16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:18
Adabiyot 👁 160

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Ustozlarga

Ahil bir jamoa, mudom ogʻzi bir,

Maqsadlari ulugʻ – tarbiya-taʼlim.

Koʻngillar pokiza, yoʻqdir aslo kir,

Ularni atashgan – Buyuk muallim!

 

Ular oddiy edi, oddiylik – xislat,

Bolani boladay suyar edilar.

Ibroyim Masharif, Shomurod Davlat,

Elning ertasi deb kuyar edilar.

 

Ularning sardori Ismoil ustoz,

Adolat, qatʼiyat unga yor edi.

Har bir darsi – maktab, yoshlarga parvoz,

Yoʻldosh Matqurbonday inson bor edi.

 

Aminboy ogʻaning oʻrgatgan harfi,

Maʼrifati bilan dunyoni kezdim.

Mirza aka, Kenjaboy, Oʻrozboy ogʻa,

Qarshisida oʻzni eng gʻarib sezdim.

 

Mamatsoliy aka, Egam Saidlar,

Aniq fanlar aro sulton edilar.

Moziydan soʻz ochsa, Tursunboy ustoz,

Buyuklar sinfda giryon edilar.

 

Har bir oʻgitida maʼno mujassam,

Soʻzlarim gʻaribdir, taʼriflar ham oz.

Bilim ham tajriba tahlil ila jam,

Qalbimizda yashar Nazarimbat ustoz.

 

Marhumlarning yodi qalbimizdadir,

Ruhlarini doim qilib turing shod.

Tiriklarga  hurmat tilimizdadir,

Duolarda mudom qilib turing yod.

 

Ana, davradadir Rajabboy ustoz,

Adabiy dunyoga yetaklab kirgan.

Har bitta bolaga ishonch va parvoz,

Qanotlar baxsh etgan Masharif ustoz.

 

Rajabboy, Toʻraboy, Saparboy ogʻa,

Yangiboy ogʻalar bir dunyo edi.

Muallima opalar darsi oldida,

Hatto ertaklar ham boʻsh, sayoz edi.

 

Azizlar, Sizlardan koʻp erur qarzim,

Kamtarin pokiza, hokisor ustoz.

Bugun poyingizda qilaman taʼzim,

Sizgadir ehtirom, sizgadir eʼzoz.

Sanobar Xoʻjamurodova,

40-sonli maktab direktori.

 

Amudaryom

Jayxun boʻylarida gullab-yashnagan,

Manzilim-makonim, jon Amudaryom.

Oʻzga yurtga zarra havasim yoʻqdir,

Oʻzing sharaf-shonim, jon Amudaryom.

Oʻgʻil-qizlaringda shijoat bugun,

Imon-u eʼtiqod, itoat bugun.

Shu sabab yurtimda halovat bugun,

Osuda osmonim, jon Amudaryom.

Qoʻli gul, mirishkor, dehqonlaring bor,

Har sohada boʻlar zafar senga yor.

Baxtiyor insonlar yurti bu diyor,

Azal boylik koni, jon Amudaryom.

Yangi Oʻzbekiston – uying seniki,

Qadim-koʻhna qoʻshiq, kuying seniki.

Mustaqillik, Navroʻz toʻying seniki,

Mudom quvonch onim, jon Amudaryom.

Shomurod, shaʼningga gʻazal bitarman,

Qoʻlga sozim olib, kuylab oʻtarman.

Ellar ichra noming dovrugʻ etarman,

Tilimda dostonim, jon Amudaryom.

Shomurod XOʻJANOV, Doʻrman ovuli.

 

 

Yaxshilar

Yaxshilarga bu jonim fido,

Yomonlarga koʻrsatar Xudo.

Yuz burmasin yomonlikka deb,

Yaxshilarga ayladim nido.

Yomonlardan chiqmaydi hojat,

Yaxshilardan topilar najot.

Yaxshilardan yuk yerda qolmas,

Yaxshilar bor, mazmunli hayot.

Yaxshilarda koʻp yaxshi soʻzlar,

Quvonchlardan yosh toʻksin koʻzlar.

Yaxshilarga intilar borliq,

Yaxshilikdan eriydi muzlar.

Yaxshilarga jon baxshidadir,

Yaxshi boʻlsin doimo yoʻldosh.

Yaxshilar-la yashash yaxshidir,

Yaxshilardir har ishda qoʻldosh.

Bekbergan Tleumuratov,

Qipchoq OFY.

 

Hayoting oldinda

Oʻgʻlim, keng dunyoda hayoting oldda,

Bosgan qadamingning barisi ortda.

Shoʻx-shodon oʻynagan bolalik oʻtib,

Oʻynab yurgan vaqtlar sarfin unutib.

Umid qilgan ishing amalga oshir,

Umr oʻtguvchidir, oʻzingni shoshir.

