16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 12:01
Iqtisodiyot 👁 237

NAVOIY NOMLI MAHALLADA YaNGI “FAYZULLA AVTOSHOP” SAVDO DOʻKONI FOYDALANIShGA TOPShIRILDI

NAVOIY NOMLI MAHALLADA YaNGI “FAYZULLA AVTOSHOP” SAVDO DOʻKONI FOYDALANIShGA TOPShIRILDI

Eng ulugʻ, eng aziz bayram – mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi arafasida Amudaryo tumanining Navoiy nomli mahallasida yangi qurilgan savdo shoxobchasi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tantanali tadbirda fuqarolar yigʻini masʼullari, “Yusuf eshon bobo” jomʼe masjidi imom-xatibi va mahalla ahli ishtirok etishdi. Shuningdek, tadbirkorlar, keng jamoatchilik vakillari ham qatnashishdi.

Marosimda soʻzga chiqqanlar yurtimizda fuqarolar hayoti yil sayin farovonlashib borayotganini taʼkidlashib, har bir islohot, avvalo, inson manfaatlariga xizmat qilishi kerakligini, shundagina odamlarimizning turmushi goʻzallashishi, hayotiga mazmun kirishi, koʻnglida xotirjamlik hukm surishini va davlatdan, siyosatdan rozi boʻlib yashashini aytib oʻtishdi. Shuningdek, ushbu savdo majmuasining jonajon Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligi arafasida tumanimiz ahli uchun munosib bayram sovgʻasi boʻlganini eʼtirof etishdi.

Tabrik soʻzlaridan soʻng, shu elning piru-badavlat nuroniylari alvon lentalarni kesishdi va savdo doʻkonidagi sharoitlarni, peshtaxtalardagi mahsulotlarni koʻzdan kechirishdi. Zamonaviy savdo majmuasida xaridorlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Doʻkon savdo qilishga qulay va xaridorlar didiga mos tarzda jihozlangan.

Tumanimiz markazida joylashgan Navoiy nomli mahalla koʻrkiga koʻrk, fayz qoʻshib turgan ushbu muhtasham “Fayzulla avtoshop” savdo doʻkoni “Maqsud oʻgʻli Rahmatjon” nomli xususiy korxona rahbari, tadbirkor Maqsud Abdullayevning oʻz mablagʻi hisobidan qurildi. Avtomobillarning ehtiyot qismlari savdosi yoʻlga qoʻyilgan savdo doʻkoni ish boshlashi bilan 4 nafar yoshlar ishli boʻlishdi. Ularning barchasi shu hudud yoshlari. Kelgusida yana 4 nafar yoshni ish bilan taʼminlash reja qilingan.

Tadbirkor Maqsud Abdullayev “Maqsud oʻgʻli Rahmatjon” xususiy korxonasini 2006-yilda tashkil etgan. Avvallari kichik doʻkonlarda ehtiyojga koʻra avtomobillar uchun zarur boʻlgan ehtiyot qismlarni keltirib, yurtdoshlarimizning ogʻirini yengil, uzogʻini yaqin qilib yurgan tadbirkor oʻz faoliyatini kengaytirish maqsadida katta va zamonaviy koʻrinishdagi ushbu bino qurilishini oʻtgan yili boshlagan edi. Mazkur muhtasham imoratning yer osti qismi omborxona vazifasini bajaradi. Binoning uchta qavatida esa turli xildagi avtomobillar ehtiyot qismlari rastalarga joylashtirilgan boʻlib, savdo-sotiq ishlari amalga oshiriladi.

Tadbirga tashrif buyurganlar Chevrolet avtomobillariga oʻrnatiladigan GM Genuine ehtiyot qismlari sotuvi yoʻlga qoʻyilgan ushbu doʻkondagi mahsulotlarning nisbatan arzonligini koʻrib, shu yerdan xarid qilish va doimiy mijoz boʻlish istagini bildirishdi. Bu kabi sifati kafolatlangan va hamyonbop narxlardagi mahsulotlar xaridorlarni oʻziga jalb qilib, juda qiziqtirdi. Savdo xodimlari har bir ehtiyot qism General Motors Engineering tomonidan ishlab chiqilgani, yuqori sifatli hamda hamyonbopligini aytib, mahsulotlar haqidagi kerakli maʼlumotlarni berishdi.

Yangi savdo majmuasi tadbirkor va xaridorlar uchun keng imkoniyatlar yaratibgina qolmasdan, tuman iqtisodi yuksalishiga ham xizmat qiladi. Bu kabi bunyodkorlik, yaratuvchanlik, tashabbuskorliklarning barchasi odamlarning hayotidan mamnun, jamiyatdan rozi boʻlib yashashiga qaratilgani bilan yanada quvonarlidir.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026