16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:50
Salomatlik 👁 249

KUYDIRGI KASALLIGIDAN SAQLANIShGA OID KOʻRGAZMALI TAKTIK OʻQUV MAShGʻULOTI OʻTKAZILDI

KUYDIRGI KASALLIGIDAN SAQLANIShGA OID KOʻRGAZMALI TAKTIK OʻQUV MAShGʻULOTI OʻTKAZILDI

Kuydirgi kasalligi odamlar va uy hayvonlariga jiddiy xavf tugʻdirishi mumkinligi haqida koʻpincha oʻylamaymiz ham. Kasallik namoyon boʻlishining oldini olish juda muhim ekanligini hayotning oʻzi tasdiqlamoqda.

Tumanimizning Daryoboʻyi mahallasi hududida tuman Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi xizmatlarining ish-rejasiga asosan “Aholi oʻrtasida quydirgi kasalligi tarqalishining oldini olishda Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusidagi koʻrgazmali maxsus-taktik oʻquv-mashgʻuloti oʻtkazildi.

Koʻrgazmali maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotida hamkorlikdagi davlat tashkilotlari – jumladan, tuman Favqulodda vaziyatlar, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi, boʻlimlari tuman Tibbiyot birlashmasi, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi, Obodonlashtirish boshqarmasi masʼullari ishtirok etdilar.

Tadbirda dastlab yigʻilganlarga kuydirgi kasalligi, uning tarqalishi va insonlar undan qanday himoyalanishi lozimligi xususida keng tushunchalar berildi. Taʼkidlanishicha kuydirgi kasalligi koramollar, qoʻy-echkilar va odamlarda uchraydigan oʻta xavfli yuqumli kasallik boʻlib, odamlarga asosan kuydirgi bilan kasallangan hayvonlarni soʻyish, terisini shilish, goʻshtini maydalash, kalla-pocha va oshqozon-ichaklarini tozalash jarayonlarida yuqadi.

Kuydirgi kasalligi hayvonlardan hayvonlarga, hayvonlardan odamlarga yuqadi, lekin odamdan odamga yuqmaydi.

Odamlarda kasallik asosan teri yarasi shaklida namoyon boʻladi. Bunday holda bemorlarning tana harorati koʻtariladi. Kuydirgi yarasi ogʻriqsiz boʻladi, yaraning ustki qismi koʻmir rangiga oʻxshash qora poʻstloq bilan qoplanadi va yara tarofi qizarib, shish paydo boʻladi. Kuydirgi yarasi koʻpincha badanning ochiq qismlarida uchraydi.

Kuydirgi kasalligidan saqlanish uchun chorva mollarini veterinar koʻrigidan oʻtkazib, kuydirgi kasalligiga qarshi emlatib turish lozim. Kasallangan hayvonlarning veterinar roʻyxatisiz suyilishiga yoʻl qoʻymaslik, mollarni faqat qushxona va suyish maydonchalarida veterinar koʻrigidan oʻtkazilgandan soʻng soʻyish, duch kelgan joylardan goʻsht sotib olmaslik, uni goʻsht pavilonlari va doʻkonlardan xarid qilish, shuningdek, uy hayvonlarini parvarish qilishda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish zarur.

Hayvonlarda va odamlarda kuydirgi kasalligining belgilari kuzatilganda, zudlik bilan veterinari boʻlimiga va kasalxonaga murojaat qilish kerak.

Koʻrgazmali maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotida quydirgi kasalligi odamlar va hayvonlar oʻrtasida aniqlanganida tuman Tibbiyot birlashmasi, tuman sanitariya-epidemilogik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi, tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi hamda oilaviy poliklinika xodimlarining ishlash tizimlari nazariy va amaliy tarzda koʻrsatib berildi. Shuningdek, agar uy hayvonlari – qoramol, qoʻy-echkilarni boqish va parvarishlashda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinsa, kuydirgi kasalligi hech kimga xavf solmasligi tushuntirildi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019