16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:27
Madaniyat 👁 489

ISTEʼDODLI XONANDA RAHMATJON

ISTEʼDODLI XONANDA RAHMATJON

Amudaryoda isteʼdodli yoshlar koʻp. Sport, sanʼat, sheʼriyat, ilm-fan va boshqa yoʻnalishlarda oʻz iqtidorini namoyon etib kelayotgan, elimiz faxriga aylangan qobiliyat egalari diyorimizni dunyoga tanitmoqda. Bugungi kunda biri chempion, biri shoira, biri sanʼatkor, yana biri bilimdon va zukko boʻlgan yoshlarga havas qilib, orzu-maqsadlari yoʻlida intilayotgan yigit-qizlar safi ortayotgani juda quvonarli.

Sanʼat olamiga endigina qadam qoʻygan, oʻzining muallifligidagi qoʻshiqlari bilan elimizda tanila boshlayotgan sozanda va xonanda Rahmatjon Oʻrozimbetov ham isteʼdodli yoshlardan. U ayni paytda Choykoʻl ovulidagi Madaniyat markazida estrada toʻgaragi rahbari boʻlib ishlaydi. Rahmatjon ijrosidagi xalqona qoʻshiqlar allaqachon oʻz muxlislarini topgan. Xushovoz xonandaning chiqishlari, nafaqat yoshlar, balki kattalarga ham juda manzur boʻlmoqda.

Rahmatjon 1995-yilda Qipchoq ovulida tavallud topgan. Uning sanʼatga, musiqaga qiziqishiga dadasi Ollambergan aka sababchi boʻldi. Koʻpincha oila davrasida oʻtirishganida Ollambergan aka doira chalar, bunday lahzalar ular uchun juda zavqli edi. Doirani yaxshigina chaladigan Ollambergan akani toʻy-hashamlarga xizmatga tez-tez chaqirib turishar, gohida katta farzand Rahmatjon ham unga ergashardi. Shundanmi, u kichikligidan soz chalishga havasmand boʻldi. Ovuldagi 18-sonli maktabda oʻqiy boshlagan Rahmatjonning eng sevimli darslari qatoriga musiqa darsi ham qoʻshildi. Musiqa oʻqituvchisi Erkaboy Xoʻjaniyozov undagi isteʼdodni payqab, alohida shugʻullana boshladi.

Rahmatjonning qoʻngʻiroqdek ovozi borligi uchun unga musiqaga moslab qoʻshiq kuylashni ham oʻrgata boshladi. Keyinchalik uning qoʻshiqlari maktabdagi tadbirlarda yangray boshladi. Ota-onasi ham farzandidagi qiziqishga qarab, uning ovuldagi 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabiga toʻgarak mashgʻulotlariga qatnashishiga imkoniyat yaratishdi. Musiqa maktabiga 3-sinfligidan qatnay boshlagan isteʼdodli Rahmatjon 9-sinfga qadar ustozi Toʻliboy Hayitboyevdan doira, surnay va qoʻshnay chalishni mukammal oʻrganib oldi. Shu paytlarda turli koʻrik-tanlovlarda, tadbirlarda faol qatnashdi, sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritib, barcha yaqinlarini yanada quvontirdi.

Rahmatjon uchun musiqa hayot mazmuniga aylandi. U 9-sinfni tugatganidan soʻng, Ellikqalʼa tumanidagi Otajon Xudoyshukurov nomli Sanʼat va pedagogika kollejida anʼanaviy cholgʻu ijrochiligi yoʻnalishida tahsil oldi. Ushbu maskanda bolomon va klarnetda ham kuy chalishni oʻrgandi. Mahoratli ustozlardan sanʼat olamining sir-asrorlarini toʻliq bilib olishga harakat qildi.

Maromiga yetkazib chalgan navolari, xush ovozda kuylagan qoʻshiqlari el nazariga tusha boshlagan Rahmatjon 2018-yilda tahsilni Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika institutida musiqiy taʼlim yoʻnalishida davom ettirdi. Oʻqishni tugatgunicha sanʼat sohasida koʻzga koʻrinishga ulgurgan yosh isteʼdod egasi tumanga kelganidan soʻng, Choykoʻl madaniyat markazida ish boshladi. Oʻz ustida ishlashda davom etayotgan Rahmatjon oʻzining muallifligida qator qoʻshiqlar yaratdi. Ayniqsa, ellikqalʼalik shoir Xursand Karimov qalamiga mansub “Hayotimsan”, Yoqdi mani”, qoʻshiqlari, elimizdagi havaskor ijodkorlar sheʼrlaridan yaratgan “Amudaryo qizlari”, “Doʻstim” deb nomlangan qoʻshiqlari muxlislariga juda manzur boʻldi.

Hozirgi kunda estrada yoʻnalishida 20 nafarga yaqin yoshlarga musiqadan saboq berib kelayotgan yosh xonandaning kelgusidagi rejalari katta. U mutoz yoʻnalishda ham qoʻshiq kuylab, oʻz repertuarini yanada boyitish, xilma-xil mavzularda xalqning dilidan joy oladigan koʻplab qoʻshiqlar yaratish niyatida.

Mamlakatimizda yoshlar kamoloti yoʻlida yaratilayotgan cheksiz imkoniyatlardan unumli foydalanyotgan Rahmatjon singari yoshlar jamiyatda oʻz oʻrnini topishga, maqsadi sari intilib, xalqqa nafi tegadigan insonlar boʻlishga harakat qilishmoqda. Endigina elga tanilayotgan yosh xonanda yurt xizmatida boʻlib, xalqimiz eʼtirofiga sazovor boʻlishni eng katta baxt deb biladi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019