16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:32
Jamiyat 👁 336

Farovon mahallasi haqiqatdan ham farovon!

Farovon mahallasi haqiqatdan ham farovon!

Mahallaning obodligi - ona Vatanning obodligi, tom maʼnoda mamlakat va millat farovonligidir. Mamlakatning har jihatdan taraqqiy etishi uchun mehnat maydonlarida fidoyilik koʻrsatuvchi xalq mahallada yashaydi, ijod qiladi, yangiliklar yaratadi. Kelajagimiz egalari boʻlgan barkamol avlodni voyaga yetkazishdek sharafli vazifani amalga oshiradi. Shuning uchun ham mahalla har davrda oʻzining muqaddasligi bilan eʼtiboru, eʼtirofda boʻlgan.

 Amudaryo tumanining Farovon mahallasi, nomiga yarasha obod va farovon mahalla. Ushbu mahallada 642 xonadonda 2456 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Eʼtiborlisi, mahalladagi 710 ta oilada keyingi 3-yil ichida biron marta ajrim yoki jinoyatchilik bilan bogʻliq holatlar sodir boʻlmadi.

Mahalla raisi Madamin Kazakov, xotin-qizlar faoli Sayyora Karabayeva, hokim yordamchisi Muqaddas Beknazarova, profilaktika inspektori Rufat Matnazarov, yoshlar yetakchisi Shoxruh Roʻzmetovlarning oʻzaro hamkorlikda va hamjihatlikda samarali ish faoliyatini yoʻlga qoʻyganligi natijasida oilaviy qadriyatlar mustahkamlanib, mahalla infratuzilmasi tobora yaxshilanoqda, aholi bandligi taʼminlanmoqda.

Jumladan, 2023-yilning dastlabki 3 oyi davomida xotin-qizlar va hokim yordamchisi koʻmagi bilan 5 nafar xotin-qizga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun imtiyozli kreditlar ajratildi. 2 nafar ayol ishga joylashtirildi.

Mahalla ahlining oʻzaro birdamligi, ogʻizbirchiligi tufayli hududda kattagina mahalla bogʻi yaratildi. Ushbu bogʻda mevali daraxt koʻchatlari har bahor va kuz mavsumlarida ekilib koʻpaytirib boriladi. Bu yilgi bahor mavsumida ham mahalla ahli 50 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekishdi. Ahamiyatlisi, ekilgan har bir niholning kelajakda katta daraxt boʻlib yetishishi uchun bir nafar yosh oila biriktirib qoʻyildi. Yosh oilaning endigina kurtak yozayotgan nihollarga biriktirilishda ham qandaydir ramziy maʼno bordek.

 Farovon mahallasida yosh kelinlarga, turmush ostonasida turgan yosh qizlarga oʻrnak va ibrat boʻlib, oilalar mustahkamligiga oʻz hissasini qoʻshib kelayotgan mahallaning 12 nafar yoshi ulugʻ onaxonlaridan tuzilgan “Oqila ayollar harakati” ham samarali tarzda faoliyat olib bormoqda.

 Harakatning faol azolari Dilbar Xoʻjamuratova, Momojon Annamedovalar xotin-qizlar faoli Sayyora Karabayeva bilan hamkorlikda yosh qizlar oʻrtasida kiyinish madaniyati, erta nikoh, erta tugʻruq, sogʻlom turmush tarziga amal qilish kabi mavzularda targʻibot tadbirlarini, davra suhbatlarini olib bormoqda.

 Shuningdek, profilaktika inspektori bilan hamkorlikda yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olish, odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha uchrashuvlar, profilaktik tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Mahallaning faol aʼzosi Momojon Annamedova tashkil etilayotgan ushbu tadbirlarda hamisha faol. U oʻzidagi bor hayotiy tajribani yoshlarga ulashgisi keladi. Bugungi kunda u turmush oʻrtogʻi bilan keksalik gashtini surib nevaralar tarbiyasida boʻlsa ham mahalla ishlariga aralashmasdan turolmaydi. Uzoq yillar mobaynida oʻqituvchilik qilib farzandlarini uyli-joyli qilgan ushbu nuroniylarning uyidan aslo fayz arimaydi.

 Momojon Annamedova oʻz kelinlariga, mahallaning yosh kelinlariga nasihat qilganda eng avvalo, sabrli boʻlish kerakligini, isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik, har bir narsani tejab ishlatish lozimligini, oilada yuzaga kelgan nohush vaziyatlarda ham muammoni bosiqlik bilan hal qilish lozimligini taʼkidlaydi.

 Mahallada Momojon Annamedova singari onaxonlar juda ham koʻp. Ularning yoshlarga berayotgan oʻgit va nashatlari, boy hayotiy tajribalari tufayli Farovon mahallasi obod, oilalar turmushi farovon.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026