16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:23
Sport 👁 509

SPORT MURABBIYLARI BOʻSM BIRINChILIGI UChUN OʻZARO BELLAShDILAR

SPORT MURABBIYLARI BOʻSM BIRINChILIGI UChUN OʻZARO BELLAShDILAR

Sport sohasida iqtidorli, kuchli sportchilarni tayyorlash, turli musobaqalarda sport maktabi, qolaversa, oʻz ustozlarining shaʼnini himoya qilib, gʻoliblik shohsupalaridan munosib joy oladigan shogirdlar yetishtirish uchun, avvalo sport murabbiylari oʻz yoʻnalishlari boʻyicha ham jismoniy, ham maʼnaviy yetuklikka ega boʻlishlari talab etiladi. Shu bois, sport murabbiylari doimiy ravishda oʻz ustlarida ishlash orqali jismoniy chiniqib, tajribalarini boyitib borishadi.

Amudaryo tumanidagi Chorsham Tojimurodov rahbarlik qilayotgan Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar eʼtiborga munosib.

Bolalar-oʻsmirlar sport maktabidagi olimpia sport turlari boʻyicha turli yoʻnalishlarda faoliyat olib boruvchi sport murabbiylari oʻrtasida tez-tez sport maktabi birinchiligi musobaqalari oʻtkazilib, ilgʻor trenerning tajribalari ommalashtirilib borilayotgani bois, maktab tarbiyalanuvchilari orasidan Qoraqalpogʻiston va Oʻzbekiston miqyosidagi musobaqalar, chempionat va kuboklar gʻoliblari yetishib chiqmoqda.

Joriy yilning 18-fevral sanasida Amudaryo Xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 82-sonli umumtaʼlim maktabi sport zalida Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi xodimlari va murabbiylari oʻrtasida sport maktabi birinchiligi musobaqalari oʻtkazildi.

Yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlariga koʻmaklashish, uyushmagan yoshlarni turli sport toʻgaraklariga jalb etish maqsadida rejali ravishda tashkillashtirilgan mazkur musobaqa murosasiz, qizgʻin bahslarga boy qiziqarli tarzda oʻtkazildi.

Sport maktabining taqvim-ish rejasiga asosan har haftaning shanba kunlarida tashkil etiladigan mazkur musobaqaning bu galgi ishtirokchilari sportning badminton turi boʻyicha oʻzaro kuch sinashdilar.

Musobaqada 50 nafardan ziyod ishchi-xodim va sport murabbiylari ishtirok etishdi va Umida Bozorboyeva bosh hakam, Zuhra Shomurodova bosh hakam yordamchisi sifatida sport murabbiylarining har bir harakatini odilona boshqarib borishdi.

Erkaklar oʻrtasida boʻlib oʻtgan bellashuvlar nihoyatda qiziqarli taassurotlarga boy boʻldi.

Musobaqaning final bahsida stol tennisi treneri Bunyod Kamolov va Akbar Mavlonovlar oʻzaro kuch sinashdilar va bu uchrashuvda Akbar Mavlonov gʻolib chiqib, 1-oʻrinni egalladi. 2-oʻrin Bunyod Kamolovga, 3-oʻrin Xursand Yusupovga nasib etdi.

Ayollar oʻrtasida 1-oʻrinni voleybol sporti treneri Sabohat Sobirova egalladi. 2-oʻrin Hamida Rajabovaga, 3-oʻrin Mohira Xoʻjaniyozova va Baxira Bayanboyevaga nasib etdi.

Gʻolib va sovrindorlarni Sport maktabi direktori Chorsham Tojimurdov diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, musobaqaning bosh hakami Umida Bozorboyeva va Zuhra Shomurodovalar musobaqani odilona boshqarganligi uchun Sport maktabi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026