16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:42
Fan va taʼlim 👁 326

36-SONLI MAKTAB OʻQITUVChISI AZIMBOY SAFARBOYeV “XALQ TAʼLIMI FIDOYISI” KOʻKRAK NIShONI BILAN TAQDIRLANDI

36-SONLI MAKTAB OʻQITUVChISI AZIMBOY SAFARBOYeV “XALQ TAʼLIMI FIDOYISI” KOʻKRAK NIShONI BILAN TAQDIRLANDI

Taʼlim sohasida salkam 35-yildan beri faoliyat koʻrsatib kelayotgan malakali pedagog, tajribali matematika oʻqituvchisi Azimboy Safarboyev taʼlim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etib, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirib kelmoqda. Yaqinda mahoratli ustoz soha rivojiga qoʻshgan munosib hissasi uchun “Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Ustoz oʻtgan yillar davomida tumanimizdagi bir necha umumtaʼlim maktablari hamda sobiq Amudaryo Qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kollejida matematika fanidan dars berib, koʻplab shogirdlar yetishtirdi. Ayni paytda undan taʼlim olgan yoshlar turli sohalarda faoliyat koʻrsatib, jamiyat rivojiga munosib hissalarini qoʻshishmoqda.

Azimboy Safarboyev 1965-yilda Amudaryo tumanida ziyoli, yaʼni oʻqituvchilar oilasida tugʻilib, voyaga yetgan. Oʻrta maktabni tugatganidan soʻng, 1982-89-yillarda Toshkent Davlat universiteti, hozirgi Oʻzbekiston Milliy universitetining matematika fakultetida taʼlim olgan. Sohadagi faoliyatini 1988-yilda Toshkent shahar 157-sonli maktabining matematika fani oʻqituvchisi boʻlib ishlashdan boshlagan. 1989-yilda Amudaryo tumaniga qaytib kelib, ishni 15-sonli maktabda davom ettirgan. Ustoz hozirgi kunda 36-sonli maktabda matematika fanidan dars berish bilan birga oʻzi tashkil etgan “Yosh matematiklar” toʻgaragida qiziquvchi yoshlarga fan sirlarini oʻrgatib, iqtidorlarini yuzaga chiqarishlariga koʻmaklashib kelayotgani natijasida ular turli yutuqlarga erishishmoqda.

Mahoratli pedagogning oʻquvchilari umumtaʼlim fanlari olimpiadasining Qoraqalpogʻiston bosqichida, jahon olimpiadalarida muvaffaqiyatli qatnashib kelishmoqda. Undan taʼlim olgan koʻplab iqtidorli oʻquvchi-yoshlar har oʻquv yilida yurtimizdagi va xorijdagi turli nufuzli oliy taʼlim muassasalari talabalari boʻlishmoqda.

Azimboy Safarboyev 2015-yilda Oʻqituvchilar bayrami arafasida “Oʻzbekiston oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi aʼlochisi”, 2016-yilda “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 25-yil” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.

Oʻz ustida muntazam ravishda ishlab kelayotgan fidoyi oʻqituvchi ilmiy-uslubiy izlanishlari asosida 2010-2014-yillarda oʻz muallifligida yaratgan «Zamonaviy darsni tashkil etish metodikasi», «Trigonometrik tenglama va tengsizliklar sistemalari», «Logarifmik tenglamalarni yechishning qulay usullari», «Abituriyent uchun matematikadan test savollari», «Kvadrat funktsiyalar grafigi», «Oʻquvchilarda mantiqiy fikrlashda matematika fanining oʻrni» kabi 12 dan ortiq oʻquv-metodik qoʻllanmalari taʼlim jarayoniga tadbiq etilgan. Shuningdek, u yaratgan «Matematikadan olimpiada masalalari» mavzusidagi elektron dars ishlanmasi, 150 dan ortiq koʻrgazmali vositalari, murakkab mavzularni oʻqitish boʻyicha elektron slayd va plakatlardan dars mashgʻulotlarida samarali foydalanilmoqda.

Fidoyi va jonkuyar oʻqituvchi taʼlim muassasasi va mahallada oʻtkaziladigan tadbirlarda ham faol qatnashib, mamlakatimizning taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samaralarini targʻib qilib kelmoqda. Azimboy Safarboyev izlanuvchan pedagog, jonkuyar va kamtar inson sifatida hamkasblari va mahalladoshlari oʻrtasida ham hurmat qozongan.

Biz Azimboy Safarbovning kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat tilab qolamiz.

Ozoda Xudoyberganova, 36-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019