17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 04:58
Salomatlik 👁 230

DURUNKILIK NURONIY ONAXONLAR BILAN “BIR BOLAGA YeTTI MAHALLA HAM OTA, HAM ONA” ShIORI OSTIDA DILDAN SUHBAT TADBIRI OʻTKAZILDI

DURUNKILIK NURONIY ONAXONLAR BILAN “BIR BOLAGA YeTTI MAHALLA HAM OTA, HAM ONA” ShIORI OSTIDA DILDAN SUHBAT TADBIRI OʻTKAZILDI

Mustaqillik bayrami yaqinlashgani sari xalqimiz oʻzgacha kayfiyat va joʻshqinlik bilan eng aziz, eng ulugʻ kunga taraddud koʻrishadi. Koʻchalar obodonlashtirilib, xonadonlar ajib fayzga toʻladi. Hatto nuroniy onaxonlar, otaxonlar nevaralarini yonlariga olib, qoʻni-qoʻshni, mahalladoshlarinikiga “qutlugʻ boʻlsin”ga chiqishadi. Yaqinlashayotgan bayram shukuhi har bir koʻngildan har bitta xonadonga kirib boradi.

Mangʻit shahrining Durunki mahallasi 300 yillik tarixga ega, turli millat vakillari ahil-inoq yashayotgan soʻlim goʻsha. Birining ogʻiriga biri yelka tutib, quvonch-u gʻamini birgalikda baham koʻrishga odatlangan durunkiliklar uchun mahalladoshlarining tinchligi, farovon va osoyishtaligi hamma narsadan muhim. Shu bois, hayit va bayramlarda, toʻy-maʼrakalarda qoʻshni-qoʻshnining koʻnglini koʻtarish, maʼrakalarida bel bogʻlab xizmat qilish, birining bolasiga biri mehr koʻrsatish, qisqasi, mahalladoshlar obroʻsi uchun intilib yashash durunkiliklar uchun azaliy qadriyat.

Joriy yilning 16-avgust sanasida mahallaning kayvoni hoji onaxonlari mahalla xotin-qizlar faoli Feruza Allamberganova va Oʻzbekiston nomidagi koʻcha boshchisi Omongul opa Qayupovalarning chorlovi bilan mahalladagi ibratli xonadon sohibasi Raʼnoxon opa Toʻrayeva xonadonida jam boʻldilar. Shu kuni amunews.uz veb-sayti tahririyatining “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” loyihasi doirasidagi “Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona” shiori ostida nuroniy onaxonlar suhbatidan biz ham bahramand boʻldik.

Darvoqe, mahalla onaxonlari oila qadriyatlari, milliy-maʼnaviy urf-odat va anʼanalarni mahkam tutishadi. Mahallada oʻzaro kelishmovchiliklar, oilaviy nizo va behuda janajallar mahalla katxudolari orqali bartaraf etilgani bois, soʻnggi yillarda bu kabi salbiy holatlar yoʻq hisobi. Koʻcha boshchi onaxonlar, hududiy profilaktika inspektori, mahalla xotin-qizlar faolining hamkorlikdagi saʼy-harakatlari tufayli ajrashish yoqasiga kelib qolgan ikkita oila yarashtirildi.

Yosh bolalarning tungi paytlarda koʻchada yolgʻiz yurishlariga durunkilik onaxonlar aslo yoʻl qoʻyishmaydi.

“Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona shiori ostida oʻtkazilgan bir piyola choy ustidagi samimiy davra suhbatida koʻcha boshchi onaxon – Omongul Qayupova, Raʼnoxon Eshimbetova, Roziya Shukurullayeva, Fotimaxon opa Tojiboyeva, Gulora momo Xudoyberganova, Tozagul Doʻschanova, Safargul Ametova, Raʼnoxon Toʻrayeva, Zulxumor Hayitboyeva, Toʻlgʻonoy Xudoyberganova, Gulora Habibullayevalar oilada farzand tarbiyasi, qaynona va kelin munosabatlari, ayniqsa, yosh qizlarni turmushga tayyorlash, ularning kiyinish madaniyati, uy tutishi, sarishtali, kasb-korli boʻlishlari uchun sharoitlar yaratish borasidagi fikrlarini bildirdilar.

Ayniqsa, nuroniy onaxonlar oilada erkak kishining oʻrni, uning farzandlari oldidagi nechogʻlik hurmat-eʼtiborli boʻlishi ayol kishiga bogʻliqligini hayotiy misollar orqali ifoda etdilar.

Davra suhbati davomida onaxonlarning aqlli va dono nevaralari buvijonlari uchun koʻk choy damlab berishdi, odob saqlab, onaxonlar gurunglaridan bir chetga oʻtib, shaxmat-shashka oʻynashdi, biri-birlariga topishmoqlar aytishib, oʻzlari taʼtil paytida oʻqigan kitoblari yuzasidan fikrlashib oldilar. Omongul opa Qayupovaning kitobxon nevarasi Rahmonbek Koʻklanboyev onaxonlarga sheʼrlar aytib berdi.

Tadbir davomida jurnalist Robiya Yoʻldosheva durunkilik nuroniy onaxonlarga oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlar, giyohvandlik, erta nikohning oldini olish, yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarga yoʻl qoʻymaslik, oʻsib kelayotgan yosh avlodni yot gʻoya va illatlardan himoya qilish, har bir oilada kitobxonlik muhitini yaratishdek xayrli ishlarga bosh-qosh boʻlayotganlari uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi.

“Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona” shiori ostida durunkilik onaxonlar va ularning nevaralari ishtirokida amunews.uz veb-sayti tahririyati ijodiy jamoasi va Durunki mahalla fuqarolar yigʻini xotin-qizlar faoli Feruza Allamberganova bilan hamkorlikda oʻtkazilgan davra suhbati oilalarda sogʻlom muhitni qaror toptirish orqali sogʻlom va goʻzal hayotga erishishda muhim ahamiyat kasb etishi tabiiy.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019