16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:30
Jamiyat 👁 287

IMKONIYaTI ChEKLANGAN, LEKIN IMKONLARI ChEKSIZ INSONLAR DOIMO EʼTIBORIMIZDA

IMKONIYaTI ChEKLANGAN, LEKIN IMKONLARI ChEKSIZ INSONLAR DOIMO EʼTIBORIMIZDA

Oʻzbekiston Respublikasi Nogironlar jamiyati Amudaryo tuman boʻlinmasi tomonidan tumanda istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan, nogironligi bor boʻlgan insonlarga mehr-muruvvat koʻrsatish, ular hayotiga oid muammolar yechimini topishda koʻmaklashish maqsadida tez-tez xonadonlariga borib, holidan xabar olinmoqda. Xususan, Oq-oltin OFY hokim yordamchisi bilan birgalikda ovulda yashovchi fuqaro, 1-guruh nogironi Oʻrinboy Shomuratov oilasiga borib, homiy tadbirkor D.Xaytbayeva tomonidan taqdim qilingan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Oʻ.Shomuratov oila aʼzolari bilan suhbat oʻtkazilib, ularning kasb-hunarga qiziqishi oʻrganib chiqildi va salohiyatiga yarasha hunarmandchilik bilan shugʻulanish takliflari berildi. Koʻngli kemtik, imkoniyati cheklangan fuqarolarning kayfiyatini koʻtarish maqsadida sobiq afgʻonchi jangchilar ishtirokida “Vatan sevgisi - iymon belgisi” deb nomlangan tadbir oʻtkazilib, unda 15 nafar imkoniyati cheklangan yoshlarimiz ishtirok etishdi.

Mazkur tadbirga Qoraqalpogʻiston Respublikasi nogironlar jamiyati raisi P. Dauletyarova, Nukus shahri nogironlar jamiyati raisi G.Toshboyeva, Qoraqalpogʻiston Respublikasi nogironlar jamiyati mutaxassisi R.Shinibayeva, Amudaryo tuman oila va xotin-qizlar boʻlimi raisi G.Saburova va boshqa masʼullar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida saxovatpesha homiy tadbirkorlar D.Haytboyeva va B.Xalbayevalar tomonidan fayzli dasturxon yozildi va shirinliklar tortilib, sovgʻalar ulashildi.

Jamiyatimiz aʼzolari uchun 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni, Navroʻz – umumxalq bayrami har yili yanada zavqli va taassurotlarga boy tarzda oʻtadi. Mehr-oqibat, saxovat va muruvvat bayramining totli taomi – sumalak pishirilib, bahoriy taomlar tayyorlanadi. 2023-yilgi bahor bayramlari ham yanada zavqli taassurotlarga boy, shodiyonalik bilan nishonlandi.

Jamiyatimiz aʼzolari mamlakat hayotidagi muhim siyosiy jarayonlarda ham doimo faol. Konstituttsiyamizga oʻzgartirish kiritish boʻyicha oʻtkazilgan ijtimoiy-siyosiy tadbirlarda va referendumda faol ishtirok etishdi. Xususan, 2023-yilning 30-aprel sanasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida oʻtkazilgan “Konstitutsiya – kelajagimiz kafili” deb nomlangan tadbirda jamiyatimizning qoʻli gul chevarlari tomonidan qoʻl mehnati mahsulotlari koʻrgazmasi tashkil etildi.

Jamiyatimiz aʼzolarini yaxshi kunlarda eslash doimo anʼanaga aylangan. Turli bayram sanalari munosabati bilan Beshtom MFY, Kuyukoʻpir OFY, Qipchoq ShFY, Durunki, Yangiobod, Oybek nomli, Boyovul MFY larda yashovchi 15 nafar imkoniyati cheklangan fuqarolar holidan xabar olindi.

Shuningdek, Amudaryo tuman hokimligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bilan birgalikda 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan 30 nafar imkoniyati cheklangan, nogironligi bor bolajonlar oʻrtasida “Maftunkor ranglar jilosi” deb nomlangan rasm chizish boʻyicha koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida tadbirning bosh homiysi, D.Xaytbayeva va saxovatli insonlardan I.Olimov, E.Kazakov, D.Rahimovlar, bolajonlarni sovgʻalar, shirinliklar va muzqaymoq bilan siyladilar .

Tadbir yakunida 1-oʻrin 21-sonli oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchisi Ruxshona Fayzullayevaga, 2-oʻrin 28-sonli oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchisi Behruzbek Yuldoshboyevlarga nasib etdi va ular 2023-yil 2-iyun sanasida Nukus shahrida Adliya Vazirligi bilan birgalikda oʻtkazilgan “Rang-barang buyoqlar” deb nomlangan koʻrik-tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytdilar.

Joriy yilning 9-iyul sanasida esa jamiyatimiz aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida katta shodiyonalik bilan ishtirok etdilar.

Imkoniyati cheklangan, nogironligi bor bolajonlar oʻrtasida sport oʻyinlari shashka-shaxmat boʻyicha doʻstona musobaqalar ham reja asosida oʻtkazib boriladi.

Shuningdek, saxovatpesha insonlar tomonidan kundalik oziq-ovqat mahsulotlari yordam paketlari tumanimizning barcha hududlaridagi imkoniyati cheklangan fuqarolarga, nogironligi boʻlgan bolajonlarga muntazam ravishda yetkazib beriladi. Zero, bir gʻarib koʻngilni shod etish, Kaʼbani obod qilmoq bilan barobar, deydilar.

Bizning maqsadimiz ham hamisha ezgu, jamiyat aʼzolarning oʻz hayotlaridan rozi yashashlariga koʻmaklashishdir.

N.Xolboyeva, Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati Amudaryo tuman boʻlinmasi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019