16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:31
Siyosat 👁 284

SIYoSIY PARTIYaLAR VAKILLARI IShTIROKIDA UMUMXALQ REFERENDUMI TARGʻIBOTIGA BAGʻIShLANGAN UChRAShUV OʻTKAZILDI

SIYoSIY PARTIYaLAR VAKILLARI IShTIROKIDA UMUMXALQ REFERENDUMI TARGʻIBOTIGA BAGʻIShLANGAN UChRAShUV OʻTKAZILDI

Shu kunlarda Amudaryo tumanining barcha qishloq va mahallalarida, oʻquv muassasalarida amaldagi Konstitutsiyamizga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar yuzasidan “Yangi tahrirdagi Konstitutsiya – ijtimoiy davlat kafolati” mavzusida targʻibot-tashviqot tadbirlari, 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan umumxalq referendumini erkin, shaffoflik asosida oʻtkazishga bagʻishlangan uchrashuvlar, davra suhbatlari, oshkora muloqot tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Shunisi eʼtiborliki, boʻlib oʻtayotgan bu kabi tadbirlarga aholi qatlamlarini keng jalb etish, har bir inson qalbida ona Vatanga, kelajak avlod va xalq baxt-saodati uchun daxldorlik hissini uygʻotishga qaratilgan biri-biridan qiziqarli maʼruzalar oʻqilayotgani saylovchilarga manzur boʻlmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri joriy yilning 15-aprel sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taʼlim muassasalari Agentligi tizimidagi Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabi binosida ham oʻtkazildi.

“Yangi tahrirdagi Konstitutsiya – ijtimoiy davlat kafolati” mavzusidagi mazkur tadbir Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Amudaryo tuman Kengashi hamda Prezident taʼlim muassasalari Agentligi tizimidagi Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabi pedagogika jamoasi hamkorligida tashkil etildi.

Oshkora muloqot, ochiqlik va shaffoflik asosida oʻtkazilgan mazkur tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi tuman Kengashi apparat rahbari Yaxshimurod Ahmedov, Joʻqorgʻi Kenges deputati Quvonchboy Boymurodov, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari Muqaddas Beknazarovva hamda Muyassar Rahmatullayeva, shuningdek, mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan siyosiy partiyalar vakillari, umumxalq Referendumida birinchi marta ovoz beradigan yoshlar ishtirok etishdi.

Tashviqot tadbirida Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Amudaryo tuman Kengashi apparat rahbari Yaxshimurod Ahmedov amaldagi Konstitutsiya bilan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning farqi, kiritilayotgan yangi normalar va oʻzgartishlar haqida batafsil toʻxtaldi.

Shundan soʻng, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Quvonchboy Boymurodov Yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasi haqida soʻz yuritib, yanada xalqparvar va ijtimoiy hayotni toʻliq qamrab olgan yangi normalar, xususan, 29-moddaga koʻra, huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning huquqlari qonun bilan mustahkamlab qoʻyilgani, 30-moddaning 1-qismiga koʻra, hech kim rasmiy eʼlon qilinmagan qonun asosida javobgar boʻlishi, mol-mulkidan mahrum etilishi mumkin emasligi, 42-moddaning 3-qismida qayd etilganidek, ayollar mehnat huquqi toʻliq taʼminlanishi, 58-modda, 3-qismiga koʻra, ayollar bilan erkaklar uchun tenglik taqdim etilishi, shuningdek, zoʻravonlikning har qanday koʻrinishini cheklash qonuniy kafolatlanayotgani haqida yoshlarga keng tushunchalar berdi.

Tadbir davomida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan deputat Muyassar Rahmatullayeva yangilanayotgan Konstitutsiyaning 76-moddasi, 3-qismida oilaning toʻlaqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy shart-sharoitlar yaratish mustahkamlab qoʻyilayotganini mamnuniyat bilan taʼkidladi.

Joriy 2023-yilning 1-yanvar holatiga mamlakatimizda 9 mln. oila mavjudligi roʻyxatga olinganini, bu oilalarning har bir aʼzosi bekam-u koʻst, obod va farovon hayot kechirishi uchun ularning hayotiy ehtiyojlarini qondirish, xususan, ipoteka va isteʼmol kreditlari olishlarida byurokratik toʻsiqlarga barham berish, chiroyli, koʻngildagidek turmush sharoitlariga ega boʻlishlarida zarur imkoniyatlar yaratish Konstitutsiyaviy mustahkamlab qoʻyilayotganini alohida qayd etdi.

Tadbirda Referendumda birinchi marta ovoz beradigan yoshlar masʼullarga savollar bilan murojaat qildilar va munosib javoblar oldilar. Boʻlib oʻtgan targʻibot-tashviqot tadbiri ochiqlik, shaffoflik asosida, bahs-munozaralarga boy va qiziqarli boʻldi.

Tadbir yakunida Amudaryo tuman turizm va madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari tomonidan kontsert dasturi namoyish etildi.

Robiya YOʻLDOShEVA, Ravshan BAHROMOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019