16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:55
Jamiyat 👁 399

SOKIN VA BAXTLI HAYoT SOHIBI

SOKIN VA BAXTLI HAYoT SOHIBI

Keksalar nima uchun insonlarga sabr-toqatli, qanoatli boʻlishni tilashadi? Bu tilakning zamirida qanday sir-sinoat borki, momo-buvalarimiz oʻgʻil-qizlari, yaqinlarining aynan ana shunday fazilatlar sohib va sohibalari boʻlishlarini juda-juda xohlashadi?

Mohiyatan idrok etadigan boʻlsak, oʻzgalar havasi, eʼtirofi va hurmatiga munosib insonlarning deyarli barchasi ana shunday fazilatlar sohiblaridir. Sabr-toqatli, qanoatli insonlargagina nasib etadigan baxtiyor hayot tarziga ega bunday insonlarning oilalari ham el-yurt nazaridagi hurmat va ehtirom koshonasidirki, bundayin toʻkis baxt hammaga ham nasib etavermaydi.

“Bogʻ” mahallalik Qurol ogʻa Eshchanov, islomiy-maʼnaviy va milliy qadriyatlar hamma narsadan ustuvor oila goʻshasida tugʻilib, voyaga yetdi. Otasi (Alloh rahmat qilsin!) Eshchan bobo oʻta maʼrifatli, tartib-intizomni qattiq tutadigan, oilaparvar inson edilar. Har bir ishni aql tarozisidan oʻtkazib, sabr-toqat bilan bajaradigan, topgan-tutganining qadrini oshirib, Alloh bergan rizq-nasibasiga qanoat qilib yashaydigan Eshchan bobo farzandlariga ham ana shu odamiylik ilmini oʻrgatdi. Oiladagi oʻzaro hurmat, bir-birovga mehr va eʼtibor rishtalari yillar oʻtib Eshchan bobodan farzandlariga ulkan maʼnaviy meros  boʻlib qoldi.

Qurol ogʻa Eshchanov 1970-yilda umumtaʼlim maktabini muvaffaqiyatli tamomladi. Avval Toʻrtkoʻl shahridagi texnika bilim yurtida, keyinchalik texnikumda tahsil oldi. Kasb-korli, malakali mutaxassis sifatida ilk mehnat faoliyatini sobiq Mangʻit davlat xoʻjaligida buldozerchi sifatida boshladi. Sobiq ittifoqning olis Sibir oʻlkalarida harbiy xizmat burchini oʻtadi, armiya xizmatidan soʻng ekskavator mashinisti  boʻldi.

Uning hayotida 1985-yil jiddiy burilish yasadi. Oʻsha yili yuzlab amudaryolik yoshlar qatori tumandagi ilk yengil sanoat korxonalaridan biri boʻlgan Mangʻit ip yigiruv-toʻquv fabrikasiga ishga kirdi. Ishni oddiy chilangarlikdan boshlagan Qurol ogʻa Eshchanov oʻzining uddaburonligi, qatʼiyati va tashabbuskorligi bilan fabrika maʼmuriyati masʼullarining eʼtiborini qozondi. Bir yil boʻlmasidan smena masteri, keyinchalik fabrika kasaba uyushmasi qoʻmitasining raisi darajasiga yetdi.

– Fabrika oʻsha yillari sobiq ittifoq davridagi mashʼal korxonalardan biri edi, – xotirlaydi Qurol ogʻa. – Fabrika tsexlarida joʻshqin mehnat pallalari hukm surardi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar esa “Mangʻit byazi” tamgʻasi bilan sobiq ittifoqning barcha shaharlariga tarqatilardi. Hatto xorij davlatlariga eksport qilardik.

Qurol ogʻa ana shunday mashʼal fabrikaning kasaba uyushmasi qoʻmitasini mohirlik bilan boshqardi. U juda qisqa fursat ichida fabrikaning oʻz havaskorlik jamoalari – ashula va raqs, drama toʻgaraklari faoliyatini yoʻlga qoʻydi. Ishchilarning koʻngilli dam olishlari uchun zarur sharoitlar yaratdi. Qanday ishga qoʻl urmasin, sabr-toqat bilan intildi, har bir erishilgan yutuq uchun qanoat qildi.

