16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:30
Fan va taʼlim 👁 258

BIRINChI USTOZGA EHTIROM KOʻRSATILDI

BIRINChI USTOZGA EHTIROM KOʻRSATILDI

Maktab – qutlugʻ dargoh. Ming turfa hayajon, hayrat ila shu dargohga qadam qoʻygan jajji oʻgʻil-qizlarning ertaga qanday insonlar boʻlib voyaga yetishi ularga maktabdagi taʼlim berish sifati-samaradorligiga koʻp jihatdan bogʻliq. Oilada ilk hayotiy tushunchalari shakllangan bola maktab taʼlimidan savodi chiqadi, ilm oʻrganadi. Uygʻun tarbiya yosh niholsifat bolaning kamolga yetishini taʼminlaydi. Bunda albatta boshlangʻich taʼlimning oʻrni juda muhim.

Umumiy oʻrta taʼlimning poydevori hisoblanmish boshlangʻich taʼlimga ilk qadam qoʻygan bolada poydevorning mustahkam boʻlishi koʻp jihatdan oʻqituvchiga bogʻliq.

6-7 yoshli bola misli oq qogʻoz, unda nimalar aks etishi oila tarbiyasi va boshlangʻich taʼlim sifatiga bogʻliq. Boshlangʻich taʼlim fani oʻqituvchisi dastur boʻyicha oʻqitiladigan barcha fanlarni chuqur bilishidan tashqari, oʻqitish mahoratiga ham ega boʻlishi talab etiladi.

Mangʻit shahridagi 16-sonli maktab taʼlim samaradorligi boʻyicha tumanimizda koʻzga koʻringan namunali muassasalardan hisoblanadi. Maktab oʻquvchilari asosiy fanlar olimpiadalarida, turli koʻrik-tanlovlarda ishtirok etishib, koʻpgina yutuqlarni qoʻlga kiritib kelishmoqda.

Erishilayotgan yutuqlarda maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining munosib hissalari bor. Sharofat Jumatova ularning biri. Tajribali muallima har safar 1-sinfga bolalarni qabul qilganida ota-onalar farzandlarini shu sinfga joylashtirishga intilishadi.

Sharofat Jumatova tabiatan mehrli, koʻngli ochiq, bolajon. U taʼlim berayotgan sinfi oʻquvchilarining puxta bilim olishlari uchun gʻamxoʻrlik qiladi, dars jarayonida turli ilgʻor pedagogik texnologiyalarni qoʻllab, darsiga oʻquvchilar eʼtiborini jalb qila oladi. Shu boisdan ham taʼlim berayotgan oʻquvchilari boshlangʻich sinflardayoq koʻpgina yutuqlarga erishib, oʻzligini namoyon etishadi.

Mahoratli muallima 2019-2020 oʻquv yilida maktabga ilk qadam qoʻygan 31 nafar jajji oʻgʻil-qizlarni qabul qilib olgan edi. Joriy oʻquv yili yakunida u 4-yil davomida fidoyilik bilan ilk saboq bergan oʻquvchilari boshlangʻich taʼlimni tugatayaptilar.

Shu munosabat bilan oʻtkazilgan “Xayr, birinchi ustozim!” nomli maʼnaviy-madaniy tadbir barcha ishtirokchilarda oʻchmas taassurotlar qoldirdi. Tadbirga maktab maʼmuriyati vakillari, oʻqituvchilar, oʻquvchilar, ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Maktab majlislar xonasi bayramona bezatilgan. Bir ota-ona farzandlariday chiroyli kiyinib, qoʻllarida guldastalar tutib sahnaga chiqib kelgan oʻquvchilarni ota-onalar, barcha ishtirokchilar – qarsaklar bilan olqishlab turishdi. Ularni ustozi Sharofat Jumatova boshlangʻich taʼlimni tugatayotganliklari bilan qizgʻin tabrikladi, kelgusi oʻqishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Boshlangʻich sinf bitiruvchilari qoʻllaridan tutib, yozishni, oʻqishni oʻrgatgan, har birining bilimli, aqlli va kuchli boʻlib ulgʻayishiga gʻamxoʻrlik qilib, fidoyilik bilan taʼlim-tarbiya bergan ustoziga mehri va ehtiromini sheʼrlar, qoʻshiqlar, raqslar bilan izhor etdilar.

Tadbirda ishtirok etgan ota-onalar Sharofat Jumatovaga cheksiz minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Tadbirda davrada oʻquvchilari taqdim etgan guldastalarni bagʻriga bosib oʻtirgan muallima ham, barcha ishtirokchilar ham oʻquvchilar tayyorlagan “Xayr, birinchi ustozim!” nomli musiqiy dasturdan ulkan taassurotlar oldilar.

Oygul Rajabova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019