16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 14:54
Siyosat 👁 506

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining sayyor qabuli boʻlib oʻtdi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining sayyor qabuli boʻlib oʻtdi

Inson manfaati – oliy qadriyat. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar negizida ayni maqsad ustuvor oʻringa qoʻyilayotgani joylardagi oʻzgarishlarda yaqqol sezilmoqda. Binobarin, odamlarni rozi qilish, ularning huquq va manfaatlari himoyasi yoʻlidagi saʼy-harakatlar amaliy natijasini bermoqda.

Ayniqsa, aholi muammolarini yechishning mutlaqo yangi, samarali tizimini yaratish maqsadida yuqori darajadagi davlat organlari rahbarlarining xalq orasiga kirib, muammolarni joyida oʻrganish va hal qilishida muhim vosita boʻlayotgan ommaviy sayyor qabullar oddiy odamlar hayotida muhim oʻrin tutmoqda.

Buni joriy yilning 28-aprel kuni Amudaryo tumanining Qipchoq shaharchasidagi 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida oʻtkazilgan sayyor qabul ham yana bir karra tasdiqladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermanov raisligida boʻlib oʻtgan sayyor qabulda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari Shuhrat Dauletiyarov, sektorlar rahbarlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, tegishli korxona, tashkilotlar rahbarlari hamda turli mavzudagi murojaatlar bilan tumanning ovul va mahallalaridan kelgan aholi vakillari ishtirok etishdi.

Sayyor qabulda 20 nafardan ortiq fuqarolar oʻzlarini qiynab kelayotgan muammolari hamda takliflari bilan murojaat qildi. Murojaatlar asosan, kredit olish, sogʻligini tiklash uchun mablagʻ ajratish, yoʻllarni taʼmirlash, ichimlik suvi tarmogʻini tortish, bandlik, futbol maydonchasi qurishda amaliy yordam berilishini va boshqa masalalarda boʻldi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, odamlarni rozi qilish bugun davlatimiz siyosatining bosh maqsadi hisoblanadi. Xalqimizni koʻp yillardan buyon oʻylantirib, tashvishga solib kelayotgan muammolarga yechim topilib, yurtdoshlarimizning farovon turmush kechirishi uchun bor imkoniyatlar ishga solinmoqda.

Sayyor qabulda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamdagi bunyodkorlik ishlari, yangidan ishga tushirilayotgan tadbirkorlik subʼektlari, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonlari faqatgina xalq manfaatini taʼminlash, ularning yashash sharoitni yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotganligi taʼkidlandi.

Shuningdek, Prezidentimiz Qoraqalpogʻistonga har galgi tashrifida juda katta yangiliklar bilan kelishi, katta miqdorda ajratilayotgan mablagʻlar mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga, yirik invistitsion loyihalarni ishga tushirishga sarflanayotgani va buni xalqimiz oʻzining farovon hayotida toʻlaqonli his etib yashayotganligi aytib oʻtildi.

Sayyor qabulda murojaatlaring hech biri eʼtibordan chetda qolmadi va har bir murojaat imkon qadar ijobiy yechimini topishi taʼkidlandi.

Amaliy natijalari bilan ahamiyatli boʻlgan tadbirda aksariyat murojaatlar joyida hal etildi. Yechimiga vaqt talab qiladigan muammolar yuzasidan masʼul shaxslarga topshiriqlar berildi. Shuningdek, murojaatchilarga baʼzi masalalarda huquqiy tushuntirishlar berilib, takliflar esa oʻrganib chiqish uchun qabul qilindi.

Bugungi kunda yurtimizning barcha hududlarida “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari, rahbarlar xalqqa xizmat qilishi kerak” tamoyili asosida oʻtkazilayotgan bu kabi sayyor qabullar aholi muammolari hal boʻlishida asosiy omil boʻlib xizmat qilmoqda.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026