16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:19
Adabiyot 👁 370

AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZIDA IJODIY UChRAShUV BOʻLIB OʻTDI

AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZIDA IJODIY UChRAShUV BOʻLIB OʻTDI

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025-yillarda  kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi  Qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi 27-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili yili”da amalga oshirishga oid “Davlat dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi farmoyishiga koʻra “Kitobxonlik haftaligi” oʻtkazilmoqda.

Respublika boʻylab “Kitobsevar millat” shiori ostida oʻtkazilayotgan “Kitobxonlik haftaligi” shu yilning 10-aprelidan 15-apreligacha davom etadi.

Haftalikni yuqori saviyada oʻtkazish yuzasidan tuman Axborot-kutubxona markazida ham qizgʻin tayyorgarlik koʻrildi. Rejaga koʻra, kitobxonlar oʻrtasida sheʼriyat kechasi, davra suhbati, “Zakovat” intellektual oʻyini, kutubxonaga keltirilgan yangi kitoblar koʻrgazmasi, maktabgacha taʼlim tashkilotida “Ertaklar yaxshilikka yetaklar” mavzusida adabiy kecha, tuman tarixi muzeyiga sayohat, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida koʻchma kutubxonalar tashkil etish, yangi kitoblar koʻrgazmasi, 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida “Sanʼat olamiga sayohat” mavzusida tadbir oʻtkazish belgilab olingan edi.

Ushbu tadbirlar tuman Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyuruvchilar soni oshishiga yoshlar, aholi orasida kitob oʻqishni keng targʻib etishga imkoniyat yaratmoqda. Tadbirlarga qamrab olingan yoshlarning kitoblarga  qiziqishlari oshib, ular safi kengaymoqda.

Shu yil 13-aprelda Axborot-kutubxona markazida tashkillashtirilgan “Zamondosh ijodkorlar” nomli  davra suhbati ham koʻpchilikda ulkan taassurotlar qoldirdi.

Haftalikka tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar dasturida  ham oʻtkaziladigan suhbatlar, uchrauvlarda nashriyotlar, matbaa korxonalari, kitob savdo tashkilotlari qatorida ijodkorlarning ham ishtirokini taʼminlash belgilangan edi. Shunga muvofiq “Zamondosh ijodkorlar” nomli davra suhbatiga tumanimizning ijtimoiy-siyosiy va ommabop nashri – “Taraqqiyot koʻzgusi gazetasi ijodiy xodimlari, Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi aʼzolari Oygul Rajabova, Ozoda Xudoyberganovalar taklif etildi.

Davra suhbatini Axborot-kutubxona markazi xodimi Rohatoy Romanova boshqarib bordi.

Jurnalist Oygul Rajabova, Ozoda Xudoyberganovalar kitobxon yoshlarga  oʻzlarining ijodiy faoliyatlari, shuningdek, kitob oʻqishning ahamiyati xususida gapirib berdilar.

Tadbirda ishtirok etgan Amudaryo muxandislik texnikumining kutubxonashunoslik yoʻnalishida tahsil olayotgan yoshlar, ularning ustozlari, shuningdek kitobsevar yoshlar ularga oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berib, batafsil javoblar oldilar.

“Kitobdin yaxshi yor boʻlmas”, deya yozgan edi Alisher Navoiy bobomiz. Ha, chindanda kitoblar – eng sodiq doʻst, yashashni oʻrgatuvchi ustoz, toʻgʻri yoʻlni koʻrsatuvchi mayoq.

Shu boisdan ham kitobxonlikni targʻib etish, ayniqsa, oʻsmirlarni, yoshlarni kitoblar mutolaasiga keng jalb qilish – dolzarb vazifa.

“Kitobsevar millat” shiori ostida III Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida tuman Axborot-kutubxona markazida oʻtkazilayotgan tadbirlar shu maqsadga xizmat qilmoqda.

Ravshanbek BAHROMOV

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026