16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:51
Salomatlik 👁 681

26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni

26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni

Insoniyat tomonidan “Asr vabosi” deb tan olingan giyohvandlik illatiga qarshi kurashish, ayniqsa, oʻsib kelayotgan yosh avlodni bu illat domiga tushib qolishidan asrash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada hamkorlikda ish olib borilsa, samaradorlikka erishish mumkin. Shu sababli mamlakatimizda aholi oʻrtasida ushbu illatning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik, giyohvandlik oqibatida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan jinoyatlarning oldini olishga doir choralar belgilab olinib, amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi “2022-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligini taʼminlash tezligini rivojlantirish strategiyasi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ga koʻra, jamoat xavfsizligini taʼminlashning uslubiy asoslarini yanada rivojlantirishga qaratilgan amaliy tadbirlar natijasida hududlardagi Narkologiya boʻlimlari mutaxassislari tomonidan surunkali ichkilikbozlikka va giyohvandlikka mubtalo boʻlgan shaxslar doimiy tibbiy nazoratga olinib, ularni sogʻlomlashtirish choralari koʻrilmoqda.

Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasi huzuridagi narkologiya xonasi shifokorlari ham ichkilikbozlik va giyohvandlik kasaliga mubtalo boʻlgan shaxslarni roʻyxatga olish, ularning shaxsini sir saqlagan holda muolaja choralarini qoʻllash va sogʻlomlashtirish borasida sezilarli natijalarga erishmoqdalar.

Malakali narkolog shifokor Bahodir Chorshamov rahbarligidagi mazkur narkologiya xonasida ayni paytda 176 nafar surunkali ichkilikbozlikka moyil va 4 nafar giyohvand shaxslar roʻyxatda turishadi. Ularning kasallik holatlarini oʻz vaqtida toʻgʻri tashxislash, shaxsini sir saqlagan holda Respublika narkologiya dispanserida statsionar sharoitda davolanishlari uchun sharoit yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida koʻplab bemorlar sogʻlom hayotga qaytishmoqda.

Ayni paytda, joriy yilning 30-may holatiga 10 nafar bemor Taxiatosh shahridagi, Respublika Narkologiya dispanserida zarur muolajalarni olishmoqda. Yana 3 nafar bemor oʻz ixtiyori bilan mazkur muolaja maskanida davolanishga qaror qilishdi va hozirgi kunda bu bemorlar oʻzlarining tuzalish sari ilk qadamlaridan mamnun.

Tibbiyot birlashmasi huzuridagi narkologiya xonasi qoshidagi narkologik reabilitatsiya punktida tun-u kun navbatchilik tashkil etilgan boʻlib, 9 nafar malakali shifokorlar, 9 nafar hamshira va 10 nafar kichik tibbiy xodimlar bemorlarga namunali tibbiy xizmat koʻrsatib kelishmoqda.

Shuningdek, boʻlim mudiri Bahodir Chorshamov rahbarligida ichkilikbozlik va giyohvandlikka qarshi kurash choralari boʻyicha aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida profilaktik suhbatlar, tushuntirish-targʻibot tadbirlari muntazam amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, 2023-yilning 1-iyun sanasidan 30-iyun kunigacha “Yoshlar orasida giyohvand vositalarning tarqatilishiga qarshi kurash oyligi” doirasida tuman IIB bilan hamkorlikda tezkor profilaktik tadbirlar oʻtkazilib, koʻngilochar maskanlarida yoshlarning spirtli ichimlik isteʼmol qilishlarining oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari amalga oshirildi.

Shuningdek, tuman IIB bilan hamkorlikda joriy yil 1-maydan 30-iyungacha tuman hududida “Qora dori – 2023” keng qamrovli profilaktik tezkor tadbirlar oʻtkazildi. Ushbu tadbirlarda salomatlik va umr kushandasi boʻlgan giyohvandlikning salbiy oqibatlari, uning oldini olish choralari xususida keng tushunchalar berildi.

Giyohvandlikning oldini olishda, albatta, oila va jamiyatning roli beqiyosdir. Porloq kelajak uchun har birimiz oilada, jamoada sogʻlom turmush tarzi poydevorini yaratishga jiddiy eʼtibor qaratsak, hamkorlikda harakat qilsak, samarali natijalarga erishishimiz mumkin.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019