16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:15
Adabiyot 👁 338

42-sonli maktab oʻquvchilari Axborot-kutubxona markaziga sayohatga olib borildi

42-sonli maktab oʻquvchilari Axborot-kutubxona markaziga sayohatga olib borildi

Kitob – aql chirogʻi, insonning kamolotga yetishida yoʻlchi-yulduz. Shu bois, kitobxonlik xalqimiz uchun eng ustuvor qadriyat sifatida eʼzozlanadi. Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning dunyoqarashini shakllantirishdagi oʻrni esa nihoyatda katta.

Umumtaʼlim maktablari, oliy oʻquv yurtlari talabalari, shuningdek, mahallalardagi uyushmagan yoshlar, tadbirkor yoshlarning bilimini yanada oshirish, ularni milliy ruh bilan sugʻorilgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Amudaryo televideniyesi ijodiy jamoasi tomonidan “Yuksak maʼnaviyatli yoshlar – kelajak poydevori” grant loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan kitobxonlik targʻibotiga bagʻishlangan davra suhbatlari, “Yosh kitobxon”, “Namunali kitobxon oila” mavzusidagi koʻrik-tanlovlar, oʻquvchi-yoshlarning kutubxonalarga sayohat tadbirlari kitobsevar yoshlarga olam-olam zavq bagʻishlamoqda.

Joriy yilning 20-aprel sanasida 42-sonli umumtaʼlim maktabi kitobsevar oʻquvchilarining Amudaryo  Axborot-kutubxona markaziga sayohati ham qiziqarli taassurotlarga boy va maroqli oʻtdi.

Kitobsevar oʻquvchi-yoshlarni Axborot-kutubxonaning xizmat qilish boʻlimi xodimi Gulasal Qoʻchqorova va kutubxonachi opalari mamnuniyat bilan kutib olishdi Axborot-kutubxona markazining xizmat qilish boʻlimi xodimasi Gulasal Qoʻchqorova Axborot-kutubxona faoliyati, ayni paytdagi mavjud kitob  jamgʻarmasi, kitoblarning saqlanishi va ulardan foydalanish tartib-qoidalari haqida oʻquvchilarga keng  tushunchalar va  maʼlumotlar berdi. Shu bilan birga kutubxonaning yangi adabiyotlar boʻlimiga keltirilgan yangi kitoblar haqida ham zarur maʼlumotlar berib, kitobxon yoshlarga sohalarga oid boʻlimlarda jamlangan bolalarbop adabiyotlarni oʻqishni tavsiya qildi. Xususan, ovqatlanish  gigiyenesi, oʻsmir yoshlar gigiyenasi, shuningdek, atrofimizdagi olam bilan bogʻliq voqea-hodisalar haqidagi adabiyotlar bilan batafsil tanishtirdi.

Shundan soʻng, “Yuksak maʼnaviyatli yoshlar – kelajak poydevori” grant loyihasi koordinatori, kutubxonaga sayohat tashkilotchisi, jurnalist va shoira Robiya YOʻldosheva bilan oʻquvchi-yoshlarning dildan suhbati tashkil etildi.

Robiya Yoʻldosheva kitobning oʻz hayotida tutgan oʻrni, shaxs sifatida shakllanishidagi yuksak ahamiyati haqida soʻz yuritib, kitob – insonni tarbiyalovchi, orzular sari yetaklovchi qudratli kuch ekanligini taʼkidladi. Kitob – eng yaqin sirdosh, maslahatgoʻy, yiqilganda suyaguvchi, gʻam bosganda dilga malham, toliqqanda mador, kuch-quvvat, koʻngil kamlarini toʻldirguvchi, qalb dardiga malham, obi hayot chashmasi, deya taʼrifladi u.

Darvoqe, Axborot-kutubxona markazining ayni paytdagi kitob jamgʻarmasi 64053 ta boʻlib, shundan badiiy adabiyotlar 46109, adabiyotshunochlikka oid kitoblar 1305, tabiiy va aniq fanlar yoʻnalishidagi ilmiy ommabop va nazariy adabiyotlar 5305 tani tashkil etadi. Axborot-kutubxonada kitoblarning elektron nusxalari ham mavjud va kitobxonlarga bu xizmat turidan foydalanishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

Tadbir davomida oʻquvchi-yoshlar turli savollar bilan murojaat qildilar va masʼullar tomonidan qoniqarli javoblar oldilar. Shu bilan birga kutubxonaga uyushtirilgan sayohatdan zavq-shavq olganlarini izhor etdilar. Kitobsevar yoshlar oʻzbek, qoraqalpoq va boshqa millat yozuvchilari qalamlariga mansub badiiy adabiyotlarni mutolaa qilish uchun tanlab oldilar.

Kutubxonaga sayohat tadbiri qiziqarli taassurotlarga boy va maroqli boʻldi.

Risolat IBRAGIMOVA, 42-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019