16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 16:27
Fan va taʼlim 👁 277

“KASBLAR FESTIVALI” TADBIRIDA YoShLAR 2-SONLI KASB-HUNAR MAKTABI ShAROITLARI BILAN TANIShIShDI

“KASBLAR FESTIVALI” TADBIRIDA YoShLAR 2-SONLI KASB-HUNAR MAKTABI ShAROITLARI BILAN TANIShIShDI

Amudaryo tumanidagi yoshlarga malakali kasb-hunar oʻrgatilib kelinayotgan 2-sonli kasb-hunar maktabida “Kasblar festivali” tadbiri tashkil etildi.

24-may kuni kasb-hunar maktabi binosi oldida tashkil etilgan ushbu tadbirda tumandagi barcha umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari, maktab psixologlari, ota-onalar ishtirok etishdi.

Tadbirni maktab direktori Muzaffar Qurbonboyev ochib berdi va yurtimizda yoshlarga kasb-hunar oʻrgatish yoʻllarini yanada takomillashtirish va ularning moddiy va maʼnaviy asoslarini vujudga keltirish sohalarida katta ishlar amalga oshirilayotgani toʻgʻrisida soʻzladi. Kasb-hunar maktablarini tamomlagan yoshlarning mutaxassisligi boʻyicha oliy oʻquv yurtlarida oʻqishni davom ettirishlari, ish bilan taʼminlanishi jamiyatimizda doimiy diqqati markazida turgan masalalardan biri sifatida alohida eʼtibor qaratilayotganini ham taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, kasb-hunar maktabida tashkil qilingan yoʻnalishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berdi va tadbir ishtirokchilarini tanishib chiqish uchun taklif etdi.

Tadbir ishtirokchilari chiroyli bezatilgan taʼlim muassasasi hovlisiga joylashtirilgan kasb-hunar maktabida faoliyat olib borayotgan turli toʻgaraklar, ishlab chiqarish tsexlari toʻgʻrisidagi axborot-maʼlumot koʻrgazmalari bilan tanishishdi. Shuningdek, koʻrgazmali tarzda jihozlangan barcha oʻquv va amaliyot xonalari, kasb-hunar maktabidagi oʻquv jarayoni, oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni koʻrib chiqishdi. Kasb-hunar maktabining oʻqituvchilari, amaliyot ustalari bitiruvchi-yoshlarni oʻquv dargohidagi imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirishdi.

Hozirgi kunda 2-son kasb-hunar maktabida 17 guruhda 419 nafar oʻquvchiga taʼlim berilmoqda. Joriy oʻquv yilida ushbu dargohni 8 ta guruhdagi 201 nafar oʻquvchi bitirib, taʼlimni oliygohlarda davom ettirishni niyat qilishgan.

Kelgusi 2023-2024 oʻquv yili uchun 12 ta yoʻnalishga 360 nafar oʻquvchi qabul qilinadi. Ayni paytda 2-sonli kasb-hunar maktabiga umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlarni qabul qilish jarayonlari boshlanmoqda. Ushbu maktabda joriy yilda kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha avtomobil dvigatellarini tashxislash va taʼmirlash, avtomobil shassisiga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash, kompyuter grafikasi va dizayn operatori, elektromontyor, elektrgazpayvandlash ishlari, tikuvchi, qurilish ishlari ishchisi kabi yoʻnalishlarga oʻquvchilar hujjatlarini topshirishmoqda. Shuningdek, oqava suv va suv taʼminoti tizimlaridan foydalanish va montaj qilish ustasi, maishiy texnika jihozlarini taʼmirlash, bogʻbon, issiqxona va parnik xoʻjaligi laboranti, oshpaz kabi yoʻnalishlarda ham oʻquvchilarga kasb oʻrgatish yoʻlga qoʻyilgan.

Tadbir davomida oʻquvchi-yoshlarga kasb-hunarli inson hech narsaga muhtoj boʻlmasligi, halol rizq topish uchun har kim, albatta biror kasbni, hunarni bilishi kerakligi tushuntirildi. Hozirgi davrda yer yuzida kasb va hunarlarning turlari koʻpligi, barchasi odamlar uchun xizmat qilishi toʻgʻrisida aytildi. Shuningdek, yoshlarga hozirgi davrda hunar va kasblardan bir nechtasini oʻrganib, el-yurt oldida oʻz kasbining ustasi boʻlsa, rizqi doim butun boʻlishi taʼkidlab oʻtildi.

Mazkur taʼlim muassasasidagi shart-sharoit, taʼlim-tarbiya jarayoni bilan toʻliq tanishgan yoshlar tikuvchilik, elektromontyor, avtomobil dvigatellarini tashxislash va taʼmirlash yoʻnalishlariga koʻproq qiziqish bildirishdi. Shuningdek, qizlar koʻproq oshpazlik, tikuvchilik, kompyuter grafikasi va dizayn operatori kabi yoʻnalishlarida oʻqishga qiziqishlari borligini aytib, hujjatlarini shu yoʻnalishlarga topshirishga kelishishdi.

Kasb-hunar maktabi ijodkor oʻquvchilari ijro etgan kuy-qoʻshiqlar, raqslar tadbirga bayramona ruh bagʻishladi. Bir soʻz bilan aytganda, bu tadbir haqiqiy yoshlik, orzular bayramiga aylanib ketdi.

Yurtimizda sanoat, qishloq xoʻjaligi, xizmat koʻrsatish, qurilish kabi koʻplab sohalar rivojlanib, yangi-yangi korxonalar ochilmoqda. Kasb-hunar maktablarida oʻzlari tanlagan yoʻnalishlarda oʻqib, ilm olgan yoshlar bu keng imkoniyatlardan foydalanib, ham oilasiga, ham jamiyatga naf keltirishadi.

O.Xudoyberganova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026