16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:58
Qishloq xoʻjaligi 👁 282

Soʻzi bilan amali bir fermer

Soʻzi bilan amali bir fermer

Bugun yurtimizda yer olaman, ekin ekib, yurt ravnaqiga, mamlakat iqtisodiyotiga oʻz ulushimni qoʻshaman, aholining turmush farovonligini yaxshilab, ishsiz aholini ish bilan taʼminlayman degan fuqarolarimiz koʻplab topiladi.

Lekin yerdan unumli foydalanish, bozorlarimizni sarxil meva-sabzavotlar bilan toʻliq taʼminlash birmuncha mashaqqatni talab etadi. Shunga qaramay, fermerlik kasbining bor mashaqqat va masʼuliyatini oʻz yelkasiga ortib yurtimiz rivojiga va aholi farovonligiga oʻz hissasini qoʻshib kelayotgan fermerlar soni tobora koʻpaymoqda.

Mamlakatimizda fermer, dehqon xoʻjaliklarini va tomorqa yer egalarini yanada rivojlantirish, ularning faoliyat koʻlamini kengaytirishga ustuvor ahamiyat berilayotgani tufayli Amudaryo tumanining Oq oltin ovuli hududidagi “Xolbek-Elbek” fermer xoʻjaligi rahbari Inomjon Madraimovda ham fermerlik faoliyati bilan shugʻullanish istagi uygʻondi. U oʻz faoliyatini 2015-yilda boshlagan edi. Faoliyatini boshlaganiga hali koʻp boʻlmasada ishning koʻzini bilgani uchun Amudaryoning eng ilgʻor fermerlari qatoridan joy oldi.

Joriy yilgi hosil uchun fermer jami 94,6 gektar ekishlik maydonining 50 gektar qismiga paxta, 22 gektariga bugʻdoy, 3 gektariga tarvuz, qolgan 19,6 gektariga turli dukkakli va moyli ekinlar, poliz mahsulotlarini ekdi.

Erta bahordan qadalgan urugʻ navlari bugun oʻzining barakali hosilini berib, unga katta daromad keltirmoqda. Ayniqsa, Inomjon Madraimovning fermer xoʻjaligi dalalarida yetishtirilgan neʼmatlar oʻziga xos, taʼmi-yu xususiyati bilan taxsinga loyiq. Bunda lafzi halol, fidoyi dehqonlarimizning mehnati mujassam.

Fermer xoʻjaligida yetishtirilayotgan sarxil mahsulotlar endilikda nafaqat xalqimizning, balki xorijliklar dasturxonini ham bezab, fayzini oshirmoqda. Ilgʻor fermer ichki bozorlarimizni ushbu arzon va sifatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlabgina qolmasdan, yetishtirgan mahsulotlarini xorijga eksport qilmoqda. Bugungi kunda fermer xoʻjaligida 6 nafar ishchi, 20 nafar pudratchi faoliyat yuritmoqda.

Keyingi yillarda butun dunyoda boʻlgani kabi yurtimizda ham suv taqchilligi sezilmoqda. Bu esa suvdan oqilona foydalanishni talab etadi. Tashabbuskor, innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqarishda qoʻllashni xush koʻradigan fermer gʻoʻza maydonlarini tomchilatib sugʻorish usulidan ham foydalanmoqda.

Shu oʻrinda aytish lozimki, bugungi fermerlarimiz ongida tom maʼnoda tub burilishlar yasaldi. Bundan oʻn besh yil oldin daromad koʻrish, mashina olib, uy qurish maqsadida mehnat qilgan fermer bugun xoʻjaligi qoshida qayta ishlash korxonalari ochish, yangi ish oʻrinlari yaratib, yoshlarni ish bilan taʼminlash niyati bilan yashamoqda. Fermerlarimiz oʻz muammolarini yuqori minbarlardan turib gapirmoqda, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotida amalga oshirilayotgan izchil dasturlarda faol ishtirok etmoqda.

Bularning bari istiqlol bois fermerlarga yaratilayotgan qulay shart-sharoit va imtiyozlar tufaylidir. Tinib-tinchimas va mehnatkash fermerning bundan keyingi ishlarida hamisha omad yor boʻlishini tilaymiz!

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019