16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 12:01
Iqtisodiyot 👁 313

ChOYKOʻL OVULIDA “IDEAL” DOʻKONLAR TARMOGʻINING YaNGI SAVDO ShOXOBChASI OʻZ FAOLIYaTINI BOShLADI

ChOYKOʻL OVULIDA “IDEAL” DOʻKONLAR TARMOGʻINING YaNGI SAVDO ShOXOBChASI OʻZ FAOLIYaTINI BOShLADI

Mamlakatimizda tadbirkorlik sohasiga koʻrsatilayotgan eʼtibor, imtiyoz va ragʻbat tufayli turli sohalar boʻyicha oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyib, xalqimizning mushkulini oson, ogʻirini yengil qilayotgan ishbarmonlar safi tobora oshib bormoqda.

Amudaryo tumanida ham tadbirkorlik sohasidagi ijobiy oʻzgarishlar. mustahkam huquqiy asoslardan samarali foydalangan holda tadbirkorlik sohasida yuqori natijalarga erishayotgan ishbilarmonlar talaygina.

Asli kasbi rus tili va adabiyot fani oʻqituvchisi boʻlgan mangʻitlik Baxtiyor Oʻrozimbetov tadbirkorlik sohasiga qiziqib qolganida uni birinchi boʻlib otasi Rahimboy ota Oʻrozimbetov chin dildan qoʻllab-quvvatladi, oʻgʻliga zarur maslahat va tavsiyalar berdi. Ota duosini olib, 2005-yilda savdo-sotiq yoʻnalishida ilk faoliyatini boshlagan Baxtiyor Oʻrozimbetov tinimsiz izlandi, tadbirkorlik sohasiga oid qoʻllanmalar, hukumat qarorlari bilan tanishishdan aslo toʻxtamadi. Ayniqsa, otasi, uzoq yillar davlat idoralarida ishlab, xalq hayoti va ehtiyojlarini yaqindan oʻrgangan Rahimboy Oʻrozimbetovning maslahati bilan bozor talablarini puxta oʻrgandi. Faoliyatini kengaytirib, “Ideal” doʻkonlar tarmogʻini tashkil etdi.

Bugungi kunda Baxtiyor Oʻrozimbetov rahbarligidagi “Ideal” doʻkonlar tarmogʻi tarkibidagi savdo shoxobchalari Mangʻit va Nukus shaharlarida xalqqa maishiy texnika vositalari, zamonaviy uy jihozlari, xususan, mehmonxona va oshxona, ayvonlar uchun turkum jihozlar, shuningdek, avtomashinalar savdosi boʻyicha namunali xizmat koʻrsatib kelmoqda. Asosiysi, Baxtiyor Oʻrozimbetovning saʼy-harakatlari tufayli “Ideal” doʻkonlar tarmogʻi tasarrufidagi savdo shoxobchalarida 18 nafar yoshlarning doimiy ish bilan bandligi taʼminlandi.

Baxtiyor Oʻrozimbetov yana bir ezgu ishga qoʻl urdi. Choykoʻl ovulining Noʻgʻoy Eshon bobo aholi punkti hududidagi tashlandiq yerni obod qilib, bu yerda “Ideal Premer” doʻkonlar tarmogʻining yana bir shoxobchasini bunyod etdi. 17-avgust kuni maishiy texnika vositalari, turli toifadagi uy jihozlari hamda yengil avtomashinalar bilan savdo qilishga moʻljallangan savdo maskanining ochilish marosimida Amudaryo tumani hokimining oʻrinbosari Nodirbek Kamolov, Choykoʻl ovuli fuqarolar yigʻini raisi Begzod Aytekov, mehnat faxriysi, tadbirkor Baxtiyor Oʻrozimbetovning otasi Rahimboy ota Oʻrozimbetov hamda choykoʻllik nuroniy otaxonlar ishtirok etdilar.

Savdo shoxobchasining ochilish marosimida soʻzga chiqqan choykoʻllik nuroniylar tashlandiq joyni obod va soʻlim goʻshaga aylantirib, 3 nafar yoshning doimiy bandligini taʼminlagani, qishloq aholisi uchun qulaylik yaratgani, mushkulini oson, ogʻirini yengil qilgani uchun tadbirkorga chin dildan minnatdorchilik bildirishdi.

Tadbirkorning oʻz mablagʻi va imtiyozli kredit hisobiga bunyod etilgan ikki qavatli koʻrkam binoda oʻz faoliyatini boshlagan yangi savdo shoxobchasida shu kunning oʻzida xaridorlarga xizmat koʻrsatish boshlab yuborildi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026