16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:15
Adabiyot 👁 399

ChOYKOʻLLIK KITOBXON YoShLAR UChUN “KITOBLAR KARVONI” TADBIRI OʻTKAZILDI

ChOYKOʻLLIK KITOBXON YoShLAR UChUN “KITOBLAR KARVONI” TADBIRI OʻTKAZILDI

Yaxshi kitob – bamisoli javohirot sandigʻi. Undan bahramand boʻlgan sari insonning qalbi yangilanadi, ezgu ishlar qilmoqqa shaylanadi. Yuragidagi gʻubor tarqab, tugunlar yoziladi. Shuning uchun ham kitobxon inson bilan kitob oʻqimagan inson oʻrtasida yer bilan osmoncha farq bor. Kitobxon inson oʻz dunyoqarashining kengligi, fikrining teranligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Prezidentimiz yoshlar maʼnaviyatini yuksaltiruvchi beqiyos qudratli kuch – kitob ekanligini tez-tez takrorlab turishlari bejiz emas. Chunki kitob mutolaasi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltiribgina qolmay, ularning hayotda toʻgʻri yoʻl tanlashlarida muhim ahamiyatga ega.

“Mening oilam” gazetasi tahririyati ijodiy jamoasi tomonidan bu borada keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tahririyatning “Besh muhim tashabbus – yoshlarga qanot” mavzusidagi grant loyihasi doirasida barcha toifadagi yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida joylarda tashkil etilayotgan uchrashuvlar, davra suhbatlari, koʻrik-tanlovlar, samimiy muloqot tadbirlariga nogironligi boʻlgan oʻquvchi-yoshlar ham qamrab olinayotgani oʻzining ijobiy samarasini bermoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri joriy yilning 12-may sanasida Choykoʻl ovuli hududidagi 22-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtdi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusning toʻrtinchisi aynan yoshlar kitobxonligini rivojlantirishga qaratilgani choykoʻllik yoshlar hayotida ham oʻz aksini topmoqda. Bugungi kunda ovul hududidagi 3 ta umumtaʼlim maktablarida taʼlim-tarbiya olayotgan oʻquvchi-yoshlarning kitob mutolaasi uchun vaqt ajratishlariga yetarli shart-sharoit mavjud. Chunki hududdagi umumtaʼlim maktablari, shuningdek, Choykoʻl madaniyat markazida kutubxonalar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. 22-sonli maktab kutubxonasi esa doimo yosh kitobxonlar bilan gavjum boʻladi. Mazkur kutubxonada faoliyat olib boruvchi Shahnoza Yendirboyeva har bir kitobxon bilan, ayniqsa, nogironligi bor boʻlgan oʻquvchi-yoshlar bilan turli mavzularda suhbatlar olib boradi, kitobxon oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga javob beradi. Salkam 500 nafar aʼzosi boʻlgan maktab kutubxonasi bugungi kunda haqiqiy maʼnaviyat maskaniga aylangan.

“Besh muhim tashabbus – yoshlarga qanot” mavzusidagi grant loyihasi doirasidagi “Kitoblar karvoni” tadbirida “Jayxun ilhomlari” NNT raisi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy Uyushmasi aʼzosi Oʻrozali Reyimov NNT huzuridagi kutubxonaga olib kelingan yangi adabiyotlar koʻrgazmasini tashkil etdi. Tadbirda 22-sonli maktab direktori Azimjon Bekberganov, “Mening oilam” gazetasi maxsus muxbiri, “Besh muhim tashabbus – yoshlarga qanot” loyihasi koordinatori Robiya Yoʻldoshevalar ishtirok etishib, nogironligi boʻlgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning isteʼdodlarini yuzaga chiqarish borasida tahririyat ijodiy jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning mazmun-mohiyati va ulardan kutilayotgan natijalar xususida soʻz yuritdilar.

Bugungi kunda 600 dan ortiq kitob jamgʻarmasiga ega boʻlgan “Jayxun ilhomlari” NNT kutubxonasining koʻchma “Kitoblar karvoni” tadbiri choykoʻllik yoshlar uchun yanada qiziqarli adabiyotlar bilan tanishish imkonini yaratdi. Yosh kitobxonlar “Kitoblar karvoni” koʻrgazmasi orqali taqdim etilgan asarlarni qiziqish bilan varaqlab, albatta “Jayxun ilhomlari” NNT kutubxonasiga aʼzo boʻlish istagini beldirdilar. Nogironligi boʻlgan kitobxon yoshlarning oʻzlari yoqtirgan asarlarni mutolaa qilishlariga sharoit yaratish maqsadida hududdagi maktablarning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilari alohida roʻyxat tuzish orqali bunday toifadagi kitobxon yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va albatta ular xohlagan badiiy adabiyotlarni beminnat yetkazib berishni yoʻlga qoʻyishlarini bildirdilar.

Kitob – moʻʼjizalar olami. Kitobxon ana shu moʻʼjizalar olamiga kirgan sari zakovatli, har qanday vaziyatda fikrini erkin ifoda etaoladigan shaxs sifatida kamol topadi. Choykoʻllik yoshlar uchun tashkil etilgan “Kitoblar karvoni” tadbiri aynan ana shunday zakovatli insonlarni kamol toptirishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Tadbir davomida kitobxon yoshlar oʻzlari sevib oʻqigan badiiy asarlar qahramonlari hayotidan olgan taassurotlari haqida toʻlqinlanib soʻzladilar. Sheʼrlar aytishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berdilar. Kitobxon yoshlar bilan “Mening oilam” gazetasi tahririyati ijodkorlari, shuningdek, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy Uyushmasi aʼzosi, shoir Oʻrozali Reyimovlar samimiy muloqotda boʻldilar va kitobxon yoshlarning barcha savollariga javoblar berdilar.

Ravshan BAHROMOV, Mahmudjon ShOMURODOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026