16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 16:29
Fan va taʼlim 👁 408

BUYuK SIYMOGA YuKSAK EHTIROM KOʻRSATILDI

BUYuK SIYMOGA YuKSAK EHTIROM KOʻRSATILDI

Ulugʻ shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi, bobokalonimiz Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutadi. Oʻzidan boy maʼnaviy meros qoldirgan ushbu buyuk siymo tavalludi munosabati bilan yurtimizning barcha hududlarida turli tadbirlar oʻtkazilib, xotirasiga ehtirom koʻrsatiladi.

7-fevral kuni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan 36-sonli maktabda ham “Navoiy yodi-la yashaymiz mudom!” deb nomlangan katta adabiy-musiqiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirga mos ravishda sahna mahorat bilan bezatildi, ulugʻ bobokalonimizning katta surati devorga osib qoʻyildi, slayd orqali uning hayoti va ijodiga oid maʼlumotlar bilan tanishtirib turildi. Undan tashqari, hazrat Navoiy asarlari, toʻplamlari, doston va gʻazallaridan iborat kitoblar koʻrgazmasi ham tashkil etildi.

Maktabning “Yosh jurnalistlar” toʻgaragi aʼzolari va 1-9-sinf oʻquvchilari ishtirokida boʻlib oʻtgan tadbirni maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Bahrom Xoʻjamurodov ochib berdi va Alisher Navoiy asarlarining oʻzbek adabiyotida tutgan oʻrni, qadr-qimmati haqida soʻzladi. Shuningdek, tadbirni tashkil qilishda jonbozlik koʻrsatgan maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari Umida Jumaniyozova, Eʼtibor Bobojonova, Nargiza Oʻtalova, Dilnoza Qurboniyozova, Gulnora Sobirova, Nasiba Karimovalar hamda maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi Ozoda Xudoyberganovalarning yosh avlod taʼlim-tarbiyasi yoʻlidagi ishlarida muvaffaqiyat tiladi.

Shundan soʻng, sahnaga chiqqan maktabning 1-“A”sinf oʻquvchilari sinf rahbari Nasiba Bobojonova boshchiligida ulugʻ bobokalon hayoti va ijodi haqida maʼlumotlar berib, mashhur ruboiylarini ifodali yod aytishdi. Boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Saragul Yusupova rahbarlik qilayotgan 1-“B”sinf oʻquvchilari ham Alisher Navoiyning ruboiylari, gʻazallarini yoddan aytib, shoh va shoir Bobur hayoti haqidagi “Qovun isi” deb nomlangan sahna koʻrinishini ijro etib berishdi. Oʻqituvchi Iqbol Rajabova rahbarligidagi 1-“V”sinf oʻquvchilari esa dilrabo raqs namoyish etib, tomoshabinlarga zavq bagʻishlashdi.

Tadbir davomida maktabning 7-, 9-sinf oʻquvchilari ijrosidagi buxorocha, xorazmcha raqslar tomoshabinlar eʼtiboriga havola qilindi. “Yosh jurnalistlar” toʻgaragi aʼzolari, 9-“A”sinf oʻquvchilari esa hazrat Navoiy hayotidan parchalarni sahna koʻrinishida namoyish etishdi. Oʻquvchilar Navoiy va Husayn Boyqaro, saroy mulozimlari rollarini mahorat bilan ijro qilib, oʻz iqtidorlarini, buyuk ajdodimizga boʻlgan yuksak ehtiromini koʻrsatishdi va tomoshabinlarning olqishlariga sazovor boʻlishdi. Adabiyot ixlosmandlari tomonidan ulugʻ bobokalonimizning gʻazallari, ruboiylari va dostonlaridan parchalarning ifodali aytib berilgani ham barchani xushnud etdi.

“Navoiy yodi-la yashaymiz mudom!” mavzusidagi tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga maktab maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliqlar topshirildi.

Javlon Oʻrozalayev, 36-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi, “Yosh jurnalistlar” toʻgaragi aʼzosi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026