17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 16:47
Jamiyat 👁 280

“HOZIRGI ZAMON 20 YoShLIK YIGIT VAQTIMGA TOʻGʻRI KELSA EDI...”

“HOZIRGI ZAMON 20 YoShLIK YIGIT VAQTIMGA TOʻGʻRI  KELSA EDI...”

Men 1930-yilda hozirgi Toʻlqin ovulida dunyoga kelganman. Katta bobom Matkarim soʻfi, otam Abdurahmon soʻfi shu yerning eng boy odamlaridan boʻlishgan.

Elas-elas eslayman, 1934-yilda boylar quloq qilindi. Mol-mulklari ham musodara qilindi. Ular orasida otam ham boʻlgan. Oʻsha kuni menga kimdir suv toʻla qumgʻonni olib ber, deganda qumgʻonni koʻtarishga kuchim yetmagan. Shu kundan boshlab 2 nafar akam, bir opam va men otasiz oʻsdik. Qahatchilik zamoni, ishlamagan, mehnat qilmagan odam ochdan oʻlib ketaverar edi. Biz yetimlar ochdan qolmaslik uchun to tonggacha chigʻir haydar edik.

Opamni ham erta turmushga berdik. Lekin, pochchamizni xarbiy xizmatga olib ketishdi. Opamning roʻzgʻori ham biz aka-ukalarning zimmasida boʻldi. Urush bizning Vatanimizdan ancha olisda roʻy berayotgan boʻlsa-da, uning sovuq nafasi yurtimizda ham kezib yurar edi.

Bolaligimizda bolalikning gashtini, uning begʻuborligini his qilmay oʻsdik. Oʻylarimiz, fikrlashimiz, dunyoga boʻlgan koʻz qarashimiz yoshimizga nisbatan ancha katta edi.  Akam nihoyatda bilimli, savodli inson boʻlganlar. 8-sinfligidan boshlab maktabda bolalarga dars bergan. Akam oʻlchovni, hisob-kitobni nihoyatda aniq olardilar. Pulni oqilona sarflashi, tadbirkorlik bilan ish olib borishlari sabab ota-onamiz yoʻq boʻlsa ham boshqalarga qaraganda ancha yaxshi yashadik.

13 yoshligimda traktor haydovchisining yonida yurib, traktor haydashga qiziqdim. Paxta dalalarida traktor haydab ancha tajribam oshdi. Tumanda birinchi toifali traktorchi boʻldim. Akalarim bilan birga kecha-kunduz mehnat qilib, halol pul topdik. Birovga bir soʻm pora bermadim, birovning haqini yemadim. Traktorchilikdan boshqa yana koʻp vazifalarda ishladim. Odamlarning duosini oldim. Peshona terimiz bilan 1947-yilda yangi uy qurdik.  1950-yilda oila qurdim. Oʻsha paytda 20 yoshda edim. Hozir umr yoʻldoshim Roziya Abdurahmonova bilan teng qarib, qarilik gashtini surayapmiz. Alloh menga baraka eshiklarini ochdi. Serfarzand, serdavlat qildi. Buning uchun behisob shukur aytaman. Bularning bari, albatta, halol mehnat qilib, halol rizq topishdan. Bir kunda traktor haydab bir sigirning pulini ham topgan kunlarim boʻldi. Ortiqcha boylik toʻplamadim. Topgan mol-davlatimni yaxshilik va xayr-saxovat yoʻlida ishlatdim. 8 nafar farzandim bor, ularning  5 nafari qiz, 3 nafari oʻgʻil. 32 nafar nevaram, 60 dan ziyod evaram bor. Chevaram Nurmuhammaddan keyin yana 3 nafar evaram ham bor. 2007-yilda katta akam bilan Haj ziyoratiga bordik. Akam mening bolalik paytimdan ota oʻrnida ota boʻlgan. Ilohim ruhlari shod boʻlsin. Momongiz bilan umr yoʻlimizning yarmidan koʻpini birga yashab oʻtdik. Hayotimiz davomida chiqargan xulosamiz shuki, halol yashab, bolalariga ham halol luqma yedirgan odamga barokat eshiklari doimo ochiq boʻladi. 

Quvvat Abdurahmonov,

front orti mehnat faxriysi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026