17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 12:33
Jamiyat 👁 235

MUSTAQILLIKNING 32 YILLIGIGA MUNOSIB TAYYoRGARLIK KOʻRILMOQDA

MUSTAQILLIKNING 32 YILLIGIGA MUNOSIB TAYYoRGARLIK KOʻRILMOQDA

Mamlakatimiz oʻzining davlat mustaqilligiga erishgani va mustaqil taraqqiyot yoʻlidan odimlay boshlaganiga 32-yil toʻldi. Bugungi kunda barcha sohalar rivoji yoʻlida bir tan, bir jon boʻlib yashayotgan koʻpmillatli xalqimiz hurriyat bergan beqiyos imkoniyatlarning mohiyatini, qadrini chuqur anglaydi. Inson shaʼni, qadr-qimmati yuksak tutilib, yurtimizning har bir fuqarosi munosib turmush sharoitida yashashiga erishish borasidagi saʼy-harakatlarni yuksak qadrlaydi, aynan mustaqillik tufayli odamlarning yaxshi yashashi, munosib turmush darajasiga erishishi uchun imkon berilganini chuqur his qiladi.

Shu boisdan ham har yili davlatimiz mustaqillikka erishgan qutlugʻ sana – 1-sentyabr yurtimizda  keng tantana qilinadi. Bayram arafasida barcha hududlar obodonlashtirilib, tartibga keltiriladi, istiqlolimizning mazmun-mohiyatini, qadrini, bugungi kunda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlarning ahamiyatini targʻib etuvchi turli maʼnaviy-maʼrifiy  tadbirlar, xalq sayillari, ommaviy koʻngilochar tomoshalar oʻtkaziladi.

Ayni kunlarda tumanimizda ham mustaqillikning 32 yilligini munosib tarzda nishonlash maqsadida izchil saʼy-harakatlar olib borilmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2023-yil 2-avgust kungi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Prezident Qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilgan Farmoyishi asosida Amudaryo tumani hokimligining maxsus qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq tumanimizda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish, uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi tasdiqlandi va amalga oshiriladigan ishlar rejasi ishlab chiqilib, bu boʻyicha komissiyaning barcha aʼzolariga tegishli topshiriqlar berildi.

Qarorga koʻra, tumanimizda “Mahalladan – xonadongacha” tamoyili asosida “Obodonlashtirish oyligi” oʻtkazilmoqda. Bunda barcha hududlardagi ovul, mahallalar, xonadonlarda keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Yoʻllarni tekislash, daraxtlarga shakl berish, yoʻl boʻylarini tozalash ishlari boshlab yuborildi. Bunday harakatlarda yoshi ulugʻ nuroniylar yoshlarga yoʻl-yoʻriq koʻrsatib, ibrat boʻlishayapti. Hududlardagi obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari xonadonlarga ham kirib borishi uchun bayram oldidan “Obod xonadon” dasturi ishlab chiqilib, har bir xonadonning koʻkalamzorlashtirilishi  bilan bir qatorda oilada sogʻlom turmush tarzi barqarorligi, xonadonda istiqomat qiluvchilarning sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishi, chor-atrofni ozoda, saranjom-sarishta tutishi, shuningdek, suv, elektr energiyasi, tabiiy gazdan tejab-tergab foydalanishiga qarab, namunalilari ragʻbatlantiriladi.

Har bir ovul, mahalla, shaharcha fuqarolar yigʻinlarida “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan maʼnaviy-maʼrifiy, targʻibot-tashviqot ishlari yoʻlga qoʻyildi.

Oʻtkazilayotgan tadbirlarda “Har bir kun – bu imkoniyat, har bir kun – bu kelajak uchun poydevor” hayotiy shiorining mohiyati aholiga keng targʻib etilmoqda. Shuningdek, tumanimiz markazida mustaqillikning 32 yilligiga bagʻishlab oʻtkaziladigan ulkan bayram tantanasiga tayyorgarlik boshlanib ketdi. Tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan stsenariy asosidagi teatrlashtirilgan ulkan tomoshada tumanimiz aholisiga mamlakatimizning oʻttiz ikki yil davomida bosib oʻtgan tarixiy yoʻli, barcha sohalarda erishilgan natijalar ifoda etib beriladi va ular dilrabo kuy-qoʻshiqlar tinglab, xalq oʻyinlarini tomosha qilib, madaniy hordiq oladilar.

Yangi Oʻzbekiston tarixidagi qutlugʻ sana – Vatanimiz mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramini munosib nishonlash maqsadida tumanimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar aholining ayni kundagi kayfiyatiga juda mos. Boisi mamlakatimizda yangi demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlarda, yangilanish, bunyodkorliklarda tumanimiz xalqining ham munosib hissasi bor. Ular taraqqiyot, farovonlik asosi aynan istiqlol ekanligini chuqur anglaydilar va qadrlaydilar. Shuning uchun ham eng ulugʻ, eng aziz bayram – mustaqillik kunini munosib qarshi oladilar.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026