16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:36
Jamiyat 👁 242

Navroʻz — doʻstlik va hamjihatlik bayrami!

Navroʻz — doʻstlik va hamjihatlik bayrami!

Azal-azaldan sharq xalqlari uchun yangi yil boshi, dehqon uchun baraka ramzi va insoniyat uchun mehr-oqibat timsoli boʻlib kelgan Navroʻzi olam shu kunlarda ham yurtimizning turli goʻshalarida katta shod-u hurramlik bilan nishonlanmoqda. Bugun tom maʼnoda yangilanayotgan Yangi Oʻzbekistonda kechayotgan ulkan oʻzgarishlar, bunyodkorlik ishlari, xalqimizning ertangi kunga boʻlgan mustahkam ishonchi va jamiyatimizdagi millatlararo totuvlik mana shu qutlugʻ ayyom shodiyonalarida yanada yorqinroq namoyon boʻlmoqda.

Nukus shahridagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari uyi”da ham bahorning ilk oyining soʻnggi kunida Navroʻz bayrami keng turda nishonlandi. Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlinmasi tashabbusi bilan, bir qator hamkor tashkilotlar ishtirokida tashkil etilgan “Navroʻz – yangilanish, doʻstlik va baraka bayrami!” shiori ostidagi bayram tadbiri yurtimizdagi millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik va mehr-oqibat tamoyillarining amaliy ifodasi boʻldi.

Tantanali tadbirda soʻzga chiqqan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari Alisher Allaniyazov, Qoraqalpogʻiston Qozoq milliy-madaniy markazi boshligʻi Asqar Umbetayev, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlinmasi boshligʻi Quoʻatbay Karimxodjayev va boshqalar taʼkidlaganlaridek, bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda millatlararo totuvlikni mustahkamlash, turli xalqlar oʻrtasida oʻzaro hamjihatlik va bagʻrikenglik muhitini yanada kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan.

Amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va hayotiy chora-tadbirlar jamiyatimizda oʻzaro hurmat va birdamlik tuygʻularini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Darhaqiqat, bugun Oʻzbekiston zaminida turli millat va elat vakillari ahil-inoq, bir oila farzandlaridek yashab, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yoʻlida bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qilmoqdalar. Navroʻz bayrami esa ana shu doʻstlik va bagʻrikenglik muhitini yanada jipslashtiruvchi, barchani bir gʻoya va maqsad yoʻlida birlashtiruvchi vositadir.

Tabiatdagi poklanish jarayoni insonlar ruhiyatida ham aks etishi Navroʻzning eng goʻzal xususiyatlaridan biridir. Koʻpni koʻrgan, hayot maktabini oʻtagan nuroniy oqsoqollarimiz taʼbiri bilan aytganda, “har bir yil bahoridan maʼlum”. Ular bu yilgi bahorning fayzli kelayotganini, koʻklamdagi yogʻingarchiliklar moʻl-koʻlchilik va farovonlikning mustahkam zamini boʻlishini taʼkidladilar. Dasturxon ustida qilingan duolar va yaxshi niyatlar bayram tadbiriga alohida shukuh bagʻishladi.

Tadbir davomida tashkil etilgan koʻrgazmalar va milliy liboslardagi chiqishlar ishtirokchilarning yodida uzoq vaqt saqlanib qoladigan boʻldi. Turli millat vakillarining oʻzlariga xos milliy kiyimlarining namoyishi, mohir hunarmandlar tomonidan tayyorlangan xalq amaliy sanʼati durdonalari koʻrgazmasi xalqimizning boy madaniy merosini oʻzida aks ettirdi. Madaniyat va sanʼat sohasi vakillari ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar, joʻshqin milliy raqslar va kontsert dasturi bayram qatnashchilariga yuqori kayfiyat ulashdi. Har bir kuylangan taronada va ijro etilgan raqsda vatanga muhabbat, tinchlikka shukronalik, bahor va Navroʻz sogʻinchi mujassam boʻldi.

Tadbir davomida Navroʻzning nafaqat milliy bayram, balki xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik koʻprigi sifatidagi oʻrni ham alohida eʼtirof etildi. Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ularni asl holicha kelajak avlodlarga yetkazish har birimizning burchimiz ekani yana bir bor taʼkidlandi.

Navroʻz shunday qutlugʻ ayyomki, u inson qalbidagi eng oliyjanob fazilatlarni — kechirimlilik, saxovat va mehr-shafqatni uygʻotadi. Bu bayram bizni yanada jipslashtirib, yurtimiz tinchligi va farovonligi yoʻlida yanada hamjihatlik bilan mehnat qilishga undaydi.

Yangilanish va ezgulik fasli boʻlgan Navroʻzi olam munosabati bilan tashkil qilingan bayram tadbiri soʻngida nuroniylar har bir xonadonga qut-baraka, yurtimizga omonlik va dasturxonlarimizga toʻkin-sochinlik, xalqimizga baxt-saodat yor boʻlishini tilab, duoga qoʻl ochdilar.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019