16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:23
Sport 👁 514

SPORTChI OILALAR MUSOBAQASI OʻTKAZILDI

SPORTChI OILALAR MUSOBAQASI OʻTKAZILDI

Mamlakatimiz milliy sport oʻyinlari va xalq oʻyinlari – jismoniy tarbiya va sport sohasidagi madaniy merosning ajralmas qismidir. Bu oʻyinlar aholida vatanparvarlik tuygʻulari yuksalishiga, milliy gʻurur va faxr shakllanishiga xizmat qiladi. Shu boisdan aholi ayniqsa oʻsmir-yoshlarni milliy sport turlariga keng jalb qilish, sportning ommaviyligiga erishish borasida koʻpgina saʼy-harakatlar amalga oshirilayapti, sportning ommaviyligiga erishish uchun hududlarda,maktabgacha, umumiy oʻrta taʼlim muassasa zarur shart-sharoitlar yaratilayapti, sport taʼlimi tizimi takomillashtirilayapti, sport turlari boʻyicha iqtidorli, salohiyatli sportchilar zahirasini yaratishga eʼtibor kuchaytirilayapti.

Buningdek saʼy-harakatlarni boshlangʻich sinflardan tashkil etish, jajji oʻgʻil-qizlarning sport salohiyatini aniqlash va rivojlantirish ham juda muhim. Bunda sport turlari boʻyicha oʻtkaziladigan musobaqalarning ham roli ulkan.

Amudaryo tumanidagi 10-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻtkazilgan “Biz sportchi oila” deb nomlangan sport musobaqasi ham oʻquvchilarga ulkan taassurotlar qoldirdi.

Joriy oʻquv yilida maktabga ilk qadam qoʻyib, ayni kunda 1-sinfni tugatayotgan oʻquvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida oʻtkazilgan musobaqada 4 ta shart boʻyicha bellashuv tashkillashtirildi.

Mazkur sinf rahbari U.Oʻrozimbetova, jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi Moral Ogʻaboyevalar hamkorligida tayyorlangan bellashuv nafaqat oʻquvchilarning, balki ularning oilasida jismoniy tarbiya va sportga munosabat, sogʻlom turmush tarziga amal qilinishi va qiziqishlarni ham sinovdan oʻtkazdi.

Musobaqaga maktabning malakali oʻqituvchilari hakamlik qilib, ishtirokchilarning musobaqa shartlarini qay tarzda bajarishlarini odilona baholab bordilar.

Musobaqa ishtirokchilarining basketbol savatchasiga toʻp tashlash, kenguru boʻlib sakrash, gimnastika yakka choʻpida turib, biri-birini yiqitish shartlarini ijro etishlarini tomoshabinlar juda zavqlanib tomosha qildilar. Ushbu jarayonlarda oʻquvchilar oilasining sportga yosh avlodni jismoniy chiniqtirishga eʼtibori nechogʻlik ekanligi yaqqol namoyon boʻldi.

Musobaqaning oxirgi “Meni taning” deb nomlangan shartida oʻquvchilar onalarining salohiyati sinovdan oʻtkazildi. Unda onalar saf boʻlib turgan oʻquvchilar orasida koʻzi bogʻlangan holda oʻz farzandini tanib olishlari lozim edi. Bu shartning ado etilishi ham gʻoyat hayajonli va qiziqarli oʻtdi.

Musobaqa gʻoliblari ragʻbatlantirildi. Jajji oʻquvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida oʻtkazilgan ushbu qiziqarli musobaqa koʻpchilikda sportga havas va sport bilan shugʻullanishga ragʻbat uygʻotdi. Aslida tashkilotchilarning musobaqani tashkillashtirishgan koʻzlagan maqsadlari ham shu edi. Chunki sogʻ tanda – sogʻlom aql. Bolalarning sogʻlom, barkamol boʻlib ulgʻayishida esa sportning roli ulkan ekanligi barchamizga ayon. Oilalarda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, sportni ommalashtirish shu maqsadga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026