16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:50
Salomatlik 👁 335

SANITARIYa EPIDEMIOLOGIK-OSOYIShTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI BOʻLIMI MUTAXASSISLARI “MAHALLABAY” IShLASh TARTIBIDA MUAMMOLARNI OʻRGANIShMOQDA

SANITARIYa EPIDEMIOLOGIK-OSOYIShTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI BOʻLIMI MUTAXASSISLARI “MAHALLABAY” IShLASh TARTIBIDA MUAMMOLARNI OʻRGANIShMOQDA

Amudaryo tumani sanitariya epidemiologik-osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi mutaxassislarining tuman aholi punktlarida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi bilan bogʻliq muammoli masalalarini hal etishning yangicha “mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish orqali xalqimizning sanitariya madaniyatini yuksaltirishga alohida eʼtibor qaratishmoqda.

Shu maqsadda Amudaryo tumani sanitariya epidemiologik-osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi boshligʻi Gulmurod Bekiyev boshchiligida bir guruh mutaxassislar Choykoʻl OFY hududida axoli xonadonlarining orastiligini taʼminlash bilan bogʻliq muammolarni hal etish va ovul aholisining sanitariya madaniyatini oshirish, aholi orasida yuqumli, parazitar kasalliklar kelib chiqishining oldini olish va inson salomatligiga taʼsir etuvchi omillarni oʻrganish hamda bartaraf etish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish borasida jamoatchilik vakillari bilan birga aholi xonadonlariga kirib, sanitariya-gigiyena targʻibot ishlarini amalga oshirmoqdalar.

Aholi xonadonlarini oʻrganish natijasida aniqlangan muammolar yechimi toʻgʻrisida joriy yilning 25-may kuni Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻini binosida aholi bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuv tadbirida fuqarolar, ishchi guruh aʼzolari, mahalla faollari, hududdagi korxona va tashkilotlar xodimlari, tadbirkorlar qatnashdilar.

Tadbir davomida Amudaryo tumani sanitariya epidemiologik-osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi boshligʻi Gulmurod Bekiyev, Oʻzbekiston Respublikasi “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi, “Fuqarolar sogʻligini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunlari ijrosi boʻyicha tumanda olib borilayotgan ishlar va aholi orasida uchraydigan baʼzi oʻtkir yuqumli ichak kasalliklari, oʻtkir va surunkali virusli gepatit kasalliklari, oʻta xavfli yuqumli kasalliklar hamda parazitar bezgak kasalligining oldini olishdagi samarador usullar toʻgʻrisida maʼlumotlar berdi.

Bundan tashqari, aholining ichimlik suviga qoʻyiladigan gigiyenik talablar toʻgʻrisida hamda aholi xonadonlarida hovli qurilmalarini sanitariya-gigiyena talablariga mos ravishda joylashtirish, oshxona jihozlarini toza saqlash va har kungi hosil boʻlgan chiqindilarning oʻz vaqtida olib ketilishini taʼminlash bilan bogʻliq muammolar yechimini hal etish, yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan asosiy tadbirlar toʻgʻrisida zarur tushunchalar berdi.

Ishchi guruhning Choykoʻl ovuli hududidagi aholi xonadonlarini oʻrganishlari natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida Sanitariya epidemiologik-osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi hamda mahalla raisi, mahalla faollari aholiga Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi bilan bogʻliq muammoli masalalarini hal etish, xonadonlarning sanitariya holati, ichimlik suv manbalari va hovli sanitariya qurilmalari hamda xonadon oshxonasi, ularning jihozlanishi, idishlarning toʻgʻri yuvilishi, chiqindilarning olib ketilishi bilan bogʻliq muammolar yechimi toʻgʻrisida oʻz takliflarini berdilar.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan aholi orasida yuqumli, parazitar, ayniqsa, qutirish kasalliklarning oldini olish va inson salomatligiga taʼsir etuvchi omillarni va ularni bartaraf etish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi oʻzlarining tegishli tavsiyalarini berdilar.

Jamol Kamolov, Amudaryo tumani SEO va JS parazitolog-shifokori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019