Tabiatning metin qonuni – keksalik pallasi, insonning qalbi qanchalik joʻshqin boʻlmasin, unga sokinlik baxsh etadi. Pensiya yoshiga yetganida Qurol ogʻa yana sabr-toqat bilan oila goʻshasining oʻziga xos tutumlariga el boʻldi. Otasidan oʻrgangani – tomorqa xoʻjaligini yuritishni, umr yoʻldoshi Xatira momo bilan birga oʻgʻil-qizlari, nevara-chevaralarining quvonch va tashvishlariga oshno yashashni oʻzi uchun sabrning goʻzal hadyasi deb bildi. Oʻzaro mehr-oqibat, odamiylik nafasi qulf urib turgan totuv va baxtli oilasi saodatidan bahra oldi. Toʻrt oʻgʻil va uch nafar malika qizlarining unib-oʻsib, el koriga kamarbasta boʻlganidan Qurol ogʻa va Xatira momoning koʻksi togʻday yuksaldi.

Madrasa koʻrgan, umr boʻyi islomiy-maʼnaviy qadriyatlarni eʼzozlab yashagan va farzandlariga ham ana shu ilm nuri va odamiylik fazilatlarini singdirgan otasi Eshchan bobo, aziz onajonining oila tutumlarini mahkam tutgan Qurol ogʻaning 7 nafar farzandi bugun oʻzlaridan tinib-tinchib, unib-oʻsib ketishgan. Barchalari yigʻilib kelsalar, kelinlari, kuyovlari, oʻgʻil-qizlari-yu, nevara-chevaralari 40 nafardan oshib ketadigan bu katta xonadonning fayzi el-yurtga ziynat baxsh etgulik. Katta xonadonning osoyishtaligi, tinchligi, Qurol ogʻa bilan Xatiraxon momoning xotirjamligi havasga munosib. Bu xonadonda hech kim bir-biriga ovozini koʻtarib gapirmaydi, eng qiyin vaziyatlarda ham koʻngillar chegaralari mehr nuri bilan mustahkamlanadi.

– Sabr qilinglar, sabringiz goʻzal boʻlsa, yoʻlingiz ravshan boʻladi, – deya uqdiradi Qurol ogʻa farzandlariga. – Baqiriq-chaqiriq, sen-men, deya gap talashish – oilamiz uchun begona, axir jahl bilan ish bitmaydi-ku. Sabrli, qanoatli boʻlganlarga Allohning mukofoti bor. Bu – halol rizq, keng feʼllik.

Shuning uchun ham bu xonadonga Allohning nazari tushgan boʻlsa, ne ajab. “Bogʻ” mahallasi imomligini oʻzi aytganiday, “Alloh iroda qilgan imomatlik  majburiyatlariga sodiqlik” maqomida ado etishga har lahzada intilib yashaguvchi Qurol ogʻa mahalla yoshlariga maslahatgoʻy, kattalarga maslakdosh, Xatira momo bilan juftlikda tartib bergan bu xonadonda hamma narsani badastr koʻrdik: farzandlar, kelin-kuyovlar, nevara-chevaralar odobli, aql-farosatli. Shu bois, xonadon ostonasidayoq kelguvchini ajib nurli  muhit qarshi oladi. Yuz-u koʻzlari nihoyatda istarali  Qurol ogʻa bilan Xatira momoga oʻxshab ketadigan oʻgʻil-qizlar, nevara-chevaralarning muomalasi, odamiy sifatlari dillarda havas uygʻotadi.

Xonadonning asosiy daromad manbaiga aylangan supurgi oʻsimligi va kungaboqar ekilgan tomorqa begona oʻtlardan xoli, top-toza, obod.

Mol-hol, parrandalar parvarishi  esa Qurol ogʻa bilan Xatira momoning kundalik mashgʻuloti. Ertagi sabzavot va poliz ekinlarining rivojidan ularning koʻngli toʻq.

– Sabr-toqat  bilan mehnat qilganga Alloh rizq-nasibasini ulugʻ qilib beraveradi, – yana sabrli boʻlishning foydalaridan soʻz ochadi Qurol ogʻa. – Mana, juda bashang boʻlmasa-da, mehnatimiz ortidan ulovli boʻldik, – qoʻshib qoʻydi u mamnuniyat bilan hovli darvozasi oldida turgan oppoq rangli “Spark” rusumli avtomobilga ishora qilib.

Hamisha xotirjam, soʻzlasa, mulohaza bilan soʻzlovchi, atrofidagilarga maʼnaviy ruh bagʻishlovchi Qurol ogʻaning toʻkis, kamtar, lekin har qanday odamning havasini keltiradigan turmush tarziga, sokin va baxtli hayotiga chin dildan havas qildik.

Boylik asli nedur azizlar,

Mol-u dunyo etmoqmi bunyod?

Shundaylar bor, yorugʻdir yuzlar,

Bor boyligi – xotirjam hayot.

 

Mehr gullar oʻrtalarida,

Oqibatning qadri ham baland.

Yashab yurgan kulbalarida,

Moʻʼjiza bor qasrga monand.

 

Odamiylik himmatidir bu

Va sabrning ziynatidir bu!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019