16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:43
Adabiyot 👁 344

GRANT LOYIHASI DOIRASIDA “KITOBLAR KARVONI” TADBIRI OʻTKAZILDI

GRANT LOYIHASI DOIRASIDA “KITOBLAR KARVONI” TADBIRI OʻTKAZILDI

“Mening oilam” gazetasi tahririyatining “Besh muhim tashabbus – yoshlarga qanot!” nomli grant loyihasi doirasida “Kitoblar karvoni” tadbiri oʻtkazildi.

27-iyul kuni Amudaryo tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida boʻlib oʻtgan tadbirda “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi, “Amudaryo” telekanali tahririyatlari xodimlari, maktab direktori Xonimjon Rajabova, toʻgaraklar rahbarlari va oʻquvchi-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida ishtirokchilarga grant loyihasi doirasida tahririyat xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʼlumot berildi.

Loyiha koordinatorlari mazkur grant loyihasi doirasida nogironligi boʻlgan yoshlarni “Besh muhim tashabbus” doirasidagi tadbirlarga faol jalb qilish maqsadida turli tanlovlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etilayotgani, ularda tuman yoshlari faol qatnashishayotgani, ijodkor yoshlarning ijod namunalari tuman gazetasida yoritilib borilayotgani xususida soʻzlab oʻtishdi.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi muxbiri, jurnalist Oygul Rajabova yoshlarni kitobxonlikka jalb etish, ijodkor yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ijod namunalarini yoritish borasida olib borilayotgan ishlar, tahririyat qoshidagi “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti kutubxonasida 5 ming donaga yaqin kitoblar fondiga ega boʻlgan kutubxona, shuningdek, tahririyat tomonidan turli loyihalar doirasida tashkil etilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar xususida maʼlumotlar berib oʻtdi.

Tadbirda loyiha koordinatorlari oʻquvchi-yoshlarni koʻrgazmaga qoʻyilgan “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti qoshidagi kutubxonaga tegishli boʻlgan 100 tadan ziyod kitoblar bilan tanishtirdilar. Yoshlar shu joyning oʻzida kutubxonaga aʼzolikka qabul qilinib, oʻzlariga yoqqan kitoblarni tanlab oldilar.

Yosh kitobxonlar “Kitoblar karvoni” koʻrgazmasi orqali taqdim etilgan asarlarni qiziqish bilan varaqlab, albatta “Jayxun ilhomlari” NNT kutubxonasiga aʼzo boʻlish istagini bildirdilar.

Nogironligi boʻlgan kitobxon yoshlarning oʻzlari yoqtirgan asarlarni mutolaa qilishlariga sharoit yaratish maqsadida hududdagi maktablarning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilari alohida roʻyxat tuzish orqali bunday toifadagi kitobxon yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va albatta ular xohlagan badiiy adabiyotlarni beminnat yetkazib berishni yoʻlga qoʻyishlarini bildirdilar.

Tadbir davomida kitobxon yoshlar oʻzlari sevib oʻqigan badiiy asarlar qahramonlari hayotidan olgan taassurotlari haqida toʻlqinlanib soʻzladilar. Sheʼrlar aytishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berdilar. Kitobxon yoshlar bilan “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati ijodkorlari samimiy muloqotda boʻldilar va ularning barcha savollariga javoblar berdilar.

Kitob – ziyo nurini tarqatuvchi, toʻgʻri yoʻl koʻrsatuvchi chiroq. Kitobxon ana shu moʻʼjizalar olamiga kirgan sari zakovatli, har qanday vaziyatda fikrini erkin ifoda etaoladigan shaxs sifatida kamol topadi. Yoshlar uchun tashkil etilgan “Kitoblar karvoni” tadbiri aynan ana shunday zakovatli insonlarni kamol toptirishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026