17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 02:49
Jamiyat 👁 419

“HAR KUNING NAVROʻZ BOʻLSIN, JONAJON OʻZBEKISTONIM!” ShIORI OSTIDA NAVROʻZ SAYLI VA BAYRAM TADBIRI OʻTKAZILDI

“HAR KUNING NAVROʻZ BOʻLSIN, JONAJON OʻZBEKISTONIM!” ShIORI OSTIDA NAVROʻZ SAYLI VA BAYRAM TADBIRI OʻTKAZILDI

Bu yilgi koʻklam yurtimizga oʻzgacha tarovat, shukuh bilan kirib keldi. Koʻklamni sogʻingan dillarga uning tashrifi iliqlik baxsh etdi, ruhini koʻtarib, yuraklardagi zavq-u shavqni oshirdi. Elimizda koʻtarinkilik, joʻshqinlik bilan Navroʻzi olam tadorigi boshlandi. Yashil maysalar bosh koʻtarayotgan zamin-u, qushlar chugʻuriga toʻlayotgan feruzarang samo, biz nafas olayotgan musaffo havoni ovul va mahallalarda hamjihatlikda pishirilayotgan shoh taom – sumalakning xushboʻy hidi tutdi.

Yurtimizga mana shunday shod-u xurramlik, quvonch ulashib, qutlugʻ qadam bilan Navroʻzi olam kirib keldi. Ushbu bayramni munosib nishonlash boʻyicha 2023-yil 1-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «2023-yilgi Navroʻz – umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida»gi Qarori qabul qilindi. Unga koʻra, bu yilgi Navroʻz bayrami mamlakatimizda «Har kuning Navroʻz boʻlsin, jonajon Oʻzbekistonim!» degan bosh gʻoya asosida nishonlanishi belgilandi.

Tumanimizda ham ushbu shior ostida katta bayram sayli oʻtkazildi.

18-mart kuni tumandagi Markaziy oʻyingohda boʻlib oʻtgan ushbu sayilga butun amudaryoliklar, yosh-u qari yurtdoshlarimiz tashrif buyurishdi. Nuroniy otaxonlar, moʻʼtabar onaxonlar bayramona bezatilgan soʻrilar, shohsupalarda oʻtirib, milliy anʼanalarimiz boʻlgan yor-yor, laparlar kuylashdi, quroq qurab, ip yigirib, aytishuvlar aytishdi. Navroʻz bayrami tumanimizning ovul va mahallalarida, shahar va qishloqlarda ham keng nishonlanmoqda.

Qator koʻrkam rastalarda tashkil qilingan milliy hunarmandlik mahsulotlari, milliy taomlar, savdo yarmarkalari, nafosat bilan bezatilgan dasturxonlar koʻzlarni yashnatdi.

Bayram tomoshasi boshlanishidan oldin tumanimiz rahbarlari va mehmonlar birgalikda xalqimiz bilan muloqot qilib, koʻrgazmalarni koʻzdan kechirishdi, sayil ishtirokchilarini bayram bilan tabriklashdi. Shundan soʻng, “Ofarin” folklor-etnografik xalq jamoasining karnay-surnay navolari bilan bayram tomoshasi boshlandi.

Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev butun Amudaryo ahlini Navroʻzi olam bilan muborakbod etdi va yurtimizdagi bunyodkorliklar, erishilgan yutuqlar xususida soʻzladi. Tabrikdan soʻng, “Fasli navbahor tarannumi” deb nomlangan musiqiy dastur boshlandi.

Dasturda tumanimizning estrada xonandalari qatori isteʼdodli yosh xonandalar ham ishtirok etishdi. Shuningdek, bolalar badiiy jamoalari oʻzlarining yangi qoʻshiq va raqslarida bahor quvonchlarini ifoda etdilar. Amudaryo tumaniga xos boʻlgan mumtoz navolar, askiyachilik, masxarabozlik, xalq sanʼati, urf-odatlar namoyish etildi aytishuv, laparlar, yor-yorlar yangradi. Xalqimizning milliy merosi – urf-odatlari, anʼanalari mujassam boʻlgan chiqishlar bayramga oʻziga xos betakror ohang va maʼno bagʻishladi.

Navroʻz bayrami munosabati bilan boʻlib oʻtgan ushbu sayilda amudaryoliklar jam boʻlib, birdamlik, hamjihatlik anʼanalariga sodiqligini yana bir karra namoyon etishdi. Bayram tomoshasi barcha yurtdoshlarimizga bahoriy kayfiyat, koʻtarinki ruh ulashdi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026