17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 04:59
Salomatlik 👁 256

TOSh YoP OVULIDA “SOGʻLOM MUHIT – SOGʻLOM HAYoT” GRANT LOYIHASI DOIRASIDA DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI

TOSh YoP OVULIDA “SOGʻLOM MUHIT – SOGʻLOM HAYoT” GRANT LOYIHASI DOIRASIDA DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI

Tosh yop ovulida “www.amunews.uz” veb-saytining “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” grant loyihasi rejasiga muvofiq Tibbiyot birlashmasi mutaxassis shifokorlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

23-avgust kuni fuqarolar yigʻini binosida loyiha doirasida aholiga giyohvandlik, ichkilikbozlik, kashandalik kabi yomon odatlarning, yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh va erta turmush qurishning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida tushunchalar berish maqsadida oʻtkazilgan mazkur tadbirda Amudaryo televideniyesi va “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati xodimlari, tuman Tibbiyot birlashmasi koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi narkolog-shifokori Bahodir Chorshamov, Salomatlik boʻlimi shifokori Tamara Saidovalar hamda yigʻin masʼullari, ovul faollari ishtirok etishdi. Tadbirda soʻzga chiqqan narkolog-shifokor Bahodir Chorshamov salomatlik kushandasi boʻlgan giyohvandlik va ichkilikbozlik bor joyda nosogʻlom muhit vujudga kelishi, uning taʼsirida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishi mumkinligi toʻgʻrisida soʻzladi.

Tadbirda giyohvandlik bugungi kunda butun dunyo jamoatchiligini tashvishga solayotgan dolzarb muammolardan biri ekanligi taʼkidlandi. Shuningdek, giyohvandlikka oid jinoyatchilikning huquqiy asoslari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Darhaqiqat, giyohvandlik, ichkilikbozlikdek salbiy illatlar nafaqat oilalarga, balki jamiyatga ham katta zarar yetkazadi. Tashvish va muammolar keltirib chiqarish bilan birga, bu zararli odatga berilgan har qanday inson oxir-oqibat mutlaqo keraksiz shaxsga aylanadi. Bunday holatlarning oldini olish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish va oilalarda sogʻlom turmush toʻgʻrisidagi tushunchalarni shakllantirish maqsadida www.amunews.uz veb-saytining “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” grant loyihasi doirasida keng tarzda uchrashuv, davra suhbatlari, muloqotlar oʻtkazilmoqda. Shifokorlar va boshqa mutaxassislar jalb qilingan holda oʻtkazilayotgan ushbu tadbirlarda aholiga giyohvandlik va ichkilikbozlikning jirkanch illat ekanligi, uning oilaga salbiy taʼsiri, nosogʻlom oilalar va nosogʻlom farzandlar tugʻilishi manbai ekanligi batafsil tushuntirilmoqda.

Shifokor Bahodir Chorshamov oila sogʻlom boʻlsagina uning barqarorligi va obodligi taʼminlanishi, aksincha oilada giyohvandlik va ichkilikbozlik hukmron boʻlsa oilaning tanazzulga yuz tutishini aholiga sodda va tushunarli tarzda, hayotiy misollarni keltirgan holda tushuntirdi. Undan tashqari, tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan ichkilikbozlikka berilganlarni davolash, toʻgʻri hayot tarziga qaytarish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar xususida maʼlumotlar berdi.

Taʼkidlanganidek, tuman Tibbiyot birlashmasining koʻp tarmoqli poliklinikasiga qarashli narkologiya boʻlimi 1985-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda surunkali alkogolizmga chalinganlar 168 nafarni, giyohvandlikka chalinganlar esa 4 nafarni tashkil qiladi. Joriy yilda Markaziy shifoxonada alkogolizm kasalligiga chalingan bemorlarga tashxis qoʻyishga moʻljallangan 10 ta oʻrinli reabilitatsiya markazi tashkil etilgan boʻlib, shu paytga qadar ushbu markazga 510 nafar fuqaro qabul qilingan. Shundan 19 nafari Respublika Narkologiya dispanseriga 6 oy muddatga davolanishga joʻnatilgan.

Tadbirda soʻzga chiqqan Tibbiyot birlashmasining salomatlik boʻlimi shifokori Tamara Saidova ham oilaning mustahkamligi koʻpgina omillar qatori – ona, ota va bolaning salomatligiga bogʻliqligini taʼkidladi. Oilada kimdir giyohvand va alkogol mahsulotlarni istemol qilmasa, yaqin qarindoshlar va balogʻatga yetmaganlar oʻrtasidagi nikoh boʻlmasa, jismoniy va aqliy jihatdan sogʻlom farzand dunyoga kelishini tushuntirdi. Shu bilan birga nikohlanuvchi shaxslar oʻrtasidagi tibbiy koʻrikning kelajak avlod uchun zarurligi, kasallik aniqlangan holatlarda davolanish kurslarini oʻtab, keyin nikoh tuzilishi kerakligini ham aytib oʻtdi. Shuningdek, xotin-qizlar va nikohdan oʻtuvchi yoshlar orasida sogʻlom oila qurish, sogʻlom hayot kechirish, sogʻlom turmush tarzi borasida yetarli maʼlumotlar berdi.

“Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” grant loyihasi doirasida oʻtkazilgan tadbirda ishtirokchilarning sogʻlom turmush tarzi haqidagi tushunchalari kengaytirildi. Shuningdek, suhbat mavzulariga doir eslatmalar va bukletlar ham tarqatildi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019