16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:47
Iqtisodiyot 👁 684

Pensiya tizimini raqamlashtirish: yangi qulayliklar va muhim oʻzgarishlar

Pensiya tizimini raqamlashtirish: yangi qulayliklar va muhim oʻzgarishlar

Mamlakatimizda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ayniqsa, keksa avlod vakillari, nogironligi boʻlgan shaxslar va boquvchisini yoʻqotgan oilalarga gʻamxoʻrlik koʻrsatish davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlari qatoriga kiradi. Amudaryo tumanida ham bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

1-iyun holatiga koʻra tumanda jami 25 ming 740 nafar pensioner roʻyxatga olingan boʻlib, ular tuman umumiy aholisining 11,9 foizini tashkil qiladi. Shundan yoshga doir pensiya oluvchilar soni 21 ming 293 nafarni, nogironlik pensiyasini oluvchilar 3 ming 109 nafarni va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi bilan taʼminlanganlar 1 ming 338 nafarni tashkil qiladi. Ushbu toifadagi fuqarolarga davlat tomonidan har oyda 35 mlrd soʻm atrofida mablagʻ moliyalashtirilib, oʻz egalariga toʻlab kelinmoqda.

Soʻnggi yillarda moliya va pensiya tizimidagi jarayonlarni raqamlashtirish orqali koʻplab qulayliklar yaratildi. Jumladan, joriy etilgan zamonaviy interaktiv xizmatlar hisobiga yoshga doir pensiyalarning 62 foizi hech qanday murojaatlarsiz, proaktiv shaklda tayinlanishiga erishildi. Bundan tashqari, aholiga ish haqi, pensiya, turli xil nafaqa va stipendiyalar toʻlovlarining 90 foizdan ortigʻi bank kartalari orqali amalga oshirilmoqda.

Byudjet tashkilotlarining moliyaviy hujjatlarini elektron tarzda rasmiylashtirish maqsadida qabul qilingan 2025-yil 26-iyundagi Prezident farmoni asosida boshqaruv tizimini ixchamlashtirish maqsadida oxirgi 2-yil ichida Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi va Pensiya jamgʻarmasining shtat birliklari soni 1940 taga yoki 45 foizga qisqartirildi. Joriy yilda esa quyi boʻgʻin xodimlari sonini 4 barobargacha qisqartirish koʻzda tutilgan. Asosiy maqsad – gʻaznachilik va pensiya taʼminoti tizimlarini toʻliq avtomatlashtirish orqali hududlarda ixcham xizmat koʻrsatish ofislarini tashkil etish, fuqarolarga xizmat koʻrsatishni elektron shaklga oʻtkazish va moliyaviy operatsiyalarda shaffoflikni taʼminlash uchun sunʼiy intellektdan keng foydalanishdir.

Tizimdagi eng yirik oʻzgarishlardan yana biri shuki, 2027-yil 1-yanvardan boshlab Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi hamda Pensiya jamgʻarmasining tuman va shahar boʻlimlari faoliyati toʻliq raqamlashtirish hisobiga tugatiladi. Ularning oʻrnida hududiy boshqarmalarga boʻysunuvchi, barcha biznes jarayonlarni oʻzida qamrab oluvchi va bor-yoʻgʻi 1 dan 3 tagacha shtat birligiga ega boʻlgan zamonaviy va ixcham xizmat koʻrsatish ofislari tashkil etiladi.

Bundan tashqari, 2026-yil 1-dekabrdan boshlab pensiya tizimida yanada qulay jarayonlar ishga tushadi. Xususan, fuqarolarning mavjud ish staji va ish haqlari toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlarga asoslanib, pensiya miqdorlarini oldindan aniqlash imkonini beruvchi "Mening pensiyam" onlayn xizmati amaliyotga tatbiq etiladi. Ushbu sanadan eʼtiboran, tizimning aloqa markazlariga sunʼiy intellektni joriy etish va maʼlumotlarni toʻliq raqamlashtirish evaziga yana 141 ta shtat birligi maqbullashtiriladi hamda barcha xizmatlar toʻliq interaktiv shaklga oʻtkaziladi.

Fuqarolarning pensiyaga oid maʼlumotlarini yagona bazada jamlash borasida ham muhim qadamlar tashlanmoqda. Xususan, 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab Majburiy ijro byurosi undiruvni pensiya toʻlovlariga qaratishdan avval fuqarolarni oldindan xabardor qilish tizimini yoʻlga qoʻygan boʻlsa, 2025-yil 1-noyabrdan boshlab Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy xizmatni oʻtaganlik davri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar "Raqamli hukumat" platformasi orqali Pensiya jamgʻarmasiga toʻgʻridan-toʻgʻri yuborilmoqda.

Shuningdek, 2026-yil 1-avgustga qadar Oliy taʼlim muassasalaridagi oʻqish davri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻliq raqamlashtirish va ularni Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron bazaga kiritish imkoniyati yaratilishi belgilangan.

Shu oʻrinda, yuqorida qayd etilgan islohotlarning samaradorligi bevosita fuqarolarimizning oʻz vaqtida koʻradigan choralariga ham bogʻliq ekanligini alohida taʼkidlash lozim. Bugungi kunda ayrim holatlarda pensiya yoshiga yetgan fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ish staji bilan bogʻliq maʼlumotlarning tizimda chiqmasligi kuzatilmoqda. Bunga asosiy sabab – fuqaro ishlagan tashkilot yoki korxona tomonidan xodimning mehnat staji va ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlari my.mehnat.uz elektron tizimiga kiritilmaganligidir.

Agar shaxsning maʼlumotlari toʻliq raqamlashtirilgan boʻlsa, bunday muammo umuman yuz bermaydi. Shu sababli, hozirda rasmiy mehnat faoliyati yuritayotgan barcha fuqarolarimizdan oʻz ish beruvchilaridan mehnat maʼlumotlarini my.mehnat.uz tizimiga kiritishlarini talab qilishlarini soʻraymiz. Ishlamayotgan fuqarolarimiz esa yashash hududlaridagi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlariga murojaat qilib, oʻz mehnat daftarchalaridagi maʼlumotlarni bepul tarzda raqamlashtirib olishlari mumkin. Zero, oʻz vaqtida qilingan toʻgʻri harakat – kelajakda sizning munosib va kafolatlangan pensiya taʼminotingiz uchun eng muhim poydevor boʻlib xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019