16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:58
Qishloq xoʻjaligi 👁 257

BU YILGI HOSIL UChUN ASOSIY EKIN MAYDONLARI TAQSIMLANDI

BU YILGI HOSIL UChUN  ASOSIY EKIN MAYDONLARI TAQSIMLANDI

Amudaryo tumanida sugʻoriladigan yerlarda qishloq xoʻjaligi ekinlari fermer xoʻjaliklari ixtisoslashuvi va takliflarini, ichki va tashqi bozor talablarini, hududlarning tabiiy iqlim sharoitini, suv bilan taʼminlanganlik darajasini, yer maydonlarining meliorativ holati va tuproq unumdorligi koʻrsatkichlarini hamda moddiy-texnika, mehnat va boshqa resurslar bilan taʼminlanganlik darajasini tahlil qilish orqali oqilona joylashtiriladi.

Tumanda 2023-yil hosili uchun ham asosiy yer maydonlariga gʻalla, paxta, sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari, mosh, soya, kunjut, kun-gaboqar, ozuqa ekinlari ekilmoqda.

Shundan: gʻalla 7000,9, paxta 15608,4, sabzavot 904, kartoshka 300,7, poliz 559,3,  mosh 731,6, soya 270,6, kun-jut 981,6, kungaboqar 290,8, ozuqa ekinlari 2674,1 gektar yerga ekilmoqda. 

Shuningdek, yangi bedazor tashkil etish uchun 417,8,  yangi uzumzor va tutzor tashkil etish uchun 155,6  va boshqa ekin turlari uchun 23,6 gektar yer maydonlari ajratilgan.

Aholining qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirib, oilaviy daromadlarini oshirishi uchun 669 gektar yer maydonlari ajratildi. Shundan bugungi kungacha 451 lot, 317,7 gektar yer maydonlari ularga toʻliq ajratib berildi. Qolgan yer maydonlari esa auktsionga qoʻyildi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, bu yerlarga "Bir mahalla – bir mahsulot" tamoyili asosida qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

Undan tashqari, 2023-yil hosili uchun yerdan unumli foydalanish, muayyan muddat davomida almashlab ekish maqsadida ekinlardan boʻshagan yerlarning 522,1 gektariga sabzavot, 243,5 gektariga kuzgi kartoshka, 155 gektariga poliz mahsulotlari, 746,9 gektariga mosh, 209 gektariga kunjut, 82 gektariga kungaboqar, 139,2 gektariga sholi, va 1435,1 gektariga boshqa ozuqa ekinlari ekiladi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi boʻyicha ulkan salohiyatga ega. Bozorlarimiz toʻkin, xalqimiz rizqi moʻl-koʻl boʻlishidan tortib, eksportdan qoʻshimcha daromad topishgacha boʻlgan juda koʻp masalalar shu yoʻnalish rivojiga bogʻliq.

Tumanimizning jonkuyar fermerlari, bobodehqonlari esa qishloq xoʻjaligida ilmiy asoslangan ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish orqali oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlab, eksport salohiyatini oshirish orqali aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan mahsulotlar hajmini bir necha barobarga koʻpaytirish yoʻlida bor kuch va mehnatini safarbar qiladi.

Bahodir Qurboniyozov,

tuman Qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019