16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 16:29
Siyosat 👁 258

“Oʻzbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida yoshlar sayli boʻlib oʻtdi

“Oʻzbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida yoshlar sayli boʻlib oʻtdi

9-aprel kuni Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimi binosida “Oʻzbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida yoshlar sayli boʻlib oʻtdi. Unda tumanning ovul va mahallalarida istiqomat qiluvchi 200 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etdi. Yoshlar sayli davomida stol tennisi, shaxmat-shashka kabi sport turlari doirasida musobaqalar tashkil etildi.

Shundan soʻng, soat 19:00 da tuman Madaniyat boʻlimining tomoshalar zalida  Oʻzbekiston Respublikasi Referendumi targʻibotiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi va kontsert dasturi namoyish etildi.

Sahnada oʻrnatilgan katta ekranda mamlakatimizda, xususan Qoraqalpogʻistonda turli sohalarda erishilayotgan yutuqlar aks etgan videoroliklar namoyish etildi. Tadbir ishtirokchilari koʻz oʻngida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ulkan oʻzgarishlar, yoshlarning bilim olishi, aholining farovon turmush kechirishi uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar namoyon boʻldi.

Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi Polat Maxsetbayev, tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetovlar ham ishtirok etishdi.

Maʼlumki, shu yilning 18-23-mart kunlari oraligʻida tumandagi sportchi yoshlar oʻrtasida sportning kurash, yengil atletika, mini futbol turlari boʻyicha “Navroʻz kubogi” musobaqalari boʻlib oʻtgan edi. Tadbir davomida ushbu musobaqalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 41 nafar sportchi yoshlarga pul mukofotlari tantanali tarzda topshirildi.

Taqdirlash marosimida Polat Maxsetbayev yoshlarni qoʻlga kiritgan muvaffaqiyatlari bilan samimiy tabrikladi, ularning bundan keyingi faoliyatlariga ulkan zafarlar tiladi.

Hokim oʻrinbosari Mahmud Shermetov yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib yuqori choʻqqilarni zabt etayotgan yoshlar tumanimizning faxri va gʻururi ekanligini, boshqalar ham mazkur tengdoshlaridan oʻrnak olib, bundanda yuksak marralarni egallashi kerakligini taʼkidladi.

Shundan soʻng, respublikamizdagi va tumandagi taniqli estrada yulduzlari tomonidan Vatan, ona, doʻstlik, sevgi-muhabbatni tarannum etuvchi goʻzal qoʻshiqlar ijro etildi.

Tadbir davomida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Oybek Begimov Konstitutsiyamizga kiritilayotgan yangilik va oʻzgarishlar mohiyatini sharhlab berdi. Ayniqsa, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan 220 mingdan ortiq takliflar berilgan boʻlsa, shundan 60 foizdan ortigʻi bevosita yoshlar tomonidan bildirilgani Oʻzbekistonni tom maʼnoda yoshlar mamlakati deyishga asos boʻlishini aytib oʻtdi va barcha yoshlarni umumxalq referendumida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Tadbirda “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Barno Samandarova erishgan muvaffaqiyatlari haqida yoshlarga toʻlqinlanib gapirdi. Endigina 11-sinfni bitkazayotgan Barno Samandarovaning jamiyat hayotiga, yurtimizda roʻy berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga befarq emasligi, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan bildirgan fikrlari uning referendumga chorlovida toʻla aks etdi.

Tadbir davomida hushovoz xonandalar tomonidan ijro etilgan goʻzal kuy-qoʻshiqlarga yoshlar raqsga tushishdi. Bir biri bilan notanish boʻlgan yoshlarning oʻrtasida mehr-muhabbat, doʻstlik, ona Vatanga dahldorlik tuygʻulari mana shu tadbir orqali yana mustahkamlandi.

Tadbirda soʻz olgan ilgʻor yoshlardan Qudrat Matsafoyev Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan ilk marotaba uzluksiz taʼlim tizimi, uning har xil turlari va shakllari taʼriflanib, davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari rivojini taʼminlash davlatning vazifalari qatoridan joy olayotganini taʼkidladi. U ham 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan referendumda barcha faol ishtirok etishi lozimligini, har kim oʻz kelajagi uchun oʻzi shaxsan ovoz berishi lozimligini aytib oʻtdi.

Tadbirda “Yosh kitobxon oila” tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari Umidbek Oʻrinboyev va Muhabbat Davlatovalar mamlakatimizda yoshlarning sifatli taʼlim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilganini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 79-moddasida bu yanada mustahkamlab qoʻyilayotgani yoshlar uchun muhim ijobiy yangilik ekanligini eʼtirof etishdi. Yaʼni ushbu moddada “Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini taʼminlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini ragʻbatlantiradi. Davlat yoshlarning maʼnaviy, intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning taʼlim olishga, sogʻligʻini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga boʻlgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi” deb belgilab qoʻyilgani yoshlarning ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Darhaqiqat, Yangilanayotgan Konstitutsiya jamiyatimiz hayotining barcha yoʻnalishlarini kompleks tartibga solish hamda mamlakatimizni demokratik rivojlantirish yoʻlida eng muhim huquqiy poydevor boʻlib xizmat qiladi.

Tuman Madaniyat boʻlimida boʻlib oʻtgan ushbu tadbir yoshlar qalbida ona Vatanga dahldorlik, vatanparvarlik, oʻz oilasiga, mahallasiga boʻlgan mehr-muhabbat tuygʻularini mustahkamlagani bilan yanada ahamiyatli boʻldi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026