16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:43
Fan va taʼlim 👁 251

BOShLANGʻICh SINF BITIRUVChILARI BIRINChI USTOZIGA EHTIROM KOʻRSATDILAR

BOShLANGʻICh SINF BITIRUVChILARI BIRINChI USTOZIGA EHTIROM KOʻRSATDILAR

Ayni kunlarda butun mamlakatimiz boʻylab umumtaʼlim maktablarida boshlangʻich sinflar bitiruvchilari uchun hayajonli damlar – ularga oq-qorani tanitgan, hayotning mazmun-mohiyatini anglatgan, ilmning sirli-sinoatli manzillari tomon ilk yoʻl koʻrsatgan aziz ustozlariga yuksak hurmat-ehtirom ramzi sifatida “Xayr, birinchi ustozim!” adabiy-musiqiy xayrlashuv tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.

Xalqimiz oʻqituvchini “yoʻlchi yulduz, hayotimiz charogʻboni”, deya ulugʻlashadi. Otashnafas oʻzbek shoiri Shuhrat:

“Agar hayot karvon boʻlsa, sarbon muallim,

Agar hayot uzuk boʻlsa, gavhar muallim”,

deya ustozning maqomini yuksak hurmat va ehtirom ila madh etgan edilar. Haqiqatan ham bu hayot karvonining boshida ustoz turgani uchun ham insoniyat buyuk ishlar kashfiyotchisi, ulugʻ olim-u arbob, jamiki ezguliklar meʼmori sifatida shakllandi.

Mangʻit shahridagi 16-sonli umumtaʼlim maktabining 4-V sinf bitiruvchilarining teran nigohlarida, burro soʻzlashlarida, odob-u axloqida aziz va muhtarama birinchi ustozlari Matluba Rahimovaning juda katta va fidoyi mehnatlari aks etib turgan boʻlsa, ne ajab!

Chunki mazkur sinf oʻquvchilari 4-yil davomida birinchi ustozlari Matluba Rahimova rahbarligida ilmning sirli eshiklarini birma-bir ochib, zukko va bilimdon, intiluvchan oʻquvchilarga aylandilar. Keyingi hayotlari uchun ilk tamal toshini Matluba Rahimova rahbarligida qoʻydilar. Tadbirda 4-V sinf oʻquvchilari 4-yil davomida egallagan boshlangʻich taʼlim asoslari boʻyicha guruhlarga boʻlinib, savol-javoblar orqali oʻz bilimlarini namoyish etdilar. Oʻrgangan sheʼrlarini ifodali oʻqib berdilar. Ustozidan minnatdorlik ramzi sifatida sahnaviy koʻrinishlarni taqdim etishib, kuy va qoʻshiqlar ijro etishdi.

Oʻquvchilar 4-yil davomida juda katta yutuqlarni qoʻlga kiritishdi. Xususan, Diyorbek Qoʻchqorboyev ingliz tili fanidan oʻtkazilgan onlayn olimpiadada tumanda faxrli 2-oʻrinni, Durbek Nurbekov esa matematika fanidan boshlangʻich sinflar oʻrtasida oʻtkazilgan onlayn olimpiadada tumanda faxrli 1-oʻrinni egallashdi. Dilorom Ilhamova sportning badiiy gimnastika yoʻnalishida Respublika miqyosida sovrindor boʻldi. Saidbek Davlatboyev esa mental arifmetika bilimdoni. Suhrob Soatboyev 10 yoshli bolalar orasida mohir futbolchi, Zarina Fayzullayeva ingliz tili fani boʻyicha onlayn olimpiadaning tuman gʻolibi. Qisqasi, 26 nafar 4-V sinf bitiruvchi oʻquvchilarning har biri bir olam.

“Xayr, birinchi ustozim!” tadbirining aziz mehmonlari boʻlgan ota-onalar farzandlarining goʻzal xulq-atvorli, oʻzaro ahil va inoq doʻstlar boʻlib voyaga yetayotganidan, ayniqsa, oila bilan maktab hamkorligining natijasi sifatida har bir oʻquvchining murgʻak qalbida ona yurtga, xalqimizga, aziz ustozlariga cheksiz mehr-muhabbat tuygʻulari shakllanganidan minnatdor ekanliklarini izhor etdilar.

Shuni mamnuniyat bilan eʼtirof etish kerakki, tadbirda har bir oʻquvchi koʻzida sevinch yoshlari bilan birinchi ustoziga oʻz soʻzini aytishdi: joʻshqinlik, dadillik aks etib turgan xatti-harakatlari bilan birinchi ustoziga chin shogirdlik soʻzini berishdi. Sahnada bir-birlarining qoʻllaridan tutib, ahil va jipsliklarini namoyon qildilar va yangi 2023-2024 oʻqish yilida yanada jipslik bilan ilm olishga, birinchi ustozining ishonchiga butun umr sazovor yashashga, mustaqil Oʻzbekistonga munosib farzandlar boʻlib kamolga yetishga ahd qildilar.

Tadbir yakunida bitiruvchi 4-V sinf oʻquvchilari “Xayr, birinchi ustozim!” deya baralla kuyladilar va raqsga tushdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019