16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 19:18
Siyosat 👁 286

Yangilanayotgan Konstitutsiya targʻibotiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi

Yangilanayotgan Konstitutsiya targʻibotiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi

Xabaringiz bor, 2023-yil 30-aprel kuni yurtimizda Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi toʻgʻrisidagi Konstitutsion qonun loyihasi boʻyicha referendum oʻtkaziladi.

Albatta, oʻz oilasi, farzandlari, yurti taqdiriga befarq boʻlmagan har bir vatandoshimiz unda faol ishtirok etishi lozim. Bosh qomusimizga kiritilayotgan oʻzgarishlar va ularning mazmun-mohiyatini aholiga keng tarzda tushuntirish maqsadida Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, mahalliy Kengash deputatlari, Adliya vazirligi va uning hududiy boʻlimlari tomonidan yurtimiz boʻylab keng turda targʻibot tadbirlari olib borilmoqda.

Mana shunday targʻibot tadbirlaridan biri 25-mart kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Zumrad Bekatova, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari Sanobar Xoʻjamuratova, Yaxshimurat Axmedovlar ishtirok etishdi. Shuningdek yigʻilishda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, siyosiy partiya rahbarlari, tegishli tashkilot masʼullari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Yigʻilishda Bosh qomusimizga kiritilayotgan oʻzgartishlarning mazmun-mohiyati, taʼlim rivojiga doir muhim jihatlar xususida maʼlumotlar berildi. Asosiy Qonunimiz mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish yoʻlida qoʻlga kiritilayotgan barcha yutuq va marralarimizning huquqiy poydevori – kelajagimizning ishonchli kafolati ekanligi taʼkidlanib, Referendum joriy yilning 30-aprel, yakshanba kuniga belgilanganligi va unda har bir fuqaro faol ishtirok etib, konstitutsiyada belgilangan burchini bajarmogʻi lozimligi alohida qayd etib oʻtildi.

Aytish kerakki, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasidagi moddalar soni 128 ta boʻlgan boʻlsa, yangi tahrirda moddalar soni 155 tani tashkil etib, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshirilmoqda. Bir soʻz bilan aytganda, amaldagi Konstitutsiyamizning 65 foiziga oʻzgartirish kiritilmoqda.

Yigʻilish davomida deputat Sanobar Xoʻjamuratova yangilanayotgan konstituttsiyaviy qonun loyihasi matnining 50- va 52-moddalarida maktab va maktabgacha taʼlimni rivojlantirish boʻyicha qator huquqiy asoslar mustahkamlab qoʻyilayotganini aytib oʻtdi.

Shuningdek, yangilanayotgan Konstitutsiyamizda bolalar mehnati taqiqlanib, avvalgi yillardagidek paxta terimi, chopigʻi, tozalash supur-sidir ishlari bilan oʻquvchi va oʻqituvchilarni majburiy shugʻullantirish mutlaqo taʼqiqlanganini aytib, barchani 30-aprel kuni oʻz kelajagi va haq-huquqi uchun ovoz berishga chaqirdi.

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Zumrad Bekatova barcha deputatlardan oʻz saylov okruglarida targʻibot tadbirlarini jadal surʼatlarda olib borishlari lozimligini va bunda albatta ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda ishlash zarurligini qayd etib oʻtdi. Deputat Zumrad Bekatovaning targʻibot tadbirlari tumandagi barcha mahallalarda davom etadi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026