Yaqin yoʻldoshingga doʻst boʻla bilgil,

Qingʻir qiliq emas, yaxshilik qilgʻil.

Ayyor koʻrsang, domiga tushma,

Shirin gapirar, deb soʻziga uchma.

Bogʻda doim gulmas, tikon ham oʻsar,

Chaqir tikon gulning yoʻlini toʻsar.

Har joy, har koʻchada ortdan otib tosh,

Dushmaning koʻzingga koʻrinsa yuvosh,

Bundan ogoh boʻlib omon oʻtgaysan,

Baxt qushini ushlab, qoʻlda tutgaysan.

Gʻamlarni kulib yeng, qaygʻudan chekin,

Ezgu ishlaringni unutma lekin.

Yoʻldan adashtirib ketguvchilar bor,

Surinsang, ustingdan kulguvchilar bor.

Aytganlarim baʼzan choʻpchakka oʻxshab,

Tuyulmasin senga, pandim ol toʻxtab.

Dono gaplar aytar uyning qarisi,

Bular boshdan oʻtgan bari-barisi.

Jumaboy HIDOYaTOV,

«Jayxun ilhomlari» NNT aʼzosi.

 

Yulduzim

Yulduzlar koʻrinmas osmonimda hech,

Porlab turar edi umid baxsh etib.

Xatoni oʻnglashga balki boʻldi kech?

Xavf-u xatarlarda qoldik toliqib.

Insonlar oʻzgardi vaqt oʻtgan sari,

Balki shuning uchun xiradir yulduz?

Mehr-u oqibat va eʼtibor qani?

Koʻngillar goʻyoki qahraton qish, muz.

Boʻlarmish insonning baxt yulduzi,

Baxtiyor boʻlsa gar quyoshday porlar.

Oʻsha yulduz porlab kecha-kunduzi,

Insonni orzular yoʻliga chorlar.

Hayot sinovlari yomon qiynadi,

Mening yulduzimni toʻsdi bulutlar.

Ammo orzularni koʻzim qiymadi,

Ulardan kechmadim, toʻzdi bulutlar.

Ana, porlab ketdi yana yulduzim,

Mehr nuri tushib yorishdi yoʻlim.

Muhayyo Jumaboyeva,

82-maktab oʻquvchisi.

 

Yomgʻir

Yogʻsa yomgʻir maydalab,

Maysalarni erkalab.

Yer yuzini siypalab,

Barakadan darakdir.

Dehqonga madadkor u,

Mehnat-la dalada u.

Yaxshilikka burkanur,

Dunyo husni ochilur.

Goh bulutning ortidan,

Moʻralaydi yer tomon.

Gohida shoʻxlik qilib,

Shovullaydi beorom.

Yuzlarimni chimchilab,

Gʻuborlarim aritgin.

Dilimdagi gʻamlarim,

Oʻzing-la olib ketgin.

Murodboy Madiyarov,

51-maktab oʻqituvchisi.

 

Fanlar

Fanlar goʻyo bir dunyo –

Oqadi daryo boʻlib.

Doʻstim, oʻqi, til oʻrgan,

Adashmaydi til bilgan.

Matematika fanlar shohi,

Ona tili sanʼatdir.

Rus tili tamal toshi –

Til bilmoq-chun daʼvatdir.

Fizikani bilsang gar,

Kimyoga qilgung safar.

Biologiya bilan,

Yashaging kelaverar.

Rus tili hamda ingliz,

Nemis, ispan, frantsuz.

Tillarin bilgan yutar,

Arab-u Hindga yetar.

Munisa Toʻremuradova,

6-maktab oʻquvchisi.

 

Orzu

Nomingni tanitish maqsad qilganman,

Qalqon qilib oldim vijdon-iymonni.

Men hali koʻklarga olib chiqaman,

Boshimga koʻtarib Oʻzbekistonni!

Eng katta boyligim oʻzingsan, yurtim,

Yuksalishing uchun tikaman jonim.

Men hali dunyoga olib chiqaman,

Yelkamga opichib Oʻzbekistonni!

Yurtimning azamat oʻgʻlonlari bor,

Vatan uchun ayamas jon ila qonni.

Biz hali koʻklarga olib chiqamiz,

Boshlarga koʻtarib Oʻzbekistonni!

Madina HASANBOYeVA, 2-sonli kasb-hunar maktabi oʻquvchisi.

 

OILAMIZ

Oilamizda besh kishi,

Yashaymiz  ahil-inoq.

Hamjihatmiz doimo,

Bir-birimizdan quvnoq.

Dadam, onam ishlaydi,

Ukam va men oʻquvchi.

Juda erka singilcham,

Aytganin qildirguvchi.

Mehmon kelib qolsa gar,

Biz onamga  dastyor.

Uyimiz fayzga toʻlar,

Bizga doim baxt yor.

Gulasal MAXSUDOVA,

76-maktab oʻquvchisi.

 

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019