16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:33
Iqtisodiyot 👁 216

MANGʻITDA YaNGI SAVDO MARKAZI IShGA TUShIRILDI

MANGʻITDA YaNGI SAVDO MARKAZI IShGA TUShIRILDI

Amudaryoliklar mamlakatimiz mustaqilligimizning 32 yilligini munosib qarshi olish uchun tayyorgarlik qizgʻin tus olayotgan shukuhli damlarda – shu yilning 20-avgustida quvonchli voqeaning guvohi boʻldilar: Mangʻit shahrining Boyovul mahallasi hududida “Shohjahon” savdo markazi ish boshladi.

Ilgari toʻla foydalanilmay turgan ikki qavatli zamonaviy uslubda qurilgan binoni ijraga olib ish boshlagan tadbirkor Dostonbek Bobojonov tumanimiz aholisiga zamonaviy talablar asosida savdo xizmati koʻrsatishni maqsad qilgan. Savdo markazi tashqaridan salobatli koʻrinadi va ichkarisi ham shinam, koʻrkam boʻlib, bu yerda xaridorlar uchun ham, sotuvchilar uchun ham munosib sharoitlar yaratilgan. Mazkur savdo markazining ochilish marosimi mangʻitliklar uchun esda qolarli voqea boʻldi.

Tadbirda tuman hokimi oʻrinbosari Faxriddin Yusupov, Boyovul mahalla fuqarolar yigʻini raisi Erkin Husainov, mahalla faollari, tadbirkorlar, “Yusuf Eshon bobo” jomʼe masjidi va hududlar imomlari ishtirok etdilar.

Tadbirni Boyovul mahalla fuqarolar yigʻini raisi Erkin Husainov ochdi va yangi faoliyat boshlayotgan tadbirkorni savdo markazini ishga tushirayotgani bilan qutladi. Tabriklardan soʻng Dostonbek Bobojonov barcha yigʻilganlarni savdo markazi ichkarisiga taklif etdi va markaz faoliyati bilan tanishtirdi.

Taʼkidlanganidek, savdo markazida maishiy texnikalar, uy jihozlari, mebellar, smartfon va gadjetlar, kompyuter texnikalari arzon va maqbul narxlarda sotiladi.

Markazda mashhur va ishonchli ishlab chiqaruvchilarning jami 30 mingdan ortiq turdagi mahsulotlari sotuvi yoʻlga qoʻyilgan.

Eʼtiborli jihati shundaki, mahsulotlarga toʻlovlarni 3 oydan 3-yilgacha boʻlgan muddatda boʻlib toʻlash imkoniyati mavjud. Buning uchun ortiqcha ovoragarchiliklarsiz sanoqli daqiqalarda hujjatlar rasmiylashtiriladi. Yurtdoshlarimizga bayram arafasida foydali xaridlarni taklif etayotgan “Shohjahon” savdo markazi xodimlari xaridorlarga sifatli xizmat koʻrsatishga harakat qilishayapti.

Savdo markazi ishga tushirilishi munosabati bilan bu yerda 11 nafar yurtdoshlarimiz doimiy ish bilan taʼminlandi.

Shunisi eʼtiborliki, xalqimiz turmushi farovonlashib borayotgani sari ularning zamonaviy axborot texnologiyalari va maishiy texnikalarga, uy jihozlariga talabi ham ortib bormoqda. Shu maʼnoda olib qaraydigan boʻlsak, “Shohjahon” savdo markazining ishga turishilishi yurtdoshlarimizga xarid qilishda tanlash imkoniyatini kengaytirgani bilan ham ahamiyatli boʻldi.

Ochilish marosimiga tashrif buyurgan mehmonlar va ilk xaridorlarga rastalardagi mahsulotlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Oʻz navbatida mehmonlar ham yangidan tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan Dostonbek Bobojonovga va uning hamkorlariga ishlari oʻngidan kelishini tilab duo qildilar.

Sevara ISMOILOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019