16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:54
Jamiyat 👁 280

MAShAQQATLAR ChEKIB, BAXTGA YeTGAN MOMO

MAShAQQATLAR ChEKIB, BAXTGA YeTGAN MOMO

Rimajon Ikkinchi jahon urushi boshlanganida 12 yashar qizaloq edi. Zamon ogʻir, 1937-1939-yillarda hukm surgan “qama-qama”lar, bugun bir tengqurining otasi yo akasini, ertasiga oʻzlarining biron bir qarindoshini, mahalladoshini notanish, gʻalati otliqlar kelib qoʻllariga kishan solib olib  ketganlarini koʻraverib, yoshiga nisbatan ancha erta ulgʻaygan Rimajon kattalarga oʻxshab gʻam chekar, qaygʻurar, hatto yaxshi zamonlar kelishini Allohdan iltijolar qilib soʻrardi. 12 yoshli navnihol qizaloq kattalarga qoʻshilib, urushga ketgan erkaklarning oʻrniga qazuvga chiqar, paxta ekib, chopiq qilardi. “Urush bolalari” deyishardi front ortidagi frontlarda ter toʻkkan Rimajon kabi navnihol oʻsmirlarni.

Ana shu “urush bolalari” Ikkinchi jahon urushida qozonilgan olamshumul gʻalabaga beqiyos ulkan hissalarini qoʻshgan davr fidoyilari boʻldilar.

Esida, hozirgi Qipchoq qishlogʻi hududida mayda-mayda kolxozlar boʻlardi. Rimajon oʻsha kolxozlardan biridagi paxtachilik brigadasida ishchi boʻlganida hali suyagi qotmagan qizaloq edi. Frunze nomli bu kolxozning yumushlari hech tugamasdi. Bir-ikki soat maktabda nomigagina taʼlim olgan bolalar maktabdan soʻng toʻgʻri dalaga chiqib ketishardi. Erta bahordan to kech kuzgacha oyoq kiyimdan muammo boʻlmas, “ishchi bolalar” yalangoyoq yurishga majbur  edilar. Qishda biri urushga ketgan akasining, biri otasining ogʻir kirza etiklarini kiyib, qazuvga chiqishar, maktabga esa aka-uka, opa-singillar tushlikkacha biri kiygan kiyimni, tushlikdan soʻng ikkinchisi kiyib, oʻqishga borishardi. Hatto  kitob jildigacha oʻrtada boʻlar, buning  uchun talashmas, hayot odamlarni bir-birlariga oʻta mehrli, oqibatli qilib qoʻygandi goʻyo.

Oʻlimlarni, yoʻqotishlarni koʻraverib diydalari qotib ketgandi ularning. Rimajon Otajonova to Ikkinchi jahon urushi tugagunga qadar kolxozchilar bilan bab-baravar mehnat qildi.

– Chigitni qoʻlda ekardik, – eslaydi momo, – baʼzan tuni boʻyi qoʻllarim zirqirab ogʻrib chiqardi. Mehnat odamni toblaydi, deyishardi kattalar. Toblandik, lekin bu mashaqqatli yillar soʻnggi taqdirimizga oʻz muhrini bosdi, oʻqishimiz chala qoldi.

“Hamma narsa front uchun!” degan daʼvatkor shior urush yillaridagi Rimajon kabi navnihol bolalarning bolaligi, bolaligiga qoʻshib orzu-umidlarini ham urushga safarbar etgan edi. Qorni nonga, egni kiyimga yolchimay ulgʻaygan, mashaqqatli mehnatlari uchun yolchitib haq olishni bilmay voyaga yetgan Rimajon Otajonova Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi boʻlgan Qurbonboy Aminov bilan turmush qurdi. Urushdan keyingi tiklanish yillari yosh oila uchun oson boʻlmadi. Ular tongdan-shomgacha kolxoz dalasida ter toʻkdilar, yaxshi kunlar umidi bilan, shukronalar qilib umr kechirdilar.

Uch qiz, ikki oʻgʻilni tarbiyalab, voyaga yetkazishdi, kasb-korli qilishdi. Oysanam, Xolbika, Bibisora qizlari, Maqsudxon va Ismoiljon ismli oʻgʻillarining kamolini koʻrish nasib etganidan Rimajon momo mamnun.

– Qurbonboy bobongiz urush jarohatlari azobi tufayli ertaroq ketib qoldilar, –mahzunlik bilan xotirlayli momo. – Jahannam ichidan omon qaytib, oʻgʻil-qiz oʻstirdik, tinch zamonlarni koʻrdim, armonim yoʻq, derdilar doim. Axir shunday dorilomon kunlarda yashab ham armon qilish mumkinmi? Mening ham armonim yoʻq. Bizlar koʻrgan mashaqqatlarni, ogʻir damlarni hech bir avlod koʻrmasin!

Momoning tilidan shukronalar tushmaydi. Atrofi toʻla bogʻ-boʻston, chamanzor. Ne istasa, muhayyo qiladigan farzandlari, nevara-yu chevaralarining sanogʻidan adashib ketadigan momo yana shukronalik bilan duoga qoʻl ochadilar:

– El-yurt tinch boʻlsin, bolalar, zurriyodlarimiz sogʻ, hayotimiz bardavom boʻlsin! Odamzot nasli hech qachon urush koʻrmasin, Allohu akbar!

Momoning atrofini toʻldirib turgan 50-60 nafar nevara-chevara-yu evaralarning koʻzlari chaqnab ketadi, quvonchdan, momojonlari bilan shirin diydordan yayrab-yashnaydi bolajonlar.

Ilohim momomizga kuch-quvvat bersin-u ezgu tilaklari ijobat boʻlsin!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019