16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:55
Fan va taʼlim 👁 294

Maktab− taʼlim va tarbiya oʻchogʻi

Maktab− taʼlim va tarbiya oʻchogʻi

Amudaryo televideniyesida Oliy majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida hududlardagi maktablar orasidan maʼnaviy va maʼrifiy ishlar yaxshi yoʻlga qoʻyilgan eng ilgʻor maktablar faoliyatini keng turda yoritib borish belgilangan.

 Amudaryo tumanining Boyovul mahallasi hududida joylashgan tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 56-sonli maktab ham tumandagi eng namunali maktablardan biri.

Ushbu maktabda fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishib, chet tili va umumtaʼlim fanlaridan xalqaro va milliy sertifikatlarni qoʻlga qiritgan oʻquvchi yoshlar talaygina.

Jumladan, maktabning 11-sinf oʻquvchisi Farhod Nurboyev 7.1 ball bilan YeILTS sertifikati sohibi boʻlgan boʻlsa, sinifdoshi Madina Tleubayeva 6 ball bilan mazkur sertifikatni qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, Muhlisa Oʻrinbayeva chet tillari boʻyicha milliy sertifikat SEFRga imtihon topshirib V2 darajasi oldi.

Maktabda ingliz tili va aniq fanlarni oʻqitishga boʻlgan talab oldindan yuqori boʻlib kelgan.

Maktabning fidoiy oʻqituvchilari oʻzlaridagi bor bilim va tajribani oʻquvchilarga beribgina qolmasdan oʻz ustida doimiy ravishda izlanishda va intilishda.

 Maktabning ingliz tili fani oʻqituvchisi Nigina Saidova oʻz fanidan S1 sertifikatini qoʻlga kiritdi. Informatika fanidan esa ikki nafar, ona tili fanidan bir nafar oʻqituvchi milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritdilar.

Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan joriy qilinib maktab hayotiga keng tatbiq etilgan setrifikatlash tizimi orqali oʻquvchilar va oʻqituvchilarning bilim doirasi kengayibgina qolmasdan, ular uchun kattadan katta imkoniyat eshiklarini ochib bermoqda.

 Jumladan, endilikda umumtaʼlim fanlardan sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar uchun Oliy taʼlim muassasalriga kirish imtihonlarida mazkur fandan maksimal ball beriladi. Bu esa oʻquvchining ortiqcha vaqt sariflashiga yoʻl qoʻymaydi.

 Shuningdek, chet tili fanidan sertifikatga ega boʻlgan oʻqituvchilarning ish haqiga 50 foiz, umumtaʼlim fanlardan sertifikatni qoʻlga kiritgan oʻqituvchilarning ish haqiga 20 foiz ustama qoʻshilmoqda.

Albatta, mehnat oʻz vaqtida eʼtirof etilsa va ragʻbatlantirib borilsa oʻsish va rivojlanish boʻladi.

Taʼlim va tarbiya maskani boʻlgan maktabda oʻquvchilarning har tomonlama oʻsib va unishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

 Bilimli va tajribali oʻqituvchilardan taʼlim-tarbiya olish barobarida oʻquvchilar uchun maktabning moddiy texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha ham koʻplab sharoitlar yaratib berildi.

 Keng va yorugʻ sinfxonalar, elektron taxtalar. Zamonaviy rusmdagi kompyuter xonalari, bularing barchasi tirishqoq va intiluvchan oʻquvchilar uchundir.

2 mlrd 326,6 mln.soʻm mablagʻ evaziga maktab binosiga qoʻshimcha tarzda yangi bino qurib berilgani ham oʻquvchilar uchun katta sovgʻa boʻldi. Qurilish ishlari “Temir beton” Masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan qisqa fursatlarda sifatli tarzda nihoyasiga yetkazilib foydalanishga topshirildi.

Biz esa tinib-tinchimas, bilimli va zukko oʻquvchilarga va ularning jonkuyar oʻqituvchilariga faqatgina zafarlar tilab qolamiz.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019