16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:54
Iqtisodiyot 👁 286

TADBIRKORLAR EʼTIBOR MARKAZIDA

TADBIRKORLAR EʼTIBOR MARKAZIDA

Tumanimizda faoliyat yuritayotgan «Jayxun ilhomlari» nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan “Besh tashabbus – besh imkoniyat!” nomli grant loyihasi asosida yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning iqtidorlarini keng ommaga tanishtirish, yoshlarni turli zararli illatlardan ishonchli himoya qilish, ularning ish bilan bandligini taʼminlash maqsadida tadbirlar, uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan voyaga yetmaganlarni, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan onalarning farzandlarini “Besh muhim tashabbus” doirasidagi tadbirlarga faol jalb qilish maqsadida joylarda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Ayniqsa beshinchi tashabbus doirasida yosh ayol-qizlarni ishga joylashtirish maqsadida uchrashuvlar tashkil qilinib, oʻzini oʻzi band qilgan va tadbirkorlik bilan shugʻullanib, daromad topayotgan yosh ayol-qizlarning ish tajribalarini ommalashtirishga ulkan eʼtibor qaratilmoqda.

Mangʻit shahridagi Boyovul mahallasida oʻzini-oʻzi band qilgan holda uy sharoitida mehnat qilib, daromad topayotgan ayol-qizlar koʻplab topiladi.

Mahallada ayol-qizlarning bandligi taʼminlanishi bilan bir qatorda osoyishtalikni saqlash, koʻcha va xonadonlarning ozodaligiga erishish, toʻy-marakalarni ixcham-tartibli oʻtkazish, yordamga muhtoj insonlarga har tomonlama koʻmaklashish borasida ham ijobiy ishlar qoʻlga olinmoqda.

2022-yil davomida mazkur muammolar hal etilib, bu yilgi ish rejalari ham koʻzda tutilganidek olib borilmoqda.

Mahalladagi “Oqila ayollar harakati” tomonidan ham rejali ish asosida turli tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Mahallada yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj 72 nafar ayol-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Ulardan 24 nafari ishsiz ayol-qizlar boʻlib, 8 nafari tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagini bildirishgan. Ularga mahalladagi hokim yordamchisining tavsiyasi bilan imtiyozli kreditlar olib berildi. Hozirgi kunda bu tadbirkor ayollar oʻzlarining ish faoliyatlarini yurgizish bilan bir qatorda, mahallada ishsiz yurgan 2-3 nafar ayol-qizlarning bandligini ham taʼminladilar.

Kasb-hunar oʻrganish istagini bildirgan 5 nafar ayol-qizlar kasbga oʻqitish markazida oʻqib kelib, ish faoliyati olib bormoqdalar.

Tadbirkor ayol-qizlarning ana shunday saʼy-harakatlari tufayli mahallada turli xizmat koʻrsatish shoxobchalari, oshxona, oziq-ovqat doʻkonlari, tikuvchilik ustaxonalari muntazam ishlab mahalla ahliga sifatli xizmat koʻrsatib kelmoqda. Imtiyozli kredit asosida ish boshlagan Gulasal Rajabovaning oziq-ovqat doʻkonida uy-roʻzgʻor buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari sotilmoqda. Sifatli oziq-ovqat mahsulotlari xaridorlar tomonidan minnatdor holda xarid qilinmoqda.

Tadbirkor ayol doʻkonni kengaytirib, yangidan imorat qurish evaziga oziq-ovqat turlarini koʻpaytirish niyatida.

Tadbirkor Muborak Rajabova esa tikuvchilik tsexi ochib, ikki nafar shogirdi bilan ish olib bormoqda. Tajribali tikuvchi tomonidan bejirim kiyimlar har bir buyurtmachining istagi-didi asosida tikilmoqda. Tikuvchi qizlarga subsidiya asosida yangi tikuv mashinalarini olib berish rejalashtirilgan.

Mahallada tadbirkor ayol-qizlarning izdoshlari kundan-kunga koʻpayib bormoqda.

Oʻrozali REYIMOV, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019