16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:50
Salomatlik 👁 341

31-may Butunjahon chekishga qarshi kurashish kuni

31-may Butunjahon chekishga qarshi kurashish kuni

ChEKISh – SOGʻLIQQA ZARAR

Insoniyatni sogʻligi uchun zararli odatlar va narsalardan himoyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada ular oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish ham muhim. Butunjahon Sogʻliqni saqlash tashkilotining tashabbusi bilan 1980-yil 31-maydan boshlab ushbu sana “Chekishga qarshi kurash kuni” deb eʼlon qilinishi  ham shu maqsadni koʻzlaydi.

Tan olish kerak, soʻnggi paytlarda tamaki mahsulotlarini chekish yosh tanlamayapti, afsuslanarli tomoni – yoshlar oʻrtasida ham uchramoqda. Chekishga ruju qoʻyib, sogʻligʻiga zarar yetgan insonlar esa kashandalikning xavfli jihatlarini kech tushunishmoqda va bundan afsuslanishayapti.

Tushuntirish ishlari muntazam olib borilayotganiga qaramasdan pana-pastqam joylarda kashandalik qilishayotgan yoshlar uning zararli oqibatlarini his etishmayapti. Toʻgʻri, bu zarar birdan anglab yetilmasligi mumkin. Chunki, birinchi marta chekkan inson oʻzida noxush holatlar – bosh aylanishi, ogʻrishi, koʻngil aynishi, umumiy holsizlikni sezsa-da, bu oʻtkinchi holat, degan kayfiyatda yetarli eʼtibor bermay, davom ettiraveradi. Shu tariqa bunday insonlar surunkali chekuvchiga aylanishadi.

Tamaki bosh miya faoliyatiga salbiy taʼsir etib, asab hujayralari faoliyatini susaytiradi. Boshqa omillar ham qoʻshilib, chekish orqali kuchaygan kasalliklar natijasida har yili 5-6 million kishi hayotdan koʻz yumayapti.

Maʼlumotlar koʻrsatishicha, voyaga yetmaganlar oʻrtasida ham kashandalik holatlari uchrab turadi. Ayrimlar esa sigaretaga nisbatan nosning zarari kam, deb oʻylab nos chekishga oʻtishgan. Lekin, bu ham notoʻgʻri.  Chunki, nosning tarkibini tamaki talqoni, ohak, kul, paxta moyi hamda suv tashkil etadi. Ana shunday moddalarni oʻz tarkibida saqlagan nos talqoni til ostini butkul zararlab, saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin. Axir, uning achchiq taʼmi va hidining oʻziyoq nimalarga qodir ekanligini anglatib turibdi-ku. Yana bir afsuslanarli tomoni esa, koʻpchiligimiz, ayniqsa yoshlarning nos va sigareta chekayotganiga koʻzimiz tushsa ham indamayotganligimiz. Shuningdek, sigareta va nos sotayotgan kimsalarga ham bu ishning zararli tomonlari haqida hech narsa demaymiz. Bunday befarqlik esa ham chekuvchilarga,ham jamiyatga zarar yetkazmoqda.

Chekish – birinchi navbatda yurak-qon tomir kasalliklariga olib keladi. Nikotin – surunkali bronxit, “kashanda yoʻtali”, saraton kabi ogʻir dardlarga duchor qiladi. 100 gramm tamaki yongan chogʻida uning 5-7 gramm tutuni ajralib chiqadi va 20-soniya davomida qonga tushib, markaziy asab tizimiga faol taʼsir etadi. Natijada, inson tanasida turli kasalliklar – saraton, oʻpka sili, qon tomir, nafas olish, ovqat hazm qilish, nafas aʼzolarining yalligʻlanishi ehtimoli kuchayadi. Lekin chekishning ilk davrlarida inson tanasida zaharlanish jarayoni uzoq vaqt sezilmay, yuzaga chiqmay davom etishi mumkin.

Insonlar salomatligiga eʼtiborni kuchaytirish maqsadida Prezidentimiz  tomonidan  2023-yil 25-may kuni eʼlon qilingan “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi. Qonunga koʻra:

Tarkibi nikotin mavjud bulgan mahsulotlar, qizdiriladigan tamaki mahsulotlari, elektron sigaretalar, chilim uchun moʻljallangan qorishmalar tamaki mahsulotlariga tenglashtiriladi va ularga nisbatan ushbu  turdagi  mahsulotlarni cheklashga qaratilgan hamma choralar amal qiladi;

Oʻzbekiston hududiga  chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, jumladan nikotinli syuns, chaynaladigan tamaki va nikotinli shirinliklarni olib kirish va sotish taqiqlanadi. Savdo va xizmat koʻrsatish obʼektlarida tamaki mahsulotlarini koʻrsatish va ochiq namoyish qilish taʼqiqlanadi. Ushbu tartib 45 dan ortiq mamlakatlarda amalga oshirilgan. Unga muvofiq, savdo maydonchasida faqat qogʻozga bosilgan sotiladigan tamaki mahsulotlarining roʻyxati joylashtiriladi. Mahsulotlarning oʻzi xaridorga koʻrinmaydigan joyda saqlanadi.

Sigaret qadoqlariga qoʻllaniladigan rasm koʻrinishidagi tibbiy ogohlantirish hajmi 40 foizdan 65 foizga oshirilmoqda.

Yoshlar va kattalar oʻrtasida bu mavzudagi targʻibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirishimiz lozim.

J.Yavkashev, tuman Tibbiyot birlashmasi shifokori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019