16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:42
Fan va taʼlim 👁 320

Faol maʼnaviyat targʻibotchisi

Faol maʼnaviyat targʻibotchisi

Maktab – qutlugʻ dargoh. Har yili ana shunday muassasalardan minglab oʻgʻil-qizlar mustaqil hayotga yoʻllanma olishadi. Ularning hayotda oʻz oʻrnini topishi, el koriga yaraydigan insonlar boʻlib yetishishi koʻp jihatdan ustozlar ibratiga, sifatli taʼlim berilishiga bogʻliq. Ayniqsa, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni sifatli tashkil etish, yoshlarning intellektul salohiyati, tafakkurini yuksaltirish, ularning koʻnglida el-yurtiga yuksak muhabbat va sadoqat tuygʻularini shakllantirishda maktablar direktorlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlarining hissasi katta.

Amudaryo tumanining Toʻlqin ovulida faoliyat yuritayotgan 32-sonli maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Xudoyor Xoʻjamurodov muassasa faoliyati namunali yoʻlga qoʻyilishida samarali xizmat koʻrsatayotgan fidoyi ustozlardan biri.

Uning oʻqituvchilik kasbini egallashi ham bejizga emasdi. Otasi Saʼdulla Xoʻjamurodov, onasi Safargul Egizboyevalar ham oʻqituvchi boʻlganligidan oilasida bolalar tarbiyasi-taʼlimi xususida koʻp suhbatlar boʻlar, bolalarga nisbatan oʻzgacha mehr, fidoyilik ufurib turadigan bunday suhbatlar Xudoyorni befarq qoldirmas edi. Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, ijodkor, oʻz sohasi boʻyicha oʻqishdan, izlanishdan toʻxtamaydigan, oilasida ham oʻquvchilarining bilimini oshirish uchun ular bilan soatlab shugʻullanadigan onasi kabi oʻqituvchi boʻlish orzusi uni doimo intilishga, tinimsiz ilm olishga undardi. Ilk mehnatlari samarasi - oliygohga oʻqishga kirganida juda xursand boʻldi.

Xudoyor Xoʻjamurodov 2005-yilda oʻzi taʼlim olgan, dadasi, onasi mehnat qilayotgan maktabda oʻqituvchilik faoliyatini boshladi. 2013-yilgacha oʻquvchilarga ona tili va adabiyot fanidan dars berdi. 2013-yildan beri esa maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari boʻlib ishlab kelayapti. U xizmat lavozimi taqozosiga koʻra, oʻqituvchilar jamoasida oʻquvchilarga sifatli taʼlim berilishini taʼminlash, sogʻlom maʼnaviy muhitni shakllantirish, oʻquvchilarda ilm olishga, oʻqib-oʻrganishga ragʻbat uygʻotish, oʻzaro ahillikda muassasa ichki tartib-intizomiga rioya etishlariga erishish, iqtidorlarini rivojlantirish, isteʼdodlarini namoyish etishlariga sharoit yaratish kabi biri-biridan muhim va dolzarb ishlarni aʼlo darajada uddalab kelayotir. Bular maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilari erishayotgan yutuqlarda oʻz aksini topayapti.

Xususan oʻtgan yili muassasaning 11-sinfini bitirgan 25 nafar oʻquvchilarning 11 nafari respublikamizdagi turli oliygohlarning talabalari boʻldilar, 11-sinf oʻquvchisi Guldona Toʻliboyeva asosiy fanlar olimpiadasining respublika bosqichida faol ishtirok etib keldi. 4-sinf oʻquvchisi Ruxshona Norboyeva tasviriy sanʼat boʻyicha tanlovda tumanda 1-oʻrinni egallab, Qoraqalpogʻiston Rsepublikasi bosqichida qatnashib keldi va chizgan rasmlari yuqori baholandi. 7-sinf oʻquvchi qizlaridan tashkil topgan stritbolchilar jamoasi “Besh tashabbus olimpiadasi”da stritbol boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasida uchinchi oʻrinni egalladilar.

Joriy yilgi xorijiy tillar eng yaxshi oʻqitiladigan maktab tanlovida ushbu muassasa faxrli 3-oʻrin sohibi boʻldi va 50 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi. Xorijiy tillar fani oʻqituvchilari Timur YOʻldoshev C1, Xurshida Rajabova B2 sertifikatlarini, Nuraddin Xoʻjaboyev, Sohiba Yoʻldosheva, Alisher Abdullayevlar esa xalqaro va milliy sertifikatlarni himoya qilib oldilar.

Maktabda Sharofat Xolmurodova, Toʻliboy Yoʻldoshev, Mohinur Toʻraboyeva kabi ijodkor oʻqituvchilar ham borligi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ayni kunda ushbu muassasada 47 nafar oʻqituvchilar 457 nafar oʻquvchilarga taʼlim-tarbiya berishmoqda. Erishilayotgan yutuqlarda Xudoyor Xoʻjamurodovning munosib hissasi bor.

Oygul RAJABOVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019