17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 06:16
Iqtisodiyot 👁 177

HOKIM YoRDAMChISINING FAOLIYaTI SAMARALI BOʻLAYaPTI

HOKIM YoRDAMChISINING FAOLIYaTI SAMARALI BOʻLAYaPTI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq ovul, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari aholiga amalga oshirilayotgan davlat siyosati va islohotlarning mazmun-mohiyatini keng tushuntirib, ular hayotidagi muammolarni joyida hal qilishmoqda.

Ular sektor rahbarlari bilan birgalikda har bir mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yoʻnalishlarini belgilab, xonadonbay roʻyxat asosida har bir mahalla kesimida haqiqiy ijtimoiy ahvolni aniqlashib, zarurat tugʻilgan oilalarni qoʻllab-quvvatlamoqda, tadbirkorlikka qiziquvchi aholiga faoliyatini tashkil etishiga koʻmaklashmoqda. Shuningdek, mahallalarda aholining kundalik ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan xizmatlar turlarini rivojlantirayotgani bois, hokim yordamchilariga xalqning ishonchi, hurmati ortmoqda.

Tumanimizning Qangli ovulida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi Karomaddin Eshmonov ham oʻz mehnatlari, intilishlari bilan ovul hayotida ijobiy oʻzgarishlar, yangilanish larga sababchi boʻlayotir.

Ovulda 621 ta xonadon mavjud. Ulardagi 932 ta oilada 3476 nafar aholi istiqomat qiladi. Yil boshida ovul fuqaro yigʻini masʼullari ishtirokida barcha xonadonlar toʻliq xatlovdan oʻtkazilib, shunga muvofiq hududda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar belgilab olindi va ijrosi taʼminlanmoqda.

Yilning oʻtgan yarim yilida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi asosida xatlov davomida aniqlangan tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagi bor 67 nafar fuqaroga imtiyozli kredit olishga tavsiyanomalar berildi va ajratilgan 982,7 million soʻm kredit evaziga faoliyatini boshladilar. Ishsiz, ammo mehnat qilishga yaroqli 37 nafar aholiga “E-Auksion” elektron savdo platformasi orqali 27,6 gektar yer uzoq muddatga ijaraga dehqonchilik bilan shugʻullanishi uchun ajratildi.

Aholi bandligini taʼminlash, ularning doimiy, ishonchli daromadga ega boʻlishiga, turmushi farovonlashuviga asos boʻladi. Karomaddin Eshmanov shuning uchun ham ishsiz, ishlash istagidagi aholi, ayniqsa yoshlarning bandligini taʼminlashga, yaxshi daromad topib, oʻz hayotlaridan mamnun boʻlib yashashlariga erishishiga intilmoqda. Uning bu boradagi saʼy-harakatlari natijada ovulning 123 nafarining bandligi taʼminlandi. Ularning 67 nafari doimiy ishga joylashdi, 1 nafari haq toʻlanadigan jamoat ishiga jalb etildi, 55 nafar fuqarolarning oʻzini oʻzi band qilishi orqali bandligi taʼminlandi, yangidan 2 ta yuridik, 8 ta dehqon xoʻjaliklari subʼektlari tashkil etildi.

Karomaddin Eshmonov ovul fuqarolar yigʻini raisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli bilan hamkorlikda hududda tadbirkorlikni rivojlantirishning ichki imkoniyatlarini izlab topishga, tomorqa yerlardan samarali foydalanishga erishishga, oilalarda daromad manbalarini yaratishga intilmoqda.

Qangliliklar asli mehnatkash, dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanmaydigan odam yoʻq hisobi ovulda. Endilikda kichik ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va boshqa turdagi faoliyatlarni yoʻlga qoʻyish orqali ovul aholisi turmushi sifatini oshirish hokim yordamchisining asosiy maqsadi. Bu borada koʻpgina natijalarga erishayapti ham.

Intilganga tole yor, deydi xalqimiz. Ha, chindan-da ezgu niyatlar, aniq maqsadlar sari intilish – besamar ketmaydi. Ishlashdan, el gʻamida intilishdan charchamaydigan Karomaddin Eshmanovning kelgusi faoliyatiga ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019