16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:52
Sport 👁 495

OʻZBEKISTON ChEMPIONLARIGA ESDALIK SOVGʻALARI TOPShIRILDI

OʻZBEKISTON ChEMPIONLARIGA ESDALIK SOVGʻALARI TOPShIRILDI

Soʻnggi yillarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, shu orqali oʻsib kelayotgan yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazish, yot gʻoyalardan, zararli illatlardan asrashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadda mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Amudaryo tumanida sport inshootlari, maydonchalari bunyod etilib, sportning ommaviyligini taʼminlash borasida saʼy-harakatlar olib borilayotir. Natijada tumanimiz yoshlari orasidan sportning barcha turlari boʻyicha nufuzli musobaqalar gʻoliblari yetishib chiqayapti.

16-19-fevral kunlari Toshkent shahrida sportning qoʻl jangi turi boʻyicha erkaklar, ayollar va kichik oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida tuman Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi, 73-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchisi Elbek Yoʻldoshev 62 kilogramm vazn toifasida ishtirok etib, faxrli 3-oʻrinni egalladi.

9-11-mart kunlari Samarqand viloyatida sportning qoʻl jangi turi boʻyicha oʻsmirlar va professional sportchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chemionatida 15-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchisi Aziza Sotiboldiyeva 53 kilogramm vazn toifasida, 83-sonli maktab oʻquvchisi Lobar Jumaboyeva esa 58 kilogramm vazn toifasida ishtirok etishib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar va tumanimiz sport sharafi yuksalishiga munosib hissa qoʻshdilar.

Yaqinda tuman Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Iboyim Rajabov, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismoilov va Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktori Chorsham Tojimurodovlar gʻolib oʻquvchilar taʼlim olayotgan muassasalarda boʻlishib, ularni gʻalaba bilan qutlab, esdalik sovgʻalarini topshirishdi.

83-maktab binosi oldi bayramona bezatilgan. Yigʻilgan maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilari, chempion oʻquvchining ota-onasi, yaqinlarini maktab badiiy havaskorlari dilrabo kuy-qoʻshiqlar, raqslar bilan xushnud etishyapti.

Aziz mehmonlar tashrifi ularga yana ham koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi. Tantanani maktab direktori Dilafroʻz Ismoilova ochdi va Lobar Jumaboyevaning gʻalabasi haqida gapirib, barcha oʻquvchilarni undan oʻrnak olishga chaqirdi.

Tuman Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktori Chorsham Tojimurodov ham chempion qizni erishgan gʻalabasi bilan qutladi. Shundan soʻng unga tuman Xalq taʼlimi boʻlimi, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi, sport maktabining esdalik sovgʻalari topshirildi.

Shu kuni masʼullar Qilichboy ovuli hududidagi 15-sonli maktab oʻquvchisi, tumanimizning yana bir chemion qizi Aziza Sotiboldiyevani ham erishgan gʻalabasi bilan qutlash uchun bordilar.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirni Qilichboy ovuli yoshlar yetakchisi Jasur Oʻtamurodov ochdi va Aziza Sotiboldiyevani sportning qoʻl jangi boʻyicha oʻz vazn toifasida Oʻzbekiston chempioni boʻlganligi bilan tabrikladi.

Tuman Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Ibroyim Rajabov, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismoilov, tuman Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktori Chorsham Tojimurodovlar ham chempionni gʻalabasi bilan qutlab, esdalik sovgʻalarini topshirdilar. Koʻrsatilayotgan buningdek eʼtibor-eʼtirof kelgusida ularning yana ham ulkan yutuqlarga erishishiga ragʻbat boʻlsa, ajab emas.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026