16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 17:35
Siyosat 👁 245

NAZARXON OVULIDA HOKIM VA YoShLAR UChRAShUVI BOʻLIB OʻTDI

NAZARXON OVULIDA HOKIM VA YoShLAR UChRAShUVI BOʻLIB OʻTDI

Shu kunlarda Amudaryo tumani hokimi tegishli masʼullari bilan birgalikda chekka hududlarga ham tashrif buyurib, yoshlar bilan muloqotlar oʻtkazmoqda. Joylarda oʻtkazilayotgan bunday muloqotlar anchadan beri yechilmay kelinayotgan juda koʻp masalalarni hal etishda muhim oʻrin tutmoqda.

Nazarxon ovulida boʻlib oʻtgan ana shunday uchrashuvda ham tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, hokim oʻrinbosari Mahmud Shermetov, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi masʼullari hamda fuqarolar yigʻini masʼullari, hududdagi korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi. Uchrashuvda tuman hokimi bugungi kunda yurtimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularning komil insonlar, kelajakning munosib egalari boʻlib voyaga yetishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida soʻzladi.

Taʼkidlash joizki, soʻnggi yillarda davlat rahbarining tashabbusi va koʻmagi bilan yoshlar siyosati boʻyicha 6 ta qonun, 15 ta farmoni, 15 ta qaror va 2 ta farmoyish qabul qilindi, shuningdek hukumatning 39 dan ortiq qarori va 4 ta farmoyishi imzolandi. Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Qonunchilik palatasi huzurida Yoshlar parlamenti tashkil etildi. Yoshlar bilan ishlash toʻrt bosqichda: mahalla – tuman – viloyat – respublika darajasida yaxlit vertikal boshqaruv tizimi asosida amalga oshirilmoqda. Shuningdek, respublikaning barcha mahallalarida faoliyatini boshlagan Yoshlar yetakchilari ish olib borib, yoshlarning muammolari joyida hal etilishiga yaqindan yordam berishmoqda.

Uchrashuvda shu xususda soʻz yuritilib, Nazarxon ovulida faoliyat olib borayotgan fuqarolar yigʻini yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi. Hudud yoshlar yetakchisi yoshlarning oʻz oʻzini band etish, tadbirkorlikni tashkil etishiga, tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida bank kreditini olish kabilarga koʻmaklashish borasidagi amaliy ishlar xususida gapirib oʻtdi.

Ochiq muloqot ruhida kechgan uchrashuvda nazarxonlik yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan masalalar, tashvishga solayotgan muammolari yuzasidan tuman hokimiga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilishdi. Hudud yoshlari asosan, ish bilan taʼminlash, oʻzini oʻzi band qilish, oilaviy biznes, oʻz tadbirkorligini boshlash jarayonida bank kredit mablagʻlari rasmiylashtirilishida yuzaga kelayotgan muammolar, mavjud tadbirkorligini kengaytirishda amaliy yordam va boshqa shu kabi masalalar yuzasidan oʻz murojaatlarini bayon etdi. Muloqot jarayonida nazarxonlik yoshlarning hududda tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi takliflari ham tinglandi.

Nazarxon ovuli yoshlaridan Gulruh Yuldashboyeva tikuvchilik kasbiga oʻqib olishda amaliy yordam berishni soʻrab murojaat qildi. Otabek Aytjanov esa safarbarlik chaqiruv rezervi badalini toʻligʻi bilan qoplab berishda yordam soʻradi. Sultonbek Muratboyevga esa murojaatiga koʻra, oliy taʼlim muassasasida oʻqishni davom ettirishi uchun toʻlov kontrakt summasining bir qismini qoplab berishda koʻmaklashiladigan boʻldi.

Qolgan oʻrganishga vaqt va mablagʻ talab etgan masalalar xususida esa mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq topshiriq va koʻrsatmalar berilib, ushbu murojaatlar ijrosini tuman hokimi shaxsan oʻz nazoratiga olishini alohida taʼkidladi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026