak kam,

Qancha mehr bersak hamki kam.

Vatanini ardoqlayotgan,

Farzandidan minnatdor Vatan.

Shohruh FAYZULLAYeV,

21-maktab oʻquvchisi.

 

"Men dadamga oʻxshamayman"

(Er-xotin ajrashdi,

goʻdak yetim qoldi...)

Murgʻak qalbim parchalab,

Yarim koʻnglim timdalab,

Bilmam, kimdan oʻpkalab,

Dadam bizni tashlab ketdi.

 

Bolaligim jilovlandi,

Shodlik uyim ham buzildi.

Onajonim koʻp ezildi,

Dadam bizni tashlab ketdi.

 

Ukam hali juda yosh-da,

Eslolmaydi oʻng-u tushda.

Oʻyinqaroq bir bola-da,

Dadam bizni tashlab ketdi.

 

Eh dadalar, siz dadalar,

Bizga kerak lahzalar –

Bolalikning koʻchalarin,

Begona qilgan dadalar.

 

Katta boʻlsam oʻzim aslo,

Men dadamga oʻxshamayman,

Unga oʻxshab xiyonatning,

Koʻchasidan hech yurmayman.

 

Tunda onam yum-yum yigʻlar,

Uxlanglar, deb bizga qarar.

Jajji yuragim ezilar,

Dadam bizni tashlab ketdi.

 

Oʻrtoqlarim koʻp kamsitar,

Tashlandiq deb yerga urar.

Bigiz qilib barmogʻini,

Dadasi yoʻq, deb koʻrsatar.

 

Koʻzgusiga qarab olib,

Yigʻlayapti bir kun onam.

"Xunukmanmi, shuncha, - deya, –

Koʻzlarimga tordir olam..."

 

Men eshikning tirqishidan,

Moʻraladim sekin arang.

Oyoq-qoʻlim jonsiz boʻlib,

Pichirladim: "goʻzal onam".

 

Yetimlikning koʻchasida,

Dilim mening ozorlandi.

Oʻsdim onam yelkasida,

Dadam bizni tashlab ketdi...

Zuhra Ahmedova.

 

Oqibat

Muvaffaqiyatga erishsa odam,

"Oʻzgaribsan", deb tan olmaydi.

Lek orqaga tashlasang qadam,

"Endi doʻstim holing voy", deydi.

Gar koʻksingga tekkanda shamol,

Parvonadir, senga ular.

Mushkulingni koʻrsalar darhol,

Yuzi xomush, ichida kular.

Yilda bir bor yoʻqlamay turib,

Oqibatdan ertaklar yasar!

Xoh oʻsarsan, xoh qularsan!?

Nima boʻlsa, oʻzing koʻrarsan.

Shu ketishda ketsa oqibat,

Murdangni ham oʻzing koʻmarsan...

Mansurbek Ollamberganov,

TDTU talabasi.

 

Eʼzozaxon singlimga

Mening jajji singlim bor,

Xumor koʻz, qoshi yoyim.

Goʻzallikda begʻubor,

Singiljonim muloyim.

 

Unga teng kela olmas,

Dunyolarning goʻzali.

Tishi dur, misli olmos,

Nur sochadi yuzlari.

Habiba FarhOdova,

21-maktab oʻquvchisi.

 

Kelinni asrang!

Kelinga zarda qilmang,

U birovning bolasi.

Qahr sochib kamsitmang,

Asralgan gul – lolasi.

 

Uni asrab-avaylang,

Avlodlar davomchisin.

Ishga koʻmib tashlamang,

Bu hayot ilhomchisin.

Xursandbek Maʼrifatov,

38-maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019