16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:53
Iqtisodiyot 👁 352

QUYoSh PANELLARI – QULAY, SAMARALI VA TEJAMKOR

QUYoSh PANELLARI – QULAY, SAMARALI VA TEJAMKOR

Xalqimiz “rizqingni sotib ravshan ol”, degan iborani bejiz aytmagan. Buni ayniqsa, kunning qorongʻu qismida chiroq oʻchsa, juda teran his qilamiz, xuddi atrofimizgina emas, koʻnglimiz ham qorongʻu boʻlib qolganday boʻladi. Shunday damlar mamlakatimizning barcha hududlaridagi ijtimoiy soha obʼektlarida, aholi xonadonlarida ham kuzatilib turishi hech kimga sir emas. Ayniqsa, kuz-qish mavsumida elektr energiyasida uzilishlar tez-tez sodir boʻlib turadi. Chunki ayozli kunlarda uylarni yoritishdan tashqari isitish uchun ham elektr energiyasiga talab ortib ketadi va taqchillik yuzaga keladi. Buningdek koʻngilsizliklarning oldini olish uchun elektr energiyasi taʼminoti tizimi yangi texnologiyalar bilan taʼminlanayapti. Lekin taqchillikning oldini olish uchun bu yetarli emasligini tarmoqda uchrab turadigan uzilishlar yaqqol koʻrsatib turibdi.

Joriy yilning 16-fevralida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohalarida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, shu yoʻl bilan respublika hududlarida energiya taqchilligi qoplanishini taʼminlash koʻzda tutilgan.

Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun bino va inshootlarda kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Yashil energiya” kompaniyasi tashkil etildi.

Kompaniyaga mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilardan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini va ularning ehtiyot qismlarini xarid qilish, oʻrnatish va ularga servis xizmatlarini koʻrsatish uchun eng yaxshi takliflarni tanlab olib, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat berildi. Ushbu hujjatga muvofiq endilikda ijtimoiy soha obʼektlari bilan bir qatorda aholi xonadonlariga ham energiya tejovchi texnologiyalarni oʻrnatish boʻyicha qator qulayliklar, soliq imtiyozlari yaratildi.

Shu kungacha tumanimizda ham bir qancha ijtimoiy soha obʼektlariga, aholi xonadonlariga quyosh panellari oʻrnatildi. Bunday qurilmalar binolarning tom qismiga hamda boʻsh maydonlarga oʻrnatilgani uchun ishlash jarayonida shovqin boʻlmaydi, atrof-muhitga hech qanday zararli gazlar chiqarmaydi.

Ayni kunda tuman hokimligi, Adliya boʻlimi, Majburiy ijro byurosi kabi bir qancha ijtimoiy soha obʼektlariga quyosh panellari oʻrnatildi. Bu qulay va samarali vositadan foydalanishga oʻtgan tadbirkorlik subʼektlari ham ancha.

Shuningdek, “Temir daftar”ga kiritilgan aholi xonadonlariga ham davlat hisobidan kichik quvvatli quyosh panellari oʻrnatilmoqda.

Tumanimizning Boyovul mahallasida istiqomat qiluvchi Oʻktam Haytimbetov, Beruniy mahallasida yashovchi Regina Yakubovaning xonadonlariga kichik quvvatli quyosh panellari oʻrnatildi. Bu ikkala xonadonda hozirgi kunda quyosh panelli yetkazib berayotgan elektr energiyasidan foydalanilayapti. Joriy yilning iyul oyi davomida Toʻlqin ovulidan Tursunboy Yermanov, Uyshin mahallasidan Bozorboy Xudoyberganov, Boʻzyop ovulidan Toʻliboy Nurimbetov, Besh ovul mahallasidan Qadamboy Esanov, Boʻz solma mahallasidan Tursunboy Jumaniyozov, Doʻrman ovulidan Oʻrozboy Tojimovlarning xonadonlariga ham davlat hisobidan kichik quvvatli quyosh panellari oʻrnatiladi va ishga tushiriladi.

Butun yurtimizda boʻlgani kabi tumanimizda ham qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish, energiya taqchilligini bartaraf etish boʻyicha koʻpgina chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Obʼektlarni uzluksiz ravishda qayta tiklashuvchi elektr energiyasi bilan taʼminlash nafaqat tarmoqqa tushayotgan yuklamani kamaytirishga, balki aholi va tadbirkorlarning elektr energiyasi uchun ajratayotgan mablagʻlarini tejab qolishga ham imkon berishi bilan ahamiyatlidir.